⚡️O‘zbekistonlik talaba-tadbirkorlar uchun global imkoniyat! Yoshlar Ventures Global Student Entrepreneur Awards (GSEA) bilan hamkorlikni e’lon qiladi. Endi O‘zbekistondagi talaba-tadbirkorlar dunyodagi eng nufuzli xalqaro tadbirkorlik musobaqasida ishtirok etishlari mumkin. GSEA bu o‘z biznesini yuritayotgan talabalarni birlashtiruvchi global platforma. Musobaqa orqali yosh founderlar o‘z loyihalarini xalqaro darajaga olib chiqish, global muhit va investorlar bilan tanishish hamda tajribali mentorlardan maslahat olish imkoniga ega bo‘ladilar. Kimlar qatnashishi mumkin? • Hozirda universitetda (bakalavr yoki magistratura) tahsil olayotgan talabalar; • Faol ishlayotgan va rivojlanayotgan shaxsiy biznes/startap egasi bo‘lganlar; • O‘z loyihasi bilan xalqaro sahnaga chiqishga va O‘zbekiston sharafini himoya qilishga tayyor bo‘lganlar. ➡️ Arizalar qabuli ochiq! O‘zbekiston nomidan maydonga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang — ro‘yxatdan o‘ting! 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 3,958 |
| 5 h | 7,056 |
- After 1 hour3,958
- After 6 hours7,056
- Total to date7,056