Prezident Şavkat Mirziyoyev nabirasi Şavkatbekning “Nega doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan savoliga maktub orqali javob berdi
Davlat rahbari maktubida umri davomida el-yurt xizmatiga baxşida etişdan heç qaçon afsuslanmaganini, hayotdagi eng katta xulosalaridan biri millat dardiga darmon bölişdan köra uluğ va afzal iş yöqligini ta’kidladi.
Şuningdek, xorijiy mamlakatlarga tez-tez safar qilişidan maqsad köpmillatli xalqning tinç, farovon va tökin yaşaşini ta’minlaş, yoşlarning sifatli ta’lim olişi uçun yangi hamkorlar topiş ekanini qayd etdi.
Maktubda nabirasiga bilim oliş, barça fanlarni puxta özlaştiriş, xorijiy tillarni örganiş, ilm-fan yangiliklarini kuzatiş va har kuni yangi könikmalarni egallaş muhimligini uqtirdi.
“Şuni doimo yodda tutginki, çinakam muvaffaqiyat bu — muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqarib, ruhni çöktirmay, çidam va jasorat bilan oldinga borişdir. Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir. Şuning uçun heç qaçon yengildim dema! Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur!”
deyiladi maktubda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram