#antikorrupsiya Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — halollik va masʼuliyat mezoni Xorazm viloyati soliq boşqarmasida «Halollik va masʼuliyat — soliq xizmati faoliyatining asosiy mezoni» mavzusida amaliy seminar bölib ötdi. Tadbirda Soliq qömitasi Komplayens va korrupsiyaga qarşi nazorat boşqarmasi masʼullari, viloyat boşqarmasi rahbariyati, şaxsiy tarkib hamda hududiy soliq inspeksiyalari vakillari iştirok etdi. Yiğilişda korrupsiya davlat taraqqiyotiga ğov böladigan, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillariga putur yetkazib, jamiyatda işonçsizlik muhitini yuzaga keltiradigan jiddiy illat ekani alohida taʼkidlandi. Muloqot davomida korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini oliş, ularga zamin yaratuvçi omillarni bartaraf etiş hamda har bir xodimning kasbiy va şaxsiy masʼuliyatini yanada oşiriş masalalari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, bugun tizim xodimlari uçun yaratilayotgan munosib mehnat şaroitlarini qadrlaş, xizmat burçini vijdonan, halollik va sadoqat bilan ado etiş har bir soliq xizmatchisining ustuvor vazifasidir. Şu bilan birga, ayrim tarkibiy tuzilmalar faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar tahlil qilinib, xodimlar örtasida bunday illatlarga moyillikning oldini oliş borasidagi işlar tanqidiy körib çiqildi. Seminar yakunida xodimlarni ogohlikka çaqiriş va ularning huquqiy ongini oşiriş maqsadida korrupsiyaga oid jinoyatlarning salbiy oqibatlariga bağişlangan maxsus hujjatli film namoyiş etildi.
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 156 |
| 4 h | 303 |
| 7 h | 322 |
- After 1 hour156
- After 6 hours322
- Total to date322