👸 Şaxmat tarixidagi eng yoş jahon çempionati matçi: Javohir Sindarov — jahon toji ostonasida! 140 yillik şaxmat tarixidagi eng yoş jahon çempionati matçida 20 yoşli hamyurtimiz Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni, tengdoşi Gukeş Dommarajuga qarşi bahssiz jahon toji uçun dona surmoqda. ❗️ Sakkiz yil avval Moskvada 12 yoşli Javohirning 11 yoşli Gukeş ustidan 31 yurişdagi ğalabasi bilan boşlangan hikoya bugun Jenevada tarixiy finalga yetib keldi: 2022-yil — Çennayda şaxmat olimpiadasi oltin medali va Gukeş ustidan yana bir muhim ğalaba; 2025-yil 26-noyabr — Goada FIDE Jahon kubogining 19 yoşli eng yoş ğolibi; 2026-yil aprel — Nomzodlar turnirida 14 partiyadan 10 ball töplab, yangi rekord örnatdi va jahon toji uçun ilk özbekistonlik rasmiy da’vogarga aylandi. Qiziq tasodif: 8-dekabr kuni Javohir 21 yoşga töladi va jadvalga köra aynan şu kuni matçning hal qiluvçi 12-partiyasi öynaladi. Videorolikni tomoşa qiling va hamyurtimizni qöllab-quvvatlang — butun Özbekiston sen bilan, Javohir! 🇺🇿♟ #işonamiz #Sindarov Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube 🌎Sayt
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 2,600 |
| 6 h | 28,100 |
| 11 h | 28,100 |
- After 6 hours28,100
- Total to date28,100