Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi 🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida 22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan “Psixologiya — qalbga yo‘l” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Psixologiya yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
Открыть в Telegram
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti (rasmiy xabar) National university of Uzbekistan Manzil: Olmazor tumani, Farobiy ko’chasi, M Beruniy, 4 Rasmiy sayt: nuu.uz Reklama uchun: @kapitaI_bank Guruhmiz: @nuu_student_s Sport: @nuu_sport
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 14 нояб. 2026 г. | 3 450 |
| 16 нояб. 2026 г. | 3 510 |
| 20 нояб. 2026 г. | 2 940 |
| 24 нояб. 2026 г. | 1 320 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры3,51 тыс.Пересылки—Реакции10Комментарии—
- 02Просмотры3,45 тыс.Пересылки—Реакции6Комментарии—
- 03Просмотры2,94 тыс.Пересылки—Реакции4Комментарии—
- 04Просмотры1,32 тыс.Пересылки—Реакции13Комментарии—
Новые посты
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi 🔺Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligi binosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Tunis Xojiyev ishtirok etib, talabalar bilan samimiy suhbatlashdi. 🔺Muloqot “Xavfsiz va sog‘lom yurt oyligi” shiori ostida tashkil etilib, unda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, turli zararli illatlarning oldini olish hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔺Shuningdek, uchrashuv davomida kiberxavfsizlik, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, kiberfiribgarlik va turli tahdidlardan ogoh bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli tavsiya va takliflarni oldilar. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
Открыть в TelegramBiologiya va ekologiya fakulteti talabalari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi 🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakultetida bitiruvchi kurs hamda kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida targ‘ibot-profilaktik uchrashuv tashkil etildi. 🔺Unda universitet birinchi prorektori Tunis Xojiyev hamda Olmazor tumani katta profilaktika inspektori podpolkovnik Alisher Abdulhaqov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔺Shuningdek, «Jaholatga qarshi ma’rifat» tamoyili asosida yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamiyatda sodir bo‘layotgan turli salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirda fakultet mas’ullari ham ishtirok etib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
Открыть в Telegram“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining universitet saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi! 🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, talabalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish hamda kreativ g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovining universitet saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Saralash bosqichida jami 16 nafar talaba o‘zining innovatsion g‘oya va startap loyihalari bilan ishtirok etdi. Tanlov g‘oliblari: 🥇1-o‘rin — Kenjayeva Sevinch Bahodir qizi Jurnalistika va filologiya fakulteti, Kompyuter lingvistikasi yo‘nalishi, 2-kurs magistranti. 🥈2-o‘rin — Samarboyev Samandar Dilmurod o‘g‘li Fizika fakulteti, Fotonika yo‘nalishi, 1-kurs talabasi. 🥉 3-o‘rin — Boboqulov Azizbek G‘ofurovich Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti, Amaliy matematika yo‘nalishi, 3-kurs talabasi. Endi navbat — respublika bosqichida! 🔺Universitet saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarimizni oldinda yanada katta marralar kutmoqda. Ular o‘z innovatsion loyihalari bilan respublika miqyosida O‘zbekiston Milliy universiteti sharafini munosib himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. #Eng_yaxshi_kreativ_goya #Startap #Innovatsiya #Respublika_bosqichi ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Milliy Sertifikat || Dustov Sherzod@dustov_mathОбразование14,1 тыс.
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti@tiftuzОбразование14,4 тыс.
O'qituvchilar / Ўқитувчилар@jonajon_ustozlar_kanaliОбразование13,9 тыс.
Toshkent farmatsevtika instituti | RASMIY KANALI@farmatsevtika_institutiОбразование13,9 тыс.
IIV Akademiyasi | Rasmiy kanal@akadmvduzОбразование14,8 тыс.
Şermatov| Tahlillar@shermatovfomОбразование13,6 тыс.
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!@edufikrОбразование13,5 тыс.
Samarqand davlat universiteti@samdueduuzОбразование15,1 тыс.
