Posts of Zakovat harakati
Forwarded from Zakovat intellektual klubi
📺 V “Zakovat-Gambit” şaxmat turnirining tantanali taqdirlaş marosimi "Milliy" telekanalida jonli efirda namoyiş etilmoqda! Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Open in TelegramForwarded from Zakovat intellektual klubi
🇺🇿♟Oʻzbekiston - shaxmat mamlakati! 🖊 Kecha, 15-oktabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlandi. ⚡Quvonarlisi, bu yilgi turnirimiz uchun rekord darajada - 5831 nafar shaxmatchilarimiz roʻyxatdan oʻtdi! Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha xotin-qizlarimiz ham rekordni yangiladi - 633 nafar. Musobaqaga qiziqishning yildan yilga rivojlanib borayotgani quvonarli hol! 🔥"Zakovat-Gambit"ni kuzatib boring! Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Open in TelegramForwarded from Zakovat intellektual klubi
🖊 “Zakovat-Gambit” shaxmat turniriga roʻyxatdan oʻtish bo‘yicha videoyoʻriqnoma Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Open in TelegramForwarded from Zakovat intellektual klubi
⚡️V “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri bo‘lib oʻtadi! 🏆 Oʻzbekiston terma jamoasining 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi gʻalabasidan ilhomlangan yurtdoshlarimizni an'anaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan “Zakovat-Gambit” shaxmat musobaqamizga taklif etamiz! ♟Unda yurtimizdagi barcha katta-yu kichik shaxmat ishqibozlari qatnashishi va pul mukofotlarini qoʻlga kiritishi mumkin! 💵 Musobaqa sovrin jamg‘armasi - 620 million so‘m! ❗️“Zakovat-Gambit” turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Musobaqa quyidagi bosqichlarda boʻlib oʻtadi: 1️⃣ Hududiy saralash (19-22-oktabr); 2️⃣ Onlayn saralash (24-oktabr); 3️⃣ Yarim final (28-oktabr); 4️⃣ Final (29-30-oktabr). 🔝 Ishtirokchilar saralash bosqichining faqat bittasida qatnashish orqali ham yarim finalga yo‘llanma olishi mumkin. Hududiy saralashdan o‘ta olmaganlar yoki unda qatnasha olmaganlarga onlayn saralashda qatnashib, yarim finalga chiqish imkoniyati beriladi. ✅ Chempionatda qatnashish uchun gambit.zakovatklubi.uz veb-saytida 15-oktabr kuni soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar o‘z reytingini hisobga olishi va tegishli guruhda ro‘yxatdan o‘tishi kerak. ℹ️ “Zakovat-Gambit” turniriga ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. 📍 Hududiy saralash o‘yinlari o‘tkazilish vaqti va manzillari haqida keyinroq ushbu kanalda alohida ma'lumot beriladi. 👑 Shaxmatimizda yangi chempionlarni kashf etish vaqti keldi. Keyingi gʻolib aynan Siz boʻlishingiz mumkin! Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Open in TelegramForwarded from Zakovat intellektual klubi
🎉 Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Open in TelegramForwarded from Zakovat intellektual klubi
🎉🎉 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Open in Telegram“Vaqtimiz chog‘ o‘tyapti” 🥇Intellektual maktab doirasidagi Breyn-ring bahslarida g‘alaba qozongan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi loyiha bo‘yicha taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. @zakovatharakati
Open in Telegram“Bu bizga kayfiyat, energiya berdi” 🥈Intellektual maktab bellashuvlarini Breyn-ringdagi 2-o‘rin bilan boshlagan Pop tumanidagi 67-maktab jamoasidan kichik intervyu. @zakovatharakati
Open in Telegram“Raqiblarimiz juda kuchli” 🥉Intellektual maktab doirasidagi Breyn-ring bahslarida 3-o‘rinni egallagan Termiz tumanidagi 1-maktab jamoasi musobaqa haqida o‘z fikrlarini bildirdi. @zakovatharakati
Open in TelegramForwarded from Zakovat intellektual klubi
🇺🇿🆚🇵🇹 Bugun O‘zbekiston - Portugaliya o‘yini Zakovat arenada translyatsiya qilinadi! ⚽ Eslatib o‘tamiz, bugun soat 22:00 da Jahon chempionati doirasida milliy jamoamizning ikkinchi o‘yini Zakovat arenada jonli efirda namoyish etiladi. 💚 Barcha klubdoshlarimizni Portugaliyaga qarshi o‘yinda milliy jamoamizni birga qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz! 📍Manzil: Zakovat arena. ℹ️ Eslatib o‘tamiz, termamizning Jahon chempionati doirasidagi Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi uchinchi o‘yini ham Zakovat arenada namoyish etilishi rejalashtirilgan: 🇺🇿O‘zbekiston - 🇨🇩Kongo DR o‘yini 28-iyun kuni soat 04:30 da 😗 📺 Translyatsiya hamkori - 📺“ZO‘R TV” telekanali. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Open in TelegramForwarded from Zakovat intellektual klubi
🇺🇿🆚🇨🇴 Ertaga O‘zbekiston - Kolumbiya o‘yini Zakovat arenada translyatsiya qilinadi! ⚽ Avval xabar berilganidek, ertaga soat 07:00 da Jahon chempionati doirasida milliy jamoamizning ilk o‘yini Zakovat arenada jonli efirda namoyish etiladi. 💚 Barcha klubdoshlarimizni Kolumbiyaga qarshi o‘yinda milliy jamoamizni birga qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz! 📍Manzil: Zakovat arena. ℹ️ Eslatib o‘tamiz, termamizning Jahon chempionati doirasidagi quyidagi barcha o‘yinlari Zakovat arenada namoyish etilishi rejalashtirilgan: 🇺🇿O‘zbekiston - 🇨🇴Kolumbiya o‘yini 18-iyun kuni soat 07:00 da 📣 🇺🇿O‘zbekiston - 🇵🇹Portugaliya o‘yini 23-iyun kuni soat 22:00 da ⚽️ 🇺🇿O‘zbekiston - 🇨🇩Kongo DR o‘yini 28-iyun kuni soat 04:30 da 😗 📺 Translyatsiya hamkori - 📺“ZO‘R TV” telekanali. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Open in TelegramForwarded from Zakovat intellektual klubi
⚡️ Futbolsevar zakovatchilarimiz uchun ajoyib yangilik! ⚽ Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi o‘yinlari Zakovat arenada translyatsiya qilinadi! 💚 “Zakovat” klubi a'zolari uchun milliy terma jamoamizning 18-, 23- va 28-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan guruh bosqichi o‘yinlarini jonli efirda namoyish etamiz! 🗓 Translyatsiya vaqtlari: 🇺🇿O‘zbekiston - 🇨🇴Kolumbiya o‘yini 18-iyun kuni soat 07:00 da 📣 🇺🇿O‘zbekiston - 🇵🇹Portugaliya o‘yini 23-iyun kuni soat 22:00 da ⚽️ 🇺🇿O‘zbekiston - 🇨🇩Kongo DR o‘yini 28-iyun kuni soat 04:30 da 😗 🇺🇿 Hurmatli klubdoshlar, jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlash uchun barchangizni Zakovat arenaga taklif etamiz! 📺 Translyatsiya hamkori - 📺“ZO‘R TV” telekanali. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Open in TelegramForwarded from Zakovat intellektual klubi
🕌 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Open in Telegram