🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yoshlar faollik ko‘rsatmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–206-son Farmoni ijrosi doirasida Yoshlar ishlari agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan yurtimizni yanada yashil va obod maskanga aylantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2026-yil kuz mavsumida agentlik tizimi bo‘yicha 154 ming dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 159,76 ming dona ko‘chat ekildi va belgilangan reja 103,7 foizga bajarildi. Bugun ushbu ezgu tashabbusning davomi sifatida Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Yoshlar ishlari agentligi jamoasi hamda yosh ekofaollar ishtirokida daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi. Barcha yoshlarimizni tabiatga mehr bilan yondashishga, ekologik madaniyatni yuksaltirish va “Yashil makon” umummilliy harakatida faol bo‘lishga chorlaymiz! 🇺🇿🌳 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Open in TelegramPosts of Yashil Tashabbuslar
Oliy Majlis Senatida “Bizning huquqimiz, bizning ovozimiz” mavzusida ochiq muloqot ötkazildi. Oliy Majlis Senati hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi taşabbusi bilan bolalarning soğlom atrof-muhitga bölgan huquqlariga bağişlangan uchrashuvda turli hududlardan 350 nafar yosh ekofaol bevosita, hududiy studiyalar orqali esa 300 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi. Ular orasida Yashil taşabbuslarni qöllab-quvvatlash jamğarmasidan grant olgan bir guruh yoshlar ham faol qatnashdi. Muloqotda Prezidentimizning 25-martdagi qarori asosida yölga qöyilgan “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi yoşlarning ekologik bilimi va ilmiy-ijodiy salohiyati uchun yangi imkoniyatlar oçayotgani ta’kidlandi. Uçraşuvda yoşlarning ekologik ta’lim, startap loyihalari va jamoatçilik nazoratidagi iştirokini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Yoş ekofaollar öz taşabbuslari hamda COP31 iqlim konferensiyasidagi ishtirok tajribasi yuzasidan axborot berdilar. Tadbir davomida Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanidagi 37-sonli maktab bilan telemost ötkazilib, öquvçilar xalqaro Eco-Schools dasturining eng yuqori e’tirofi — “Yaşil bayroq”ni kötariş marosimida iştirok etdi. Tabiatni asrash yölidagi faol va taşabbuskor yoşlarimizga omad tilaymiz! Yangiliklarni kuzatib boring: 📱Telegram | 📱 Instagram 📱Sayt
Open in Telegram🌿 “HAR BIR MAKTABDA EKO QAHRAMONLAR BOR!” ⚡️ “Orol ekologik mas’uliyat maktabi” eko-media loyihasi doirasidagi yangi rubrikamizning ilk manzili — Nukus tumani 3-maktab! Biz maktablarda tabiatga befarq bölmagan, ekologik taşabbuslari bilan namuna körsatayotgan yoş eko qahramonlarni kaşf etamiz! 🌱 Loyiha Yoşlar işlari agentligi huzuridagi “Yaşil taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş” jamğarmasi tomonidan qöllab-quvvatlangan. 📱Telegram
Open in Telegram🇺🇿🇩🇪 Plastik idish yig‘uvchi robot yaratgan 10 yoshli o‘zbekistonlik bola Germaniyada mukofotlandi. 🏆 Germaniyaning Saarland federal o‘lkasida yashovchi 10 yoshli Ilmiyor Sadriddinov o‘zi yaratgan AIMER roboti bilan nufuzli “mb21” multimedia mukofotini qo‘lga kiritdi. 🤖 AIMER ommaviy tadbirlarda harakatlanib, odamlarni bo‘sh plastik idishlarni yerga tashlamasdan, robotga topshirishga undaydi. Idish tashlaganlarga esa ovoz bilan minnatdorchilik bildiradi, qiziqarli faktlar va hazillar bilan javob beradi. 💡Robot karton, qayta ishlangan materiallar va LEGO Spike to‘plamidan yasalgan. Ilmiyor uning dasturiy kodini ham mustaqil ishlab chiqqan. 🏆 Yosh ixtirochi 200 nafardan ortiq ishtirokchi orasidan finalga chiqqan 15 nafar ishtirokchidan biri bo‘lgan. 💸 Ilmiyor mukofot pulini robotni takomillashtirishga sarflamoqchi. Keyingi versiyasiga kamera o‘rnatib, chiqindilarni turlariga qarab ajratadigan mexanizm yaratishni rejalashtirgan. Yangiliklarni kuzatib boring: 📱Telegram | 📱 Instagram 📱Sayt
Open in TelegramQozog'iston, O'zbekiston va Qirg'iziston ekologik monitoringni raqamlashtirishda birlashdi Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan BAT raqamli platformasini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi. Loyiha COP31 iqlim konferensiyasi doirasida taqdim etildi. Platforma sanoat korxonalarida ekologik jihatdan samarali texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni kamaytirish va ekologik talablar bajarilishini yaxshiroq nazorat qilishga yordam berishi kutilmoqda. BAT (Best Available Techniques) — ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga yetkaziladigan zararni kamaytirishga xizmat qiladigan eng yaxshi mavjud texnologiyalar va usullarni anglatadi. Platforma to‘rtta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: - sanoat tarmoqlari bo‘yicha ekologik texnologiyalar bazasi; - korxonalarning texnologik auditi va chiqindilari haqidagi ma’lumotlar reyestri; - ekologik ruxsatnomalar va monitoring vositalari; - davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik tarmog‘i. Tomonlar 2027-yil uchun qo‘shma harakatlar rejasini ham kelishib oldi. Bu tashabbusning ahamiyati shundaki, sanoat ifloslanishi davlat chegaralarida to‘xtamaydi. Mintaqaviy ma’lumot almashinuvi va umumiy ekologik standartlar Markaziy Osiyo mamlakatlariga sanoat modernizatsiyasini muvofiqlashtirish imkonini berishi mumkin. Batafsil Pivot.uz'da o'qing Linkedin | Instagram | YouTube
Open in TelegramO‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP31 xalqaro konferensiyasi doirasida yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yashil tashabbuslar” jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan ekologik loyihalar va yoshlarning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslari bilan tanishildi. Yangiliklarni kuzatib boring: 📱Telegram | 📱 Instagram 📱Sayt
Open in Telegram🌱 «SAMARQAND ECO ZAKOVAT»! 21-noyabr kuni Urgut tumani, Sariqtepa MFY, 48-maktabda ekologik bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tadi. 👥 Jamoa: 4 nafar ishtirokchi. 🏆 G‘oliblarni quyidagicha sovg‘alar kutmoqda: 🥇I darajali diplom hamda esdalik sovgʻalari; 🥈II darajali diplom hamda kitoblar; 🥉III darajali diplom Qolgan barcha ishtirokchilar ham elektron diplomlar bilan taqdirlanadi. Undan tashqari, Eng faol jamoa nominatsiyasi gʻolibi ham taqdirlanadi. 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: @laziz_kh17 ⏳ Oxirgi muddat: 19-noyabr. Bir jamoa — to‘rt ishtirokchi — bitta maqsad!
Open in Telegram🌳 ERTAGA DARAXT EKAMIZ! BIZGA QO’SHILING! 🌳 🌱Yashil tashabbuslar jamg’armasi sizni ezgu ishga taklif qiladi! Shahrimizni yanada yashil, havosini toza qilishga o’z hissangizni qo’shing! 📍Mo’ljal: Sergeli tumani ⏰ Vaqt: Ertaga, soat 10:00 🎓Ushbu tashabbusda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi! Do’stlaringizni ham taklif qiling! 📞Aloqa uchun: +998 94 312 00 35 ✉️Telegram: @guliranomamirova Yangiliklarni kuzatib boring: 📱Telegram | 📱 Instagram 📱Sayt
Open in TelegramJahon banki bilan yoshlar bilan ishlash yo’nalishida hamkorlik kengaytiriladi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Najy Benhassine o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va tashabbuslar taqdimot qilindi. Xususan, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlik va zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, qishloq hududlarida iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ijtimoiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar uchun zamonaviy infratuzilma yaratish, yangi ish o‘rinlarini shakllantirish va istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida 2027-yildan boshlab yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish hamda yoshlar tashabbuslarini Jahon banki tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Open in Telegram