🎓 Teach for Uzbekistan Fellowship: аризалар қабул қилинмоқда Teach for Uzbekistan таълим орқали етакчиларни тайёрлайдиган нодавлат ташкилот. Fellowship дастурида битирувчилар 2 йил давомида ҳудудлардаги мактабларда ўқитувчи бўлиб ишлайди. 🌐 Fellow'лар ишлайдиган ҳудудлар: Қорақалпоғистон Республикаси, Сурхондарё, Қашқадарё, Наманган ва Фарғона вилоятлари 🌎 Дастур афзалликлари: — ойлик маош ва қўшимча стипендия; — тренинглар ва ментор ёрдами; — 60 дан ортиқ давлатни бирлаштирган Teach For All халқаро тармоғи; — 2 йиллик амалий етакчилик тажрибаси. Кимлар ариза топшира олади: — бакалавр дипломига эга битирувчилар; — педагогик маълумот ёки ўқитувчилик тажрибаси шарт эмас. 🚀 Батафсил маълумот: teachforuzbekistan.org 🔗 Ариза: apply.teachforuzbekistan.org
Открыть в Telegram
EDU Plus | Rasmiy kanal
✅️ Oliygoh Plus – Oliygoh yangiliklari 🔥 Reklama: t.me/Click_Edu/27 🤝 Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari
Новые посты
❗️Oliygohlar reyting natijasiga qarab moliyaviy rag‘batlantirilishi mumkin Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish tartibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha buyruq loyihasini ishlab chiqdi. 📌 Loyihadagi asosiy takliflar: 🔹 Oliygohlar har bir toifa bo‘yicha uch darajaga ajratiladi: eng yaxshi 20 foizi — 1-daraja, keyingi 40 foizi — 2-daraja, qolgan 40 foizi — 3-daraja. 🔹 Davlat oliygohlari egallagan darajasiga qarab moliyaviy rag‘batlantiriladi. Mablag‘ni qanday ishlatishni oliygohning o‘zi hal qiladi. 🔹 Bitiruvchilar bandligi, ishga joylashish muddati va o‘rtacha daromadi o‘rniga yagona “Bitiruvchi sifati indeksi” joriy etiladi (20–40 ball). 🔹 Reyting uchun ma’lumot topshirish muddati 1-fevraldan 1-iyunga ko‘chiriladi. 🔹 THE, QS va ARWU reytinglarining birinchi 1000 taligiga kirgan oliygohlar milliy reytingda alohida baholanadi. 🔹 Reytingda faqat bakalavriat bitiruvchilariga ega oliygohlar qatnashadi. 🔹 2027-yildan professor-o‘qituvchilar soni ularning jami ish stavkalari bo‘yicha hisoblanadi.
Открыть в Telegram🇺🇸 GREEN CARD DV-2027: NIHOYAT QAYTMOQDA! 🎉 KUTILAYOTGAN SANALAR: 29-oktabrgacha — rasmiy e'lon 1-noyabrdan — ro'yxatdan o'tish ochiladi (30 kun!) ~3-dekabr — natijalar (odatdagidek may emas, ancha erta EHTIYOT BO'LING: ❌ Rasmiy sayt FAQAT bitta: dvprogram.state.gov ❌ "Yutish imkoniyatini oshiramiz" deganlar — firibgarlar ❌ Bitta odam = bitta anketa. Ikkitasi = diskvalifikatsiya 🤔 Qayerda va qanday topshirishni bilmayapsizmi? Bizga obuna bo'ling, Green Card haqida ishonchli barcha ma'lumotlarni sizga yuboramiz! 🇺🇸 📞Murojat uchun: +998712311170 | SMS 📍Toshkent · Andijon · Namangan Obuna bo’ling : Telegram | Instagram | Website
Открыть в Telegram❗️ Pedagog farzandlariga 30% chegirma: kimlarga beriladi, kimlarga yo‘q? Chegirma davlat OTMida kunduzgi shaklda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Ariza kontrakt.edu.uz orqali yuboriladi va 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi. ✅ Beriladi: ➖ bog‘cha tarbiyachilarining farzandlariga ➖ xususiy maktab, bog‘cha yoki oliygohda ishlaydigan pedagoglarning farzandlariga ➖ 50% grant + 50% kontraktda o‘qiyotganlarga (kontrakt qismiga) ➖ kontraktni oldin to‘lab qo‘yganlarga ham: ortiqcha summani qaytarib olish yoki keyingi yilga o‘tkazish mumkin ❌ Berilmaydi: ➖ OTM tyutorlari va o‘quv markazi o‘qituvchilarining farzandlariga ➖ nodavlat, xorijiy OTM va filiallar, qo‘shma dasturlar talabalariga ➖ kechki, sirtqi va masofaviy ta’limdagilarga ➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontraktga 📌 Pedagog lavozimlari ro‘yxatida 465 ta lavozim bor. Chegirma har o‘quv yili uchun qaytadan olinadi. #Qabul2026 #Abituriyent 🇺🇿 EDU Plus | Rasmiy kanal
Открыть в Telegram📣 Arizalar qabuli boshlandi! Yetakchi bo‘lishni xohlaysizmi? Buni sinfxonadan boshlang. Teach for Uzbekistan Fellowship ikki yillik yetakchilik dasturi. Dastur davomida hududlardagi maktablarda dars bering va bolalar kelajagiga hissa qo‘shing. 🌍 Ishtirokchilar Teach For All xalqaro tarmog‘iga qo‘shiladi: 60 dan ortiq davlatdagi o‘qituvchilar va yetakchilar hamjamiyati. Bundan tashqari: – Ish haqi va oylik stipendiya – Treninglar va har qadamda mentor yordami Bakalavr diplomi bo‘lsa yetarli, pedagogik tajriba shart emas. 👉 Ariza topshiring: https://teachforuzbekistan.org #TeachForUzbekistan #TeachForAll #Fellowship #Yetakchilik
Открыть в Telegram❗️Mutaxassislik fan bloki testlari qaysi mavzulardan tuziladi? ✅ Mutaxassislik blok testlari qanday mavzulardan tuzilishi bo‘yicha bo‘yicha maʼlumotlarni taqdim etamiz: 1️⃣ Ona tili va adabiyot - Ona tili - 60 %; - Adabiyot - 40 %. 2️⃣ Matematika: - Sonlar va ular ustida amallar - 25 %; - Funksiya va algebraik ifodalar - 35 %; - Hosila, integral va ularning tadbiqlari – 10%; - Geometriya - 30%. 3️⃣ Tarix: - Siyosiy tarix - 50-60%; - Ijtimoiy-iqtisodiy tarix - 10-20 %; - Madaniy hayot - 10-15 %; - Amaliy topshiriqlar - 20-25 %. 4️⃣ Fizika: - Mexanika - 35 %; - Molekulyar fizika va termodinamika (mantiqiy va laboratoriya ishlariga oid topshiriqlar) - 25 %; - Elektromagnitizm - 30 %; - Atom va yadro fizikasi (optika, nisbiylik nazariyasi) - 10%. #Qabul2026 #Abituriyent 🇺🇿 EDU Plus | Rasmiy kanal
Открыть в Telegram📑 Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida beriladigan kvalifikatsiyalar ro‘yxati Ushbu ro'yxat asosida qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkinligi bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin. #Qabul2026 #Abituriyent 🇺🇿 EDU Plus | Rasmiy kanal
Открыть в Telegram😀😀😀😀 VATAN UNIVERSITETIDA 2026/2027 O'QUV YILI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA ! ✅ Bakalavriat yo'nalishlari: 🟢Pedagogika 🟢Psixologiya 🟢Xorijiy til va adabiyoti 🟢Iqtisodiyot 🟢Moliya va moliyaviy texnologiyalar 🟢Menejment 🟢Logistika 🟢Axborot xavfsizligi 🟢Kompyuter injiniringi 🟢Dasturiy injiniring 🟢Infokommunikatsiya injiniringi 🟢Sun’iy intellekt ✅ Magistratura mutaxassisliklariga suhbat asosida qabul qilinadi: 🟢Raqamli iqtisodiyot 🟢Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti 🟢Telekommunikatsiya injiniringi Zero bugungi tanlovingiz ertangi karyerangizni belgilaydi. ✅ Siz qaysi yo'nalishimizga imtihon topshirmoqchisiz? ✍️ Hoziroq ariza topshirish 👈 📄 Litsenziya 😀😀😀😀😀😀😀😀😀 📌 Manzil 🌐 Web-site | 🌐555068888 🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | ▶️ Youtube
Открыть в TelegramTalaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing! Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas. Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma. Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi. ☝️Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut: Hech qachon vaqtim yoʻq dema! – Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas. Hech qachon eslab qololmayman dema! — Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir. Hech qachon tushunmayman dema! — Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan. ...Davomi audioda 👇 #abituriyent #Motivatsiya 🇺🇿 EDU Plus | Rasmiy kanal
Открыть в TelegramUXLAMA, ABITURIYENT! Hoy, abituriyent, uxlama, Yengilmagin g‘aflatga. Yaqin qoldi imtihon, Qolib ketma kulfatga. Ota-onang sen uchun, Ishlamoqda tinmayin. Uxlolmaydi tunlari, Dam neligin bilmayin. O‘ylayapsan o‘zingcha: "Yiqilsam, ne bo‘lardi? Baxtimga dadam bor-ku, Kontraktimni to‘lardi". Agar budjetga o‘tsang, Otang hafa bo‘larmu? Yoki mushtipar onang Baxtsiz bo‘lib qolarmu? Yigitlar, hayolingizni Olmoqda qizlar balki. Qalamqoshlar, zebolar – Hoy-havas-ku shunchaki! Hoy, uzunsoch, ishonma Alpqomatning so‘ziga. O‘qishga o‘tib ketsa, Ko‘rinmay qolar ko‘ziga. Yaxshisi, har biringiz O‘ylangiz imtihonni. Keyin topib olarsiz Alpqomat-u jononni! To‘g‘ri, vaqtimiz ham Oz qoldi o‘zi juda. Shularni ham o‘ylab siz, Vaqt o‘tkazmang behuda. Bilimingizga ishoning, To‘ldiring kamingizni. Axir birov sizni o‘ylamas, Bilmaydi g‘amingizni. Mehnat qilgan, albatta, Yetadi murodiga. Rahmatlar keltiradi Avlod-u ajdodiga. Hali ko‘p yozardim-u, Dars tayyorlash kerak-da. Shoirlik bir kasallik, Bo‘sh vaqtda ermak-da. Xullas, har biringizga OMAD tilab qolaman. Inshaalloh, sizlarni Poytaxtda kutib olaman! 🇺🇿 EDU Plus | Rasmiy kanal
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Mydiploma | Chet elda ta'lim@mydiplomaaОбразование2,19 тыс.
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti@tiftuzОбразование14,4 тыс.
MMIBD oʻrinbosarlari uchun@manaviyatchiОбразование14,6 тыс.
Milliy Sertifikat || Dustov Sherzod@dustov_mathОбразование14,2 тыс.
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)@milliy_universitutОбразование14,2 тыс.
IIV Akademiyasi | Rasmiy kanal@akadmvduzОбразование14,8 тыс.
Şermatov| Tahlillar@shermatovfomОбразование14 тыс.
ABITURIYENT 🆙@abituriyent_upОбразование13,9 тыс.
Кого упоминает
Mydiploma | Chet elda ta'lim@mydiplomaa1 упоминание