🇺🇿 RU — «Такие бизнес-центры — просто показуха»: Саида Мирзиёева раскритиковала чиновников в Сырдарьинской области. 26 ноября руководитель Администрации президента посетила регион, где ознакомилась с состоянием старых жилых домов и социальных объектов. Выяснилось, что проблемы жителей кирпичных домов, построенных в 1966 году без фундамента, а также острая нехватка всей необходимой инфраструктуры и социальных учреждений годами остаются без решения. «Правильно оценивайте ситуацию! Такие бизнес-центры — просто показуха. Посмотрите, что на самом деле происходит вокруг!» — заявила Саида Мирзиёева, подчеркнув, что власти должны уделять приоритетное внимание реальным проблемам людей, а не заниматься показными проектами.
🪄🪄🪄🪄🪄🪄🪄🪄🪄🪄🪄
🇺🇿 UZ — «Bunday biznes markazlari shunchaki ko‘zbo‘yamachilikdir»: Saida Mirziyoyeva Sirdaryo viloyatidagi amaldorlarni tanqid qildi. 26-noyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari viloyatga tashrif buyurib, eski turar joylar va ijtimoiy obyektlarning holati bilan tanishdi. Ma’lum bo‘lishicha, 1966-yilda poydevorsiz qurilgan g‘ishtli uylar aholisi duch kelayotgan ko’plab muammolar, shuningdek, zarur infratuzilma va ijtimoiy muassasalar yetishmasligi bir necha yillar davomida hal etilmay kelmoqda. «Vaziyatga to‘g‘ri baho bering! Bunday biznes markazlari shunchaki ko‘zbo‘yamachilik. Atrofda aslida nimalar bo‘layotganiga qarang!» — dedi Saida Mirziyoyeva. U amaldorlar dabdabali va ko‘z-ko‘z qilish uchun mo‘ljallangan loyihalarga emas, balki aholining haqiqiy muammolarini hal etish va turmush sharoitini yaxshilashga ustuvor ahamiyat qaratishi kerakligini alohida ta’kidladi.
❤️ Подписывайтесь @ya_uzb