Hurmatli va qadrli ZIFFLER mijozlari! Avvalo, bizga bildirayotgan ishonchingiz, fikr-mulohazalaringiz va e’tiboringiz uchun har biringizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! ZIFFLER brendi ostida har yili juda katta miqdorda mahsulotlar sotilmoqda. Millionlab mijozlarimiz mahsulotlarimizdan mamnun holda, hech qanday muammosiz foydalanib kelishmoqda. Albatta, har qanday yirik ishlab chiqaruvchida bo‘lgani kabi, bizda ham ayrim texnik yoki servis bilan bog‘liq holatlar uchrab turishi tabiiy. Hatto LG, Samsung, Bosch kabi dunyoga mashhur brendlarda ham sotilgan mahsulotlarning 1 foizigacha servisga murojaat qilishi normal holat hisoblanadi. ZIFFLER brendida esa bu ko‘rsatkich 0,7 foizdan ham past! Bu biz uchun muhim natija. Ammo biz hech qachon bu bilan kifoyalanmaymiz. Chunki bizning maqsadimiz shunchaki mahsulot sotish emas, balki har bir mijozimizning ishonchini oqlashdir. Sizlar bilan yana bir muhim masalada ochiq gaplashmoqchimiz. Tan olamiz, avval servis xizmatimiz faoliyatida ayrim kamchiliklar va muammolar bo‘lgan. Ba’zi murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan, ayrim mijozlarimiz esa yetarli darajada e’tibor va javob olmagan. Buning uchun sizlardan chin dildan uzr so‘raymiz. Biz bu holatlarga befarq qarab turmadik. Mijozlarimizning murojaatlarini o‘rgandik, kamchiliklarimizni tahlil qildik va ularni bartaraf etish uchun jiddiy ish boshladik. 15 kun avval ZIFFLER servis xizmatida mutlaqo yangi murojaatlarni boshqarish tizimini joriy qildik. Yangi tizimning asosiy maqsadi — har bir murojaatni ro‘yxatga olish, uning ko‘rib chiqilishini nazorat qilish va mijozimizning muammosi yechim topishi uchun mas’uliyatni kuchaytirish. Shu munosabat bilan sizlardan bir iltimosimiz bor: Agar avval servis xizmatimizga murojaat qilgan bo‘lsangiz-u, murojaatingiz javobsiz qolgan yoki muammo hal etilmagan bo‘lsa, iltimos, yangi tizim orqali qaytadan murojaat qoldiring. Biz hech bir mijozimizning muammosi e’tibordan chetda qolishini istamaymiz. Har bir murojaatingiz biz uchun muhim va uni imkon qadar tezroq hal qilishga intilamiz. Yana bir muhim jihatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. O‘ylab ko‘ring, qaysi yirik brend o‘z mijozlariga ochiq fikr bildirish, muammolarini yozish va hatto kompaniyani tanqid qilish imkoniyatini beradigan ochiq muloqot maydonini yaratgan? Biz esa bunday chatni ongli ravishda tashkil qilganmiz. Chunki biz mijozlarimizning fikridan ham, tanqididan ham qo‘rqmaymiz! Aksincha, sizlarning har bir fikringiz bizni yanada kuchliroq, mas’uliyatliroq va yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ushbu chatga ko‘pincha aynan savoli yoki muammosi bor mijozlar murojaat qilishadi. Millionlab mijozlarimiz esa ZIFFLER mahsulotlaridan kundalik hayotda mamnun holda foydalanib kelishmoqda. Lekin biz uchun hatto bitta mijozning noroziligi ham ahamiyatsiz emas. Bizning maqsadimiz muammolarni yashirish emas, ularni hal qilish. Tanqiddan qochish emas, undan to‘g‘ri xulosa chiqarish. Biz har bir murojaat ortida inson, oila va bizga bildirilgan ishonch borligini juda yaxshi tushunamiz. ZIFFLER uchun siz shunchaki xaridor emassiz. Siz — bizning eng katta qadriyatimizsiz! Bizning eng katta yutug‘imiz sotilgan mahsulotlar soni emas, balki bizdan rozi bo‘lgan insonlar sonidir. Biz mukammalmiz deb da’vo qilmaymiz. Ammo har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga, xatolarimizni tan olishga va ularni tuzatishga tayyormiz. Sizning ishonchingiz — bizning mas’uliyatimiz. Sizning roziligingiz — bizning eng katta yutug‘imiz! Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat! Hurmat va ehtirom bilan, ZIFFLER jamoasi
Open in TelegramPosts of Ziffler
ҲУРМАТЛИ МИЖОЗЛАР! Хизмат сифатини яхшилаш мақсадида сервис марказимизнинг электрон базаси ва бошқарув тизими тўлиқ янгиланди. Шу жараёнда аввал юборилган айрим аризалар рўйхатдан тушиб қолган бўлиши мумкин. Юзага келган ноқулайлик учун узр сўраймиз. Агар аввалги мурожаатингиз бўйича сиз билан боғланилмаган бўлса, илтимос, аризангизни қайта қолдиринг. Ҳар бир мурожаат қатъий назоратга олинади ва муаммо 5 иш куни ичида ҳал этилади. 📞 Call-марказ: +998 71 203 11 10
Open in Telegram😊 Ziffler Estetika va dizaynni qadrlaydiganlar uchun! Oshxonangiz uchun shunchaki texnika emas, haqiqiy san'at asari — Ziffler FMWO-25GFS20MB! Narxi:1.030.000 so’m Agar siz nafaqat funksionallikni, balki mukammal tashqi ko'rinishni ham yoqtirsangiz, bu mikrotoʻlqinli pech aynan siz uchun! Nega aynan u? 🖤 Elegant dizayn: Qora rangli korpus istalgan zamonaviy interyerga mukammal mos tushadi. 🪞 "Mirror Glass": Koʻzgusimon eshikcha oshxonangizga oʻzgacha koʻrk va hashamat bagʻishlaydi. 🧠 Elektron boshqaruv: Zamonaviy va hamma uchun tushunarli tugmalar yordamida taomlarni bir zumda isiting yoki tayyorlang. 🦾 Sifat va bardosh: Kulrang ichki kamera mustahkam va uzoq muddat xizmat qilish uchun moʻljallangan. 📦 Hajmi: 25 litr — oilaviy shirin taomlar uchun ideal oʻlcham! Yurtimiz maishiy do’konlarida sotuvda! Instagram | Facebook | Telegram
Open in TelegramHurmatli mijozlar va hamkorlar! So‘nggi kunlarda ayrim shaxslar o‘z manfaatlarini ko‘zlab Ziffler brendi va mahsulotlarimiz haqida asossiz ma'lumotlarni tarqatmoqda. Ziffler 10 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan mahalliy brend bo‘lib, minglab mijozlarning ishonchini qozongan. Bizning maqsadimiz — yuqori sifatni maqbul narxda taqdim etish. Biz konstruktiv tanqidni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo tuhmat va asossiz ayblovlarni qabul qilmaymiz. O‘zini bizning raqobatchimiz deb biladiganlarni halol va shaffof raqobatga chorlaymiz. Raqobat mish-mishlar bilan emas, mahsulot sifati, xizmat va mijozlar ishonchi bilan bo‘lishi kerak. Biz uchun eng katta sharaf — eng sifatli mahsulotni eng adolatli narxda taklif etishdir. Ziffler — O‘zbekiston brendi. Biz nafaqat o‘z nomimiz, balki yurtimiz, mutaxassislarimiz va mahalliy ishlab chiqarish nufuzini yuksaltirish uchun mehnat qilamiz. Ishonchingiz uchun rahmat!
Open in TelegramEndilikda uy uchun kerak bo‘ladigan barcha maishiy texnikalarni bir joyning o‘zida topishingiz mumkin. Shourumimizda muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, gaz va elektr plitalar, pechlar, konditsionerlar, televizorlar hamda boshqa ko‘plab zamonaviy texnikalar taqdim etilgan. 📍 Qulay joylashuv (Kichik Halqa Yo’li,26) 💵 Adolatli narxlar ✨ Zamonaviy shourum 🏠 Uy uchun barcha turdagi maishiy texnikalar 🤝 Professional maslahatlar Yangi Ziffler shourumiga tashrif buyuring va o‘zingiz uchun eng munosib texnikalarni tanlang! Instagram | Facebook | Telegram Ziffler.uz saytga o'tish👈🛒
Open in TelegramZiffler rivojlanishida yangi bosqich! 🎉 Kecha shaharning qoq markazida joylashgan yangi Ziffler shourumining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Endilikda mahsulotlarimiz bilan yaqindan tanishish, ularning sifatini baholash va professional maslahat olish yanada qulay bo‘ldi. 📍 Qulay joylashuv (Kichik Halqa yo'li ,26) ✨ Zamonaviy shourum 🏠 Ziffler mahsulotlarining keng assortimenti 🤝 Har bir mijozga individual yondashuv Ushbu muhim kunda biz bilan birga bo‘lgan barcha mehmonlarimiz, hamkorlarimiz va do‘stlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Biz o‘sishda va mijozlarimizga yanada yaqin bo‘lishda davom etamiz. Yangi Ziffler shourumiga xush kelibsiz! Instagram | Facebook | Telegram Ziffler.uz saytga o'tish👈🛒
Open in Telegram😊 Ziffler brendi o‘zining konditsionerlarini sotgandan keyin ularni o‘rnatish (montaj qilish) uchun aynan sertifikatlangan professional ustalarni tavsiya qiladi. Brendning bu tavsiyani berishidan maqsad — "uch tomonlama foyda" (do‘kon uchun, xaridor uchun va brendning o‘zi uchun) tizimini yaratishdir: 1. Do‘konlar uchun foydasi: Mijoz konditsioner yaxshi ishlamayotganidan shikoyat qilib, do‘konga qaytarib olib kelmaydi. Chunki muammo konditsionerda emas, ko‘pincha uni ko‘chadagi tasodifiy ustalar noto‘g‘ri o‘rnatganida bo‘ladi. Profesional ustalar o‘rnatganda esa do‘kon ortiqcha bosh og‘rig‘idan va moddiy zarardan qutuladi. Xaridor (mijoz) uchun foydasi: Konditsioner uzoq yillar davomida soz va texnik talablarga mos ravishda ishlaydi. To‘g‘ri o‘rnatilgani uchun uning rasmiy kafolati ham o‘z kuchida qoladi. 2.Ziffler brendi uchun foydasi: Noto‘g‘ri montaj tufayli brendning nomi "yomon mahsulot"ga chiqmaydi, sifati va nufuzi saqlanib qoladi. Qisqacha aytganda, "Ziffler" shunchaki texnika sotib qutulmaydi, balki uning uyingizda mukammal ishlashi uchun o‘z ustalarining sifatiga rasmiy kafolat beradi.
Open in Telegram😊 🌙✨ Ziffler jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muqaddas Qurbon hayiti ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaydi. Qilgan barcha ezgu duolaringiz va niyatlaringiz ijobat bo‘lsin.
Open in Telegram😊Ziffler 18000 btu — 55 m² gacha xonalar uchun ideal yechim! Uyingizda haqiqiy komfortni his qiling. Ziffler konditsioneri nafaqat sovutadi, balki aqlli texnologiyalari bilan hayotingizni osonlashtiradi. Nega aynan ushbu modelni tanlash kerak? ⚡️ 32% TEZROQ SOVUTISH: Oddiy konditsionerlar endi o‘z haroratiga kelguncha, Ziffler xonani muzdek qilib ulguradi. O‘tgan yilgi modellardan esa 15% ga samaraliroq. 📉 FULL DC-INVERTER: Elektr energiyasini maksimal darajada tejaydi. Kam xarajat bilan yuqori unumdorlik! 🛡 GOLDEN FIN TEXNOLOGIYASI: Ichki qismlar maxsus oltin qoplama bilan himoyalangan. Bu chang va zangdan asrab, konditsionerning 10 yildan ortiq xizmat qilishini ta’minlaydi. 🔥 ISITISH VA SOVUTISH: Yilning istalgan faslida — xoh jazirama issiq bo‘lsin, xoh qahraton sovuq — uyingizda barqaror harorat! 💰 Narxi: 4.920.000 so‘m
Open in Telegram🟣 Ziffler 2026 yilgi konditsionerlari— Kuch va tejamkorlik bir joyda! ❄️ 12 talik FULL DC Inverter — tez sovutadi, barqaror ishlaydi ⚡ A++ energiya tejamkor — kam tok, katta foyda 🌿 R32 freon — ekologik va xavfsiz 🔧 GMCC inverter kompressor — uzoq xizmat va aniqlik 🔥 Isitish + sovutish — yil davomida komfort 🛡 Golden Fin — zang va changdan himoya ✅ Zamonaviy dizayn, kuchli texnologiya va maksimal qulaylik 📦 Hammasi sotuvda mavjud — hoziroq buyurtma qiling!
Open in Telegram🌙 Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin! Qalbimiz poklanib, dilimiz nurga to‘lgan ushbu muborak ayyomda sizga sihat-salomatlik, xotirjamlik va cheksiz baraka tilaymiz. Alloh taolo tutgan ro‘zalaringizni, qilgan duoyu ibodatlaringizni qabul aylasin. O‘tgan Ramazonda qilgan barcha solih amallaringiz qiyomat kunida sizga najot bo‘lib, Jannatning Rayyon darvozasidan kirish nasib etsin. Yuragingizda iymon nuri so‘nmasin, xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Hurmat bilan Ziffler jamoasi
Open in Telegram😊Ziffler BAC-Z12H1MW FULL DC INVERTER Zamonaviy sovutish texnologiyasi — Agar sizga kuchli, tejamkor va uzoq xizmat qiladigan konditsioner kerak bo‘lsa — bu aynan siz uchun. 🔥 Asosiy ustunliklari: 🔹 Full DC Inverter texnologiyasi Faqat kompressor emas, balki barcha asosiy qismlar inverter tizimida ishlaydi — bu esa: -kam elektr sarfi -shovqinsiz ishlash -uzoq umr ta'minlaydi. 🔹 12 qator mis trubka Oddiy modellarga qaraganda tezroq sovitadi va samaradorligi yuqori. 🔹 GMCC inverter kompressor Barqaror ishlash, aniqlik va ishonchlilik — issiqda ham, sovuqda ham mukammal natija. 🔹 R32 freon Ekologik toza, xavfsiz va zamonaviy standartlarga mos. 🔹 A++ energiya samaradorligi Elektrni tejaydi — ayniqsa yozda katta farqni sezasiz 💸 🔹 Tez isitish va sovitish rejimi Bir necha daqiqada xonani kerakli haroratga olib keladi. 🔹 Golden Fin qoplama Ichki va tashqi blokni zang va changdan himoya qiladi → uzoq muddat xizmat qiladi.
Open in Telegram☕ 🟣Ziffler AURELIA – haqiqiy qahva zavqi sizning uyingizda yoki ofisingizda! Narxi: 4.760.000 so’m Endi professional barista darajasidagi qahvani o‘zingiz tayyorlashingiz mumkin. Aurelia zamonaviy texnologiyalar va qulay boshqaruv bilan har bir chashkada mukammal ta’mni taqdim etadi. 🔹 4.3 dyuymli TFT rangli sensorli displey – zamonaviy va qulay boshqaruv 🔹 Dual Cream texnologiyasi – cappuccino va latte uchun ikki hissa sut ko‘pigi 🔹 Cold Brew funksiyasi – sovuq qahva tayyorlash imkoniyati 🔹 My Favourite Coffee – sevimli qahvangizni saqlab, bir tugma bilan tayyorlash Har bir chashka – boy aroma, ideal ko‘pik va haqiqiy qahva zavqi. 📩 Batafsil ma’lumot va buyurtma uchun bizga yozing.
Open in Telegram