🚨 IS GAZIDAN ZAHARLANISHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILDI 📍 Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yangiqo'rg'on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi navbatchi inspektori va "Hududgaz" xodimlari bilan birgalikda hamda 28-YOQQ qutqaruv ekipaji tomonidan "Beshbuloq" va "Salmon" MFYlar hududida kuz-qish mavsumida aholi xavfsizligini ta’minlash, is gazidan zaharlanish hamda uning oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar tashkil etildi. 🏘 Tadbirlar davomida "Salmon", "Zarkent", "Beruniy", "Naʼmuna", "Chamanzor" va "Do'stlik" ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. 🔥 Xususan, aholi xonadonlarida gaz isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, isitish pechlari va mo‘rilarni soz holatda saqlash, xonalarni muntazam shamollatish hamda gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. ⚠️ Shuningdek, fuqarolarga is gazining inson salomatligi va hayoti uchun xavfliligi, uning dastlabki alomatlari hamda zaharlanish holatida ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi. 👨🚒 Profilaktik tadbirlar davomida aholining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. ❗ UNUTMANG! Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun gaz va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Yaqinlaringiz va o‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang!
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 351 |
| 6 h | 396 |
| 8 h | 422 |
- After 6 hours396
- Total to date422