turnirlar.uz saytiga kiritilgan turnirlar soni 1 ming 900 tadan oşdi! 🏆 @zakovatklubi
Open in TelegramPosts of Faqat intellektual o’yinlar haqida
Zakovat Timer ilovasi Android qurilmalar uçun ham oçildi. Endi uşbu ilovani Samsung, Xiaomi kabi brend telefonlar egalari ham işlata oladi. Yuklab oliş uçun havolalar: 📱 Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.zakovat.timer 📱 iOS: https://apps.apple.com/app/zakovat-timer/id6786520810 @zakovatklubi
Open in TelegramUzun havolalarni qisqartirişga yordam beradigan zkvt.uz sayti işga tuşdi. Qulayroq bölişi uçun @zkvtbot Telegram botidan ham foydalansangiz böladi. Mabodo kimgadir kerak bölib qolsa, bepul foydalanişi mumkin. 🏆 @zakovatklubi
Open in Telegramturnirlar.uz saytiga kiritilgan turnirlar soni 1 ming 800 tadan oshdi! 🏆 @zakovatklubi
Open in TelegramToshkent viloyatida shunday bilimdonlarimiz bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz :)) Tabriklaymiz! 🏆 @zakovatklubi
Open in Telegramturnirlar.uz saytida jamoalar tarkibini ko‘rish imkoniyati yaratildi va bilimdonlar sahifasi ham paydo bo‘ldi. Barcha o‘zgarishlar reyting tizimini ishga tushirish uchun qilinmoqda. Oz qoldi... 🏆 @zakovatklubi
Open in TelegramYozgi mavsumda Buxoroning F8 jamoasi eng ko'p apellyatsiya yozgan — 30 ta! Har turda o'rtacha 3 tadan apellyatsiya yozilgan degani. Shundan atigi 2 tasi qabul qilingan. Keyingi o'rindagi jamoa 14 ta ariza yozgan. Demak, F8 jamoasi keyingi o'rindagi jamoadan 2 baravar ko'p apellyatsiya bergan degani. Aytgancha, Kuzgi mavsumning 1-turida F8 jamoasi 6 ta apellyatsiya yozibdi. Yozgi mavsum rekordini urishga qattiq kirishishgan ko'rinadi :) 🏆 @zakovatklubi
Open in TelegramTalabalar o’rtasida Prezident sovrini uchun o’tkaziladigan Intellektual olimpiadaning yangilangan Nizomi e’lon qilindi. Asosiy o’zgarishlar: ➖ sun’iy intellekt bo’yicha hakaton musobaqasi ham qo’shildi, negaligi hammaga tushunarli bo’lsa kerak, kelajak sun’iy intellektniki; ➖ shaxsiy o’yin bilan deyarli bir xil format bo’lgani sababli erudit-kvartet chiqarib tashlandi. Shunda Olimpiadada 3 ta jamoaviy, 3 ta individual musobaqa qoldi; ‼️MUHIM: shaxmat, shashka, hakaton bo’yicha hududiy saralashlar alohida o’tkaziladigan bo’ldi. Avval bitta Zakovat o’yini bilan hammasi hal qilinardi va Zakovatdan kim yutsa, o’sha oliygoh to’liq tarkibda terma jamoa olib kelardi. Masalan, bironta shaxmat yoki shashkani biladiganni jamoaga nomiga qo’shib olishardi. Endi Zakovat oilasidagi musobaqalar uchun Zakovat o’yini orqali, qolgan uchtasi uchun esa alohida saralash bo’ladi. Natijada ko’plab oliygohlar kamchilik a’zosi bilan ham qatnashishi mumkin. Masalan, qaysidir oliygoh faqat 1 nafar shashkachisi bilan, qaysidiri esa faqat Hakaton jamoasi bilan qatnashadi. Oliygohlar saralashga jiddiyroq qaramasa, unda yakunda yetarli ball ololmay qolishadi. Chunki shaxmat, shashka, Hakaton ham yaxshi reyting bali beradi. 🏆 @zakovatklubi
Open in TelegramForwarded from UzA Yuklashda yordamchi
📸 🔗 Manba Ushbu video @uza_yukla_bot orqali yuklandi
Open in TelegramIntellektual marafon doirasida butun respublika bo‘ylab jami 70 ta apellyatsiya yozilibdi. Shundan 5 tasi qabul qilinibdi. Bu kammi, ko‘pmi? Yaxshimi, yomonmi? 🏆 @zakovatklubi
Open in Telegramturnirlar.uz saytiga kiritilgan turnirlar soni 1 ming 300 tadan oshdi! 🏆 @zakovatklubi
Open in TelegramTurnirlar.uz saytiga zo‘r funksiya qo‘shdik. Endilikda turnirlarni guruhlash mumkin. Ya’ni ma’lum bir toifadagi doimiy o‘tkazilgan turnirlar ro‘yxatini bitta guruh ichida osongina topa olasiz: https://turnirlar.uz/groups Masalan, Mavsumiy ligalar guruhida barcha hududlarda o‘tkazilgan turli yillar kesimidagi qishki, bahorgi, yozgi va kuzgi mavsum o‘yinlari jamlangan. Har bir guruhning ichida shajara daraxti bor. Yilini, hududini tanlab, kerakli turnirga o‘ta olasiz. Kelgusida guruhga biriktirilgan barcha turnirlar uchun yagona turnir jadvalini shakllantirish funksiyasini qo‘shish hamda statistikalarni chiqarish rejamizda bor. 🏆 @zakovatklubi
Open in Telegram