#yoşlar_kuni #video Yangi Namangan tumanida yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni sport, ta’lim va foydali maşğulotlarga keng jalb qilişga qaratilgan tadbirlar bölib ötdi. Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati 💻 Sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺 Youtube 💡Guruh
Open in TelegramPosts of Yangi Namangan tumani hokimligi | Rasmiy telegram kanali
Xotin-qizlar murojaatlari tinglandi Yangi Namangan tumani hokimi örinbosari - Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Nigora Mirzavaliyeva tomonidan "Yoşlik" mahallasida sayyor qabuli ötkazildi. Unda xotin-qizlar uy-joy, moddiy yordam, oilaviy va ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Har bir murojaat atrofliça tinglanib, ular yuzasidan huquqiy tuşuntiriş va tegişli tavsiyalar berildi. Joyida hal etiş imkoni bölgan masalalar böyiça amaliy çoralar körildi. Qöşimça örganiş talab etiladigan murojaatlar mas’ullarga yönaltirilib, ularning ijrosini ta’minlaş böyiça aniq vazifalar belgilab olindi.
Open in TelegramNamanganlik sartaroşlar xalqaro festivalda yuksak natijalarga erişdi Qozoğiston Respublikasida 46 ta davlat vakillari iştirokida xalqaro sartaroşlar festivali bölib ötdi. Nufuzli xalqaro festivalda Özbekiston terma jamoasi tarkibida Yangi Namangan tumani vakillari - Muborak Qayumova va Akmal Baydadayev ham munosib iştirok etib, faxrli örinlarni qölga kiritişdi. Şuningdek, ular festivalning eng yuksak mukofotlaridan biri - Gran-pri sovrindorlari qatoridan joy olişdi. Uşbu natija namanganlik mutaxassislarning kasbiy mahorati, ijodiy salohiyati va xalqaro maydondagi raqobatbardoşligini yana bir bor namoyon etdi.
Open in TelegramFuqarolar murojaatlari tinglandi Yangi Namangan tumani hokimning yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlari böyiça örinbosari Islomjon Komoliddinov tomonidan navbatdagi şaxsiy qabul ötkazildi. Unda fuqarolar özlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Murojaatlar mas’ullar iştirokida körib çiqilib, ayrim masalalar böyiça zarur tuşuntirişlar berildi. Qöşimça örganiş va vaqt talab etadigan murojaatlarni hal etiş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi. Aholi murojaatlarini xolisona örganiş, mavjud muammolarni öz vaqtida bartaraf etiş hamda fuqarolar bilan oçiq muloqotni mustahkamlaşga qaratilgan işlar davom ettirilmoqda. Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati 💻 Sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺 Youtube 💡Guruh
Open in Telegram“Yil ayoli” tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi Yangi Namangan tumanida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oşiriş, ularning mehnati va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida “Yil ayoli” tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi. Unda turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar, mehnat faxriylari, yoşlar hamda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi. Tadbirda tuman hokimi örinbosari N. Mirzavalieva sözga çiqib, xotin-qizlarning jamiyat rivojidagi örni va faolligi haqida söz yuritdi hamda tanlov iştirokçilariga muvaffaqiyat tiladi. Tanlov davomida iştirokçilar belgilangan şartlar asosida öz bilim, mahorat va iqtidorlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga köra, turli nominatsiyalar böyiça ğoliblar aniqlanib, ularga taşakkurnomalar va esdalik sovğalari topşirildi. Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati 💻 Sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺 Youtube 💡Guruh
Open in Telegram