Posts of Zairzade (Islom psixologiyasi)
Qalbingizga sig‘maydigan yukni yelkangizga ortmang. Sizning vazifangiz go‘zal harakat qilish, natijani yaratish esa Yaratganning O‘ziga xosdir. @zairzadee
Open in Telegram✍️Ko‘z yoshi-qalbning tasbehi va jismning shifosi Mashhur psixolog va doktor Alfred Adler o‘zining “Frauen” (Ayollar) nomli asarida inson fiziologiyasi va ruhiyati o‘rtasidagi nozik bog‘liqlik haqida hayratlanarli haqiqatni ochib beradi. Uning kuzatishlaricha, ko‘z yoshi tarkibida organizmdan chiqib ketishi zarur bo‘lgan moddalar (lizotsim) mavjud. Inson yig‘lagisi kelganida, uning vujudi ichki zo‘riqish va zararli unsurlardan tozalanishga ehtiyoj sezayotgan bo‘ladi. Agar ko‘z yoshlar ichga yutilsa, bu moddalar qonda qolib, oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishiga (gastritga) sabab bo‘ladi. Adler Tinch okeani orollarida 20 yil davomida olib borgan ilmiy kuzatuvlarida qiziq bir qonuniyatni aniqlagan: odatda ayollar ko‘p yig‘lagani bois ularda gastrit kam uchraydi, ammo o‘sha orollarda erkaklar ko‘p yig‘lab, ayollar ko‘z yoshini tiygani uchun kasallik aynan ayollarda ko‘p kuzatilgan. Demak, tuyg‘ularni bo‘g‘ish va yig‘idan uyalish tanamizda psixosomatik kasalliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Aslida, ko‘z yoshi ojizlik emas, balki marhamat va shafqatning tilidir. Biz eng og‘ir g‘am ustida emas, balki g‘amdan sukunatga, qalb xotirjamligiga o‘tganimizdagina yig‘laymiz. Fikr va tuyg‘uni anglagan yetuk inson yig‘laydi va bu uning ichki olami bilan muloqotidir. Islom psixologiyasi nuqtai nazaridan qaraganimizda esa, ko‘z yoshining maqomi yanada yuksakdir. Alloh taolo bandaning ko‘z yoshini sevadi, chunki har bir tomchi ko‘z yoshida tasbeh bor. Ko‘ziga yosh kelganida inson o‘zining ojiz qul ekanini eslaydi, Rabbiga bo‘lgan muhtojligini e’tirof etadi. Yig‘lash ibodat, Haq huzuridagi tavozening eng oliy ko‘rinishidir. Ko‘z yoshining har bir tomchisida hikmat yashirin. Shunday ko‘z yoshlar borki, ular faqat Haq va qul o‘rtasidagi eng mahram sirdan oqib chiqadi. Qalbingizni og‘ir yuklardan xalos eting. Ba’zan shunchaki yig‘lab olish ham tanangizga, ham ruhingizga eng go‘zal shifo va Yaratganga yaqinlashish vositasidir. @zairzadee
Open in Telegram#Reklama Muslimalarga mos, nafis va qulay kiyim izlayapsizmi? Rayhan do‘koni — ishonchli tanlov! Islomiy qadriyatlarga mos liboslar, keng assortiment va sifat kafolati bir joyda. @Rayhan_uz sahifasiga obuna bo‘ling — va o‘zingiz bunga guvoh bo‘ling. Yo’qotib qo’ymang! 📍Do’kon Toshkent, Chilonzor, Al-Xorazmiy aylanasida joylashgan. 📦 O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
Open in Telegram✍️O‘zingizga ham boshqalarga qaragandek mehr bilan qaray olasizmi? Ko‘pchilik ayollar boshqalarning xatosini oson kechiradi, ularga dalda beradi, lekin o‘zi kichik bir xatoga yo‘l qo‘ysa, o‘zini ich-ichidan yeb bitiradi. «Yana ulgurmadim», «yaxshi ona bo‘la olmayapman», «nega shunday qildim?» degan o‘ylar qalbni og‘irlashtirib, ruhiy quvvatni so‘ndiradi. Islom psixologiyasi nuqtayi nazaridan qaraganda, nadomat (tavba) va o‘zini ayblash (o‘zini yomon ko‘rish) ikki xil holatdir: • Tavba xatoni anglab, ALLOHga qaytish va qalbni yengillashtirishdir. U insonni yuksaltiradi. • Surunkali o‘zini ayblash esa shaytonning qalbga soladigan umidsizligi va nafsning zaiflashuvidir. U insonni harakatdan to‘xtatadi va tanada turli siqilishlarni keltirib chiqaradi. ALLOH taolo bandalarini mukammal emas, xato qiluvchi va tavba qiluvchi qilib yaratgan. Shunday ekan, o‘zingizdan mukammallik talab qilishni to‘xtating. Qalbingizni o‘zini ayblash yukidan xalos qilish uchun 3 ta qadam: • Xatoni shaxsiyatingizdan ajrating: «Men yomonman» emas, «men bu vaziyatda xato qildim va bundan saboq oldim» deng. Xato sizning kimligingizni belgilamaydi. • O‘zingizga yaqin dugonangizdek munosabatda bo‘ling: Agar eng yaqin insoningiz xuddi shunday xato qilsa, unga qanday tasalli berardingiz? O‘zingizga ham xuddi shunday muloyim va mehrli so‘zlarni ayting. • Istig‘for bilan yopilgan sahifani qayta ochmang: Xatoyingiz uchun ALLOHdan mag‘firat so‘rab, uni tuzatishga harakat qildingizmi demak, bu mavzu yopildi. O‘tmishdagi xatoni qayta-qayta eslab, qalbingizga ozor bermang. Unutmang, o‘ziga rahm-shafqat qilmagan qalb boshqalarga ham chinakam mehr bera olmaydi. O‘zingizni kechiring va qalbingizga yengillik bering. Siz oxirgi marta qachon o‘zingizni kechirib, qalbingizga mehr ko‘rsatdingiz? @zairzadee
Open in TelegramHurmatli Premium obunachilarimiz! 🌸 Telegram kanalimizda Storislarni joylab borishimiz uchun quyidagi havola orqali kanalimizga ovoz berishingiz mumkin 😊 Sizning ovozingiz biz uchun juda qadrli. E’tiboringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun rahmat! ☺️ OVOZ BERISH
Open in TelegramNafsning eng nozik hiylasi: “Men undan yaxshiroqman...” Nafsning eng xavfli tuzog‘i sizni ochiq gunohga boshlash emas, balki qalbingizga: “Men undan yaxshiroqman”, deb pichirlashidir. Ko‘pincha ayol kishi atrofga qaraydi va o‘zini ovutadi: “Men birovni g‘iybat qilmayapman, sabr qilyapman, oilamga sodiqman, ibodatdaman... Mana bu ayoldan ancha yaxshiroqman”. Islom psixologiyasida bu holat “ujb” (o‘z amalidan g‘ururlanish) va nafsning o‘zini oqlab, ruhiy o‘sishdan to‘xtab qolishidir. Chunki siz boshqalarni ich-ichingizdan hukm qilib, o‘zingizni ulardan ustun qo‘ygan lahzada, qalbingizdagi haqiqiy og‘riq va g‘azabni ko‘rmay qolasiz. Davolanmagan har bir jarohat esa munosabatlarda “sabr” niqobi ostidagi alamga, ibodatda esa ruhsiz odatga aylanadi. ALLOH huzuridagi daraja sizning boshqalardan yaxshiroq ekaningiz bilan o‘lchanmaydi. Haqiqiy ruhiy yuksalish qalbingizdagi kibr, alam va qo‘rquvni yashirmay, ularni ALLOH nuri bilan davolashda boshlanadi. Qalb o‘z og‘rig‘i va kibrini tan olmaguncha, unda haqiqiy sakina (xotirjamlik) qaror topmaydi. Bugun o‘zingizga bir daqiqa vaqt ajrating va javob bering: Hozirgi “men yaxshiman” degan xotirjamligingiz qalb pokligimi yoki nafsning navbatdagi hiylasi? @zairzadee
Open in Telegram⁉️Nega aynan «Siyrat va Ruhiyat kodlari»? Zamonaviy psixologiya asrlar davomida insonni “kim u?” degan savolga javob izlab keldi. Freyd insonni instinktlar va ongsizlik asiri deb bildi; bixeviorizm tashqi stimullarga reaksiya beruvchi mexanizm sifatida qaradi; gumanistik psixologiya esa “o‘z-o‘zini aktualizatsiya qilish”ni cho‘qqi deb belgiladi. Ammo bularning hech biri inson qalbidagi o‘sha “bo‘shliq”ni, sababsiz g‘amginlikni va ma’no iztirobini to‘liq yopa olmadi. Chunki ular insonning Ruh degan ilohiy javharini va uning Fitrat deb ataluvchi asl “kodini” hisobga olmadilar. Islom psixologiyasi (Ilmun Nafs) esa insonga yuqoridan…Yaratuvchining kalomi va RasulULLOH sollallohu alayhi vasallamning Nabaviy tarbiya maktabi prizmasidan qaraydi. Siyrat shunchaki 14 asr avval o‘tgan tarixiy xronika emas. Siyrat inson ruhiyatining eng mukammal diagnostikasi va terapiyasidir. RasuLULLOH sollallohu alayhi vasallam sahobalarni qanday tarbiyalagan bo‘lsalar, ularning ichki jarohatlari, qo‘rquvlari, kibrlari va zaifliklari bilan qanday ishlagan bo‘lsalar, bu uslublar bugungi zamonaviy psixoterapevtik maktablarning barchasidan ustun turuvchi ilohiy metodologiyadir. ☑️Bugungi birinchi darsimizda biz o‘zimizning «Fitrat kodi»mizni ochamiz. Siz kimligingizni, nega ba’zan o‘zingizga o‘zingiz begona bo‘lib qolishingizni, ruhiy og‘riqlaringiz aslida nima ekanini va nafsingiz qaysi bekatda turganini ilmiy-islomiy aniqlikda tahlil qilamiz. ⁉️Loyiha ishtirokchilari diqqatiga! Diqqatingizni jamlang, daftar va qalamlaringizni tayyorlang. Biz siz bilan ichki olamimizning eng chuqur qatlamlariga sho‘ng‘iymiz, nasib etsa ✅Startga oxirgi 2 soat! Murojaat↪️@zairzade_admin @zairzadee
Open in Telegram⁉️Bugun 18:30 dan boshlab bir oy davomida Siz bilan Siyrat va Ruhiyat suhbatlari 🏆OY YAKUNIDA KATTA ILMIY MUSOBAQA! “Tarixi Muhammadiy” asari asosida qiziqarli savol-javoblar o‘tkazamiz! 🎁 Eng faol va bilimdon ishtirokchilarimizni qimmatli hadyalar kutmoqda! Azizlar, bir oy vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarga emas, qalbingizni boyitadigan ilmga ham ajrating🤗 ⁉️Tayyormisiz? Unda loyihaga qo'shilish uchun 18:00 ga qadar, @zairzade_admin ga “men ham boshlayman!” deb yozib qoldiring! 🌷 @zairzadee
Open in TelegramSIYRAT VA RUHIYAT “kodlari” loyihasi uchun qabul ertaga yopiladi. Tinglash uchun➡️ https://t.me/zairzadee/7575 Murojaat uchun➡️@zairzade_admin
Open in Telegram