🗣Termiz şahrida “Dunyo 2050-yilda” – xalqaro simpoziumi bölib ötdi.
🏢 20-24-noyabr kunlari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti taşabbusi bilan “Dunyo 2050-yilda” va “Tinçlik va ta’lim” mavzularida xalqaro simpozium bölib ötdi. Simpozium dunyoning turli davlatlaridan kelgan talabalar, yoş olimlar va xalqaro ekspertlarni bir maydonga jamladi. Unda 2050-yilgaça bölgan global kelajakning asosiy muammolari va imkoniyatlari ilmiy-amaliy jihatdan muhokama qilindi.
✔️Mazkur xalqaro simpozium Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ta’lim sifatini oşiriş hamda “Xavfsiz va tinçliksevar davlat” tamoyillarini mustahkamlaş vazifalariga hamohang tarzda taşkil etildi. Şuningdek, mazkur anjuman Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi doirasida oliygohlarning xalqaro ilmiy hamkorligini kengaytirişga xizmat qiladi.
◀️Nufuzli anjumanda 500 dan ortiq iştirokçi qatnaşdi. Simpoziumning oçiliş marosimi tantanali ruhda bölib ötdi. Indoneziya, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, Tojikiston, Misr, Janubiy Koreya, Qozoğiston, Fransiya, Xitoy, Qirğiziston va boşqa davlatlardan kelgan talabalar, yoş olimlar va ekspertlar özbekistonlik tengdoşlari bilan bir maydonda jamlandi. Unda texnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya, iqlim özgarişi va barqaror rivojlaniş, iqtisodiyot, biznes va inklyuziv ösiş, salomatlik, jamiyat va farovonlik, ta’lim, bandlik va global mobillik, şuningdek, madaniyat, til va turizm kabi muhim yönalişlarda fikr va tajriba almaşildi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram