Account

Posts of Zuhriddin_ jurnalist

newest first

#20230Video
Views114−65%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
2 h75
4 h86
7 h114
  1. After 6 hours114
  2. Total to date114
#20229Photo

Forwarded from FC NEFTCHI

CHO‘QQI ZABT ETILDI! BIZ CHEMPIONMIZ! Birinchi bo‘lim jamoamizning faolligi va to‘p nazorati ostida boshlandi. Biroq uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni samarqandliklar yaratishdi: Anvar Hojimirzayev to‘pni egallab, darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi, ammo posbonimiz Botirali Ergashev ajoyib seyv namoyish etib, jamoamizni muqarrar goldan qutqarib qoldi. Shundan so‘ng vakillarimiz hujumkorlikni yanada oshirishdi. Nurbek Sarsenbayevda hisobni ochish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga keldi, biroq uning yakuniy zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Taymning qolgan qismida har ikki jamoa darvozasi oldida keskin vaziyatlar kuzatildi. Shunga qaramay, bo‘lim yakunida omad mehmonlarga kulib boqdi. 43-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pdan so‘ng Amadu Dumbiya hammadan chaqqonroq harakat qilib, hisobni ochdi — 0:1. Oradan ko‘p o‘tmay samarqandliklar ustunlikni mustahkamlashga muvaffaq bo‘lishdi: darvozamiz tomon yo‘llangan dastlabki zarbani darvozabonimiz qaytargan bo‘lsa-da, qaytgan to‘pga yana o‘sha Amadu Dumbiya birinchi bo‘lib yetib keldi va yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi — 0:2. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l olishdi. Ikkinchi bo‘limda jamoamiz o‘yin sur’atini sezilarli darajada oshirib, raqib darvozasi oldida ketma-ket xavfli hujumlar uyushtira boshladi. Tinimsiz bosim 53-daqiqada o‘z samarasini berdi: Alisher Odilov to‘p uchun kurashda raqib himoyachilari tomonidan qo‘pollik bilan to‘xtatildi. Bosh hakam vaziyatni VAR tizimi orqali qayta ko‘rib chiqib, samarqandliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Jamshid Iskanderov zarbani qoyilmaqom tarzda ijro etib, oradagi farqni qisqartirdi — 1:2. Hisobni tenglashtirish ishtiyoqida oldinga tashlangan vakillarimiz o‘yin yakuniga qadar ko‘plab golli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+4-daqiqada esa stadionni larzaga keltirgan voqea yuz berdi: raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan Asilbek Jumayev qoidabuzarlik bilan yiqitildi. Hakam yana bir bor VARga murojaat qildi va ikkinchi marta penalti belgiladi. Hal qiluvchi pallada mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan maestro Jamshid Iskanderov bu safar ham sovuqqonlik bilan aniq zarba yo‘llab, dubl qayd etdi va hisobni tenglashtirdi — 2:2! Shu tariqa, "Neftchi" o‘ta dramatik kechgan bahsda haqiqiy chempionlarga xos iroda namoyish etib, jamoaga qimmatli ochkoni taqdim etdi. "Neftchi" — chempion! O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI 28-noyabr 29-tur Farg‘ona shahar, "Istiqlol" stadioni  soat 16:15 "NEFTCHI"  2:2 "DINAMO" Gollar: Amadou Doumbouya, 43'(0:1), Amadou Doumbouya, 44'(0:2), Jamshid Iskanderov, 57' pen,(1:2), Jamshid Iskanderov, 90+7' pen (2:2) Bosh hakam: Shavkat Nasibullayev Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Abduraxmon Shukurullayev Zaxira hakami: Maʼmurjon Ilxamov VAR: Akobirxo‘ja Shukurullayev AVAR: Kristina Sereda Nazoratchi: Babur Xaydarov Komissar: Shohruh Said "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 5.Ikrom Aliboyev, 7.Abrorbek Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov, 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 20.Anvarjon G‘ofurov(21.Muxsinjon Ubaydullayev,37'), 22.Alisher Odilov(11.Asilbek Jumayev,83'), 27.Nurbek Sarsenbayev(9.Xurshid G‘iyosov,46'), 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Kouao, 77.Ratinyo(6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 70') Zaxiradagilar: 45.Akbar To‘rayev, 2.Izzatillo Po‘latov, 4.Boyan Ciger, 30.Rustambek Fomin, 71.Bilolxon Toshmirzayev Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov @pfcneftchi_uz

Open in Telegram
Views104−68%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h47
4 h82
7 h104
  1. After 1 hour47
  2. After 6 hours104
  3. Total to date104
#20228Video message
Views135−58%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
2 h77
5 h93
7 h135
  1. After 6 hours135
  2. Total to date135
#20227Video message
Views203−37%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h160
8 h203
  1. After 6 hours203
  2. Total to date203
#20226Photo
Views33−90%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#20224Photo
Views150−53%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
16 h133
26 h150
  1. After 24 hours150
  2. Total to date150
#20221Photo
Views275−14%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#20216Video
Views762+137%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#20215Photo
Views223−31%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#20213Video
Views414+29%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#20212Photo

Forwarded from FC NEFTCHI

"NEFTCHI"DAN SUPER KAMBEK VA MUHIM OCHKO! Birinchi bo‘lim har ikkala jamoaning shiddatli hujumlari ostida boshlandi. Vakillarimiz o‘yin boshida hisobni ochishga yaqin kelgan bo‘lsalar-da, 20-daqiqada mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi: Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning xatosidan foydalangan Oliver Uotkins aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi — 0:1.Goldan keyin jamoamiz bosimni kuchaytirib, bir necha xavfli hujumlar uyushtirdi, biroq raqib himoyachilari zarbalarni bartaraf etishdi. 28-daqiqada esa mehmonlar tezkor qarshi hujumni gol bilan yakunlashdi — Gabriel Martinelli hisobni oshirdi — 0:2. 35-daqiqada jamoamizning chiroyli kombinatsiyasidan so‘ng Abrorbek Ismoilovning uzoqdan yo‘llagan kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 40-daqiqada Alisher Odilovning zarbasiga aniqlik yetishmadi. Bo‘lim oxirigacha davom etgan bosimga qaramay, hisob o‘zgarmadi — jamoalar tanaffusga chiqib ketishdi. Tanaffusdan so‘ng maydonga mutlaqo boshqacha kayfiyat va yuksak jangovar ruh bilan qaytgan vakillarimiz raqib darvozasi oldida haqiqiy bo‘ron ko‘tarishdi. 50-daqiqada tinimsiz bosim o‘z samarasini berdi: chap qanotdan uzatilgan to‘pga ega chiqqan Abrorbek Ismoilov kuchli va aniq zarbasi bilan hisobni qisqartirib, stadionni larzaga keltirdi — 1:2! Kiritilgan goldan qanotlangan yigitlarimiz hujumlar to‘lqinini yanada kuchaytirishdi. 59-daqiqada Alisher Odilov boshi bilan raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qilgan edi, biroq hakamlar ushbu vaziyatda o‘yindan tashqari holat (ofsayd) qayd etib, golni bekor qilishdi.Biroq bu qaror ham jamoamiz shashtini so‘ndira olmadi va 70-daqiqada maydonda adolat qaror topdi! Chap qanotdan katta tezlikda yorib kirgan Alisher Odilov kuchli zarba yo‘lladi — darvozabon to‘pni qaytardi, ammo qaytgan to‘p mehmonlar himoyachisiga tegib darvoza to‘ridan joy oldi — 2:2! Muvozanat tiklanganidan keyin ham "Neftchi" to‘liq ustunlikni o‘z qo‘lida saqlab, g‘alabani ilib ketish uchun bir qator keskin vaziyatlar yaratdi. Biroq final hushtagi yangragunga qadar darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi va jamoalar murosasiz jangovar durangga imzo chekishdi. AFK CHAMPIONS LEAGUE ELIT 23 noyabr  5-tur Farg‘ona shahar, "Istiqlol" stadioni  soat 18:45 "NEFTCHI"     2:2 "AL-HILOL" Gollar: Oliver Watkons, 20'(0:1), Gabriel Martinelli, 28'(0:2), Abrorbek Ismoilov, 49'(1:2), Yusuf Akchichek, 70' AG (2:2) Bosh hakam: Abdullah Jamali (Quvayt) Yordamchi hakamlar: Saoud Al Shemali, Ali Jraq (Quvayt) Zaxira hakami: Ammar Ashkananl (Quvayt) VAR: Abdullah Arab (Quvayt) AVAR: Abdullah Al Kandari (Quvayt) Nazoratchi: Kwon Jong Chul (Janubiy Koreya) Komissar: Nasir Abdalla Ali Qasim Alobeidli (BAA) “Neftchi”: 1.Botirali Ergashev, 3.Michel Augusto, 5.Ikrom Aliboyev, 6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov(8.Vladimir Yovovich,67'), 10.Jamshid Iskanderov(77.Ratinyo,67'), 20.Anvarjon G‘ofurov, 22.Alisher Odilov(9.Xurshid G‘iyosov,80'), 31.Yan Sasse(52.Koffi Kouao,67'), 34.Farrux Sayfiyev, 88.Marcus Forss(32.Zoran Marushich, 80') Zaxira futbolchilari: 45.Akbar To‘rayev, 2.Izzatillo Pulatov, 11.Asilbek Jumayev, 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 23.Yovan Jokich, 71.Bilolxon Toshmirzayev Bosh murabbiy : Islombek Ismoilov 🟢 “Neftchi” PFK matbuot xizmati 🚀Telegram | 💬Facebook 📷Instagram | 📺YouTube

Open in Telegram
Views233−28%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#20206Photo

Forwarded from FC NEFTCHI

SO‘NGGI DAQIQAGACHA KURASH: "NEFTCHI" KAMCHILIKDA HAM TASLIM BO‘LMADI Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq jamoamiz tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Mazmunli kombinatsiyalar evaziga o‘yin tizginini ushlab turgan vakillarimiz 13-daqiqadayoq raqib darvozasi oldida ilk jiddiy xavfni yuzaga keltirishdi: burchakdan oshirilgan to‘pga Boyan Siger boshi bilan kuchli zarba yo‘lladi, biroq mezbonlar posboni O‘tkir Yusupov ajoyib reaksiya namoyish etib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Oradan olti daqiqa o‘tib, maydon egalari ham o‘z so‘zini aytishga urinib ko‘rishdi — uzoq masofadan yo‘llangan kuchli zarbani darvozabonimiz Botirali Ergashev bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Tezkor qarshi hujumlarga tayangan futbolchilarimiz 26-daqiqada o‘z maqsadlariga yetishdi. To‘pni qabul qilib olgan Alisher Odilov raqib himoyachisini mohirona tarzda ortda qoldirdi va darvoza tomon aniq zarba yo‘llab, uchrashuvda hisobni ochdi — 0:1! O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng mezbonlar bor e’tiborlarini hujumga qaratishdi. 41-daqiqada Vladimir Yovovichning qo‘pol harakati tufayli maydondan chetlatilishi esa vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Bir kishi kam bo‘lib qolgan farg‘onaliklar bir daqiqa o‘tib himoyada xatoga yo‘l qo‘yishdi: jarima maydoni atrofida qarovsiz qoldirilgan Jasur Jaloliddinov olis masofadan kuchli va aniq zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi — 1:1. Jamoalar tanaffusga aynan shu jangovar durang bilan yo‘l olishdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar hujumkorlikni keskin oshirib, darvozamiz oldida ketma-ket xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira boshlashdi. Bosim 53-daqiqada o‘z samarasini berdi: chap qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to‘pga hammadan chaqqon harakat qilgan Joel Kojo boshi bilan aniq zarba yo‘llab, namanganliklarni hisobda oldinga olib chiqdi — 2:1. Goldan ruhlangan maydon egalari oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas ustunlikni mustahkamlashdi. 55-daqiqada jarima maydoni tashqarisidan kuchli va chiroyli zarba yo‘llagan Diyor Xolmatov darvozamizni ishg‘ol etib, tablodagi hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Ishonchli ustunlikka ega bo‘lgan mezbonlar shundan keyin ham bir qator keskin hujumlar uyushtirishdi. Biroq bir kishi kam bo‘lib harakatlanishiga qaramay, iroda ko‘rsatgan vakillarimiz 77-daqiqada ajoyib kombinatsiya tashkil etishdi va hujumni Kofi Kouao aniq zarbasi bilan yakunlab, hisobdagi farqni qisqartirdi — 3:2. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida futbolchilarimiz muvozanatni tiklash uchun bor kuchlari bilan oldinga intilishdi, ammo yakuniy hushtak yangraguniga qadar hisob o‘zgarishsiz qoldi. Afsuski, mazkur uchrashuvda ochko qo‘lga kiritish nasib etmadi, biroq bu natija chempionlik yo‘lidagi kurash to‘xtaganini anglatmaydi. Oldinda hali hal qiluvchi bellashuvlar bisyor va "Neftchi"ning oltin medallar uchun imkoniyatlari to‘la saqlanib turibdi. Ishonamizki, futbolchilarimiz keyingi o‘yinlarda o‘zlarining haqiqiy kuchini namoyon etib, sadoqatli muxlislarimizning yuksak ishonchini munosib tarzda oqlashadi! O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI 20-noyabr  qoldirilgan 28-tur Namangan shahar, "Markaziy" stadioni  soat 18:30 "NAVBAHOR" 3:2 "NEFTCHI" Gollar: Alisher Odilov, 26' (0:1), Jasur Jaloliddinov, 42'(1:1) Chetlashtirish: Vladimir Yovovich, 41'("Neftchi") , Kojo Joyel, 53'(2:1), Diyor Xolmatov, 55'(3:1), Koffi Kouao, 77'(3:2) Bosh hakam: Timur To‘xtasinov Yordamchi hakamlar: Anvarjon Marajabov, Ziyodullo Abduraxmanov Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov VAR: Firdavs Norsafarov AVAR: Timur Gaynullin Nazoratchi: Marat Ismailov Komissar: Jalolxon Inog‘omxo‘jayev "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboyev, 7.Abrorbek Ismoilov11.Asilbek Jumayev,68'), 8.Vladimir Yovovich, 10.Jamshid Iskanderov(27.Nurbek Sarsenbayev,59'), 20.Anvarjon G‘ofurov, 22.Alisher Odilov(77.Ratinyo,46') 32.Zoran Marushich(9.Xurshid G‘iyosov,59'), 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Kouao(6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 85') Zaxiradagilar: 45.Akbar To‘rayev, 2.Izzatillo Po‘latov, 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 21.Muxsinjon Ubaydullayev Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

Open in Telegram
Views409+27%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—