YANGI KATTA VIDEO ÇIQDI⤵️ https://youtu.be/ttxsnGD_upg?si=8n1FA48pWl2jz7NJ Kleopatra: Qadimgi Misrning oxirgi malikasi U aslida misrlik bölmaganini, töqqizga yaqin tilni bilganini, 21 yil davomida Misrni boşqarganini va Rim bilan teng şaroitda siyosiy kuraş olib borganini bilarmidingiz? 🫡Barça savollarga javobni uşbu videodan olasiz Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramPosts of Xuddi Shunday
Tipratikanlar yaxşi suzişini bilarmidingiz? Suvni unçalik xuş kōrmasa-da, ular kiçik suv havzalarini bemalol suzib ōta oladi. Çunki tipratikanning tanasi suvda qalqib turişga moslaşgan, ignalari esa ōziga deyarli suv şimmaydi va hōl bōlganda ham oğirlaşmaydi. Suziş paytida u tumşuğini instinktiv ravişda suvdan yuqorida tutib, tōrtala oyoği bilan faol harakatlanadi. Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramAQShning Kentukki ştatida ördaklar oilasining qiziqarli lahzalari tasvirga olindi. Kichkina ördakçalar töğon ustidan oqayotgan suvda xuddi akvaparkdagi suvli tepalikdan sirpanayotgandek öynashmoqda. Ona ördak esa bolalarini kuzatib, ularning xavfsizligini nazorat qilmoqda. Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramArabiston çōllarida fotograf juda noodatiy manzarani suratga oldi: arab şoxli ilonining şoxiga mittigina qōngizça mahkam yopişib olgan. Çōlning xavfli muhitida ham tabiatning şunday kutilmagan va yoqimli lahzalariga duç keliş mumkin. Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramKGB haqida töliq video çiqazdik⤵️ https://youtu.be/phQbPYvFfho KGB — Sovet Ittifoqining eng qudratli va eng sirli maxfiy xizmatlaridan biri. U dunyoning turli mamlakatlarida josuslar tarmoğini yaratdi, xorijiy razvedkalarga öz agentlarini joylaştirdi, maxfiy texnologiyalarni qölga kiritdi va hatto Kreml içidagi siyosiy kuraşlarga ham ta’sir ötkazdi Ammo bu ulkan tizim qanday paydo bölgan? ÇKdan boşlangan maxfiy xizmat qanday qilib KGBga aylandi? Uning eng maşhur josuslari kimlar edi? KGB atom bombasi sirlarini qanday qölga kiritdi? Britaniya razvedkasining yuqori lavozimlariga qanday qilib sovet agentlari kirib bordi? Va bu tashkilot Özbekistondagi maşhur «Paxta işi»da qanday rol öynadi? Bugungi sonda KGB tarixini boşidan oxirigaça körib çiqamiz: «Qizil terror» davridan Stalin qatağonlarigaça hamda sovuq uruşdagi josuslik operatsiyalaridan 1991-yilgi Sovet Ittifoqi parçalanişigaça Xuddi shunday ☑️
Open in Telegram❗️YANGI VIDEO SIZNI KUTMOQDA ⤵️ https://youtu.be/RDUTpdpHPqA 1920-yil. Qadimiy Buxoro qamal ostida. Qizil Armiya şaharni ŏqqa tutmoqda, osmonda harbiy samolyotlar aylanmoqda. Buxoroning sŏnggi amiri Sayyid Mir Muhammad Olimxon esa ona yurtini tark etishga majbur bŏladi Bir vaqtlar qudratli bŏlgan Buxoro amirligi qanday qilib qulab tuşdi? Nega Amir Olimxon jadidlar bilan kelişa olmadi? Rossiya imperiyasi qulaganidan keyin Buxoroda qanday siyosiy kuraş boşlandi? Qizil Armiya qadimiy şaharni qanday egalladi? Bu savollarga javobni bugungi videodan bilib olasiz! Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramÖzbekistonda trillionlar aylanadigan biznes: Tender qanday işlaydi? https://youtu.be/MA9bu3yDIuQ Özbekistonda davlat har kuni milliardlab sömlik mahsulot va xizmatlarni sotib oladi. Maktab partalaridan tortib, şifoxona uskunalari, quriliş işlari va yirik loyihalargaça — bularning barçasi davlat xaridlari orqali amalga oşiriladi Ammo savol: bu buyurtmalarni kim oladi? Tenderda ğolib böliş uçun albatta taniş-biliş kerakmi? Oddiy tadbirkor ham davlat bilan işlaşi va yirik buyurtmalarni qölga kiritişi mumkinmi? Bugungi videoda Siz Özbekistondagi davlat xaridlari tizimi, tenderlar qanday işlaşi, milliardlab sömlik buyurtmalar qanday taqsimlanişi va bu jarayonlarda uçraydigan muammolar haqida batafsil bilib olasiz Şuningdek, “TenderZone” platformasi yordamida davlat va tijorat tenderlarini kuzatiş, kerakli buyurtmalarni topiş va raqobatçilarni tahlil qiliş imkoniyatlarini ham birgalikda körib ciqamiz Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramShveytsariyadagi Brusio viadugi - oddiy temiryo‘l ko‘prigi emas, balki muhandislik san’atining noyob namunasi. To‘qqizta tosh arkadan iborat bu spiral ko‘prik poyezdning balandlikni keskin o‘zgartirmasdan, asta-sekin ko‘tarilishi yoki tushishiga imkon beradi. Viaduk 1908-yil 1-iyulda, Tirano - Poschiavo temiryo‘l yo‘nalishi ishga tushirilishi bilan bir vaqtda ochilgan. Bugungi kunda u Shveytsariyaning eng o‘ziga xos temiryo‘l inshootlaridan biri hisoblanadi. Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramODISSEY HAQIDA SIZ BILMAGAN SIRLAR⤵️ https://youtu.be/5qemhfMD_pU Bugungi videoda Siz: Troya uruşi, siklop Polifem, sehrgar Kirka, Sirenalar, Penelopa va Itakaga qaytiş. Şuningdek, Odissey haqidagi afsonalar qayerdan paydo bölgani, uning tarixiy şaxs bölgan-bölmagani va nega bu hikoya 2700 yildan beri yaşab kelayotgani haqida bilib olasiz Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramSuratda o‘zini «Jodugarlar qiroli» deb e’lon qilgan ingliz okkultisti Aleks Sanders yosh shogird qizni o‘z jamoasiga qabul qilish marosimini o‘tkazayotgani aks etgan. U asos solgan oqim qoidalariga ko‘ra, bag‘ishlov marosimi chog‘ida kiyimlar yechilib, sehrli doira ichida maxsus afsunlar o‘qilgan va Sanders shogirdining ustiga yotgan holda «kuchni uzatish» marosimini bajargan. 1960-yillarda Buyuk Britaniyada janjalli marosimlari bilan mashhur bo‘lgan Sanders 1988-yil 30-aprelda o‘pka saratonidan vafot etgan. Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramXitoyning qorli tog‘lari aks etgan ushbu kadr o‘zining ertaknamo va sokin manzarasi bilan hayratga soladi. Qalin qor qoplami bilan burkangan ulkan qoyalar, qirov bosgan ignabargli daraxtlar va pastda suzib yurgan qalin tuman qatlami tabiatning betakror uyg‘unligini hosil qilgan. Xuddi shunday ☑️
Open in Telegram❗️ 9 YIL DAVOM ETGAN JINOYAT! https://youtu.be/ZqQiwIShpL8 Bugun rejadan taşqari yangi video çiqazdik. Bizning faoliyatimizda bunday video — "Birinçisi"... Jamoaning juda katta mehnati sindi. Albatta köring va tarqating! Uşbu hujjatli hikoyada 1990–2000-yillar boşidagi şov-şuvli jinoyat işi, tergov hujjatlari, guvohlarning körsatmalari va 2002-yil 26-dekabrdagi sud hukmi haqida söz boradi Aniqroği, bugungi videoda Siz: • Oleg Ryabininning ötmishi va “tabib” sifatida tanilişi; • Toşkent va Olmaliqdagi turli yillarda sodir bölgan jinoyatlar; • Tergovçilarni eski işlarni qayta körib çiqişga olib kelgan dalillar; • Jinoyat işida guvohlar va sud-tibbiy ekspertizalarining örni va “Bir kişilik sekta” tuşunçasi haqida bilib olasiz Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramY A N G I S I ⤵️ https://youtu.be/CjMq5WvvSgw?si=J7Jl5uZr_ll0tW8e Ushbu videoda Xitoy mafiyasining qorong‘i tarixiga sayohat qilamiz. Shaolin ibodatxonasi haqidagi afsonalardan boshlab, Gonkong ko‘chalarini nazorat qilgan triadalargacha, siyosatchilar bilan tuzilgan ittifoqlardan tortib, bugungi milliardlab dollarlik internet firibgarliklarigacha bo‘lgan voqealarni ko‘rib chiqamiz Bugungi videoda siz: Triadalar aslida qayerdan paydo bo‘lgani, nega ularni «triadalar» deb atashlari, Sun Yatsen va Xitoy inqilobi bilan bog‘liq kutilmagan tarix va transmilliy jinoyatlar hamda onlayn firibgarlik imperiyalari haqida bilib olasiz Xuddi shunday ☑️
Open in Telegram1924-yilda olingan ushbu suratda sirk aravasiga qo‘shilgan begemot (hippopotam) aks etgan. O‘sha davr sirklari tomoshabinlarni hayratda qoldirish uchun eng xavfli va bo‘ysunmas yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishga uringan. Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramUy mushugi hayotida birinchi marta haqiqiy ayiqni ko‘rgandagi holat aks etgan kadr. Xuddi shunday ☑️
Open in Telegram1900-yillarda Britaniya Hindistonida olingan suratda yo‘lbars ovi yakunlanganidan keyingi holat aks etgan. O‘sha davrda yo‘lbars ovi mustamlaka ma’muriyati amaldorlari, ingliz harbiylari va mahalliy maxarajalarning asosiy ko‘ngilochar mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramForwarded from Xuddi Shunday
🇨🇭Shveysariyadagi Interlaken shahridan Briensga eltuvchi suv yo‘li Brients ko‘li bo‘ylab o‘tadigan eng go‘zal manzarali marshrutlardan biridir. Bu yo‘nalishda sayohat qilganlar Shveysariya Alp tog‘lari, firuza rangli toza ko‘l suvlari va sohil bo‘yidagi ulkan Gissbax sharsharalarining betakror manzarasidan bahramand bo‘lishadi. Yo‘nalish bo‘ylab qatnaydigan tarixiy paroxodlar va zamonaviy kemalar Alp tabiatini yaqindan his qilish imkonini beradi. Xuddi shunday ☑️
Open in Telegram1920-yillarda AQSHda «quruq qonun» amal qilgan davrda federal agentlar va politsiya noqonuniy spirtli ichimliklarni musodara qilib, ommaviy ravishda yo‘q qilgan. Suratda reydlar chog‘ida qo‘lga kiritilgan yuzlab bochka va shisha viski, pivo hamda boshqa ichimliklarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar kanalizatsiyasiga yoki ko‘chalarga oqizilishi aks etgan. Ushbu taqiqqa qaramay, mamlakatda noqonuniy savdo va yerosti barlari soni keskin oshib ketgan. Xuddi shunday ☑️
Open in TelegramAQSHning Arizona shtati janubi-g‘arbida joylashgan Sedona shahri o‘zining hayratlanarli tabiiy manzaralari bilan mashhur. Shahar yorqin qizil qumtosh qoyalari bilan o‘ralgan bo‘lib, quyosh nurlari ostida bu toshlar olovrang tus oladi. O‘ziga xos geologik tuzilishi, sokin tabiati va toza havosi tufayli Sedona sayyohlar hamda tabiat ixlosmandlari eng ko‘p tashrif buyuradigan go‘zal maskanlardan biri hisoblanadi. Xuddi shunday ☑️
Open in Telegram