AI ChatbetaAccount

Posts of ХAVFSIZLIK 🇺🇿

newest first

#2699Video

🔥 Chilonzorda 7 kg dan ortiq kumushning noqonuniy savdosi fosh etildi  ❗️ Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida poytaxtimizning Chilonzor tumanida qimmatbaho metallarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.   Unda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi, 1973 y.t. shaxs og‘irligi 7 kg 685 gr bo‘lgan sof kumushni 156 mln so‘mga sotayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.   Tekshiruvlar davomida qo‘lga olingan fuqaro qimmatbaho metallar muomalasi bilan shug‘ullanish uchun tegishli litsenziyaga ega emasligi va noqonuniy faoliyat amalga oshirayotgani aniqlandi.   Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.   Huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda qimmatbaho metallar muomalasi sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, noqonuniy faoliyat va yashirin savdo holatlarining oldini olish borasida tezkor-profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. 🔥 Hurmatli fuqarolar, kumush yoki boshqa qimmatbaho metalllarni sotib olishda, uning kelib chiqishi va sofligini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rang. Agar hujjatlar ko‘rsatilmasa, shartnoma tuzishga shoshilmang! Darhol bu haqda DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Open in Telegram
Views12,600−61%vs avg
Forwards—
Reactions132
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
2 h6,320
5 h8,320
8 h12,600
  1. After 6 hours8,320
  2. Total to date12,600
#2698Video
Views20,000−38%vs avg
Forwards201
Reactions202
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
10 h14,243
26 h16,611
67 h20,000
  1. After 24 hours16,611
  2. Total to date20,000
#2697Photo

#DXX 🕋 “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi   🙏 Bugungi kunda fuqarolarning “Umra” ibodatini ado etishlari uchun keng imkoniyatlar berilgan. Ammo ayrim shaxslar tomonidan fuqarolarni “Umra” ziyoratiga belgilangan tartib-qoidalarga zid ravishda, noqonuniy yo‘llar bilan yuborishga urinish holatlari uchrab turibdi. Oqibatda, insonlar ziyoratga borish umidida mablag‘ to‘plab, turli va’da va bahonalar bilan sarson-sargardon bo‘lmoqda. 🔥 Bu kabi salbiy holatlarga chek qo‘yish yuzasidan DXX tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida muntazam ravishda faol tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, 1️⃣ Navoiy viloyatida o‘tkazilgan faol tadbirda Qiziltepa tumanida yashovchi, 1979 y.t. shaxs go‘yoki “Umra” ziyoratiga yuboruvchi turistik firmalardagi yaqin tanishlari orqali 2 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ushbu shaxsga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 2️⃣ Namangan shahrida yashovchi, 1981 y.t. shaxs ham o‘zini turistik firma vakili sifatida tanishtirib, 3 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga jami 3150 AQSH dollari talab qiladi. O‘tkazilgan faol tadbirda mazkur shaxs oldindan 1100 dollarni olgan vaqtda ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam bir necha marotaba firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan va hozirda JKning 168-moddasi 4-qismi bo‘yicha probatsiya nazorati ostida jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lgan.Hozirda unga nisbatan ham JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 3️⃣ Fuqarolarni noqonuniy “Umra” ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq yana bir faol tadbir Qo‘qon shahrida ham o‘tkazildi. Unda turistik firma rahbari “Umra” ziyoratini tashkil etishga huquqiga ega bo‘lmay turib, 2 nafar fuqaroni muqaddas ziyoratga yuborish evaziga jami 2300 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  Ushbu shaxsga nisbatan JKning 25,168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔥 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi. Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Open in Telegram
Views21,500−33%vs avg
Forwards84
Reactions151
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
12 h16,978
28 h18,879
66 h21,500
  1. After 24 hours18,879
  2. Total to date21,500
#2696Video

🔥Narkotiklarga qarshi navbatdagi tadbirlar 🔹 Yurtimizda o‘tkazilayotgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda. 1️⃣ Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyat bo‘yicha boshqarmasi, bojxona va Milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumanida yashovchi, 1987 va 1994 yillarda tug‘ilgan ikki shaxs 1 kg 950 gr “opiy”ni shartli xaridorga 36 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ushlandi. Mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi. 2️⃣ Xorazm viloyatidagi tadbirda esa avvaldan kuzatuvga olingan, 1999 yilda tug‘ilgan shaxs Urganch tumanida vaqtincha yashab turgan xonadonidan chiqqan paytda to‘xtatilgan. Ayni shu vaqtda uning yaqin tanishi bo‘lgan ayol xonadon derazasidan sellofan paketni tashqariga uloqtiradi. Voqea joyini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, paketda mazkur shaxsga tegishli jami 715 gr “gashish”, 0,92 gr “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi hamda tarkibida “pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan “PGN 300” nomli 23 dona dori vositasi borligi aniqlangan. 3️⃣ Qashqadaryo viloyatidagi «Umakay» yo‘l-patrul xizmati maskanida Surxondaryodan Toshkentga ketayotgan «Kobalt» rusumli avtomobil to‘xtatib tekshiriladi. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Denov tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan shaxsning yonidan 327 gr “opiy” va 127 gr “gashish” topilib, ular belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi. Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu moddalar muqaddam Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan. ⚖️ Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔥Hurmatli fuqarolar. Giyohvandlik vositalarining tarqatilishi bilan bog‘liq shubhali holatlarga befarq bo‘lmang. Zudlik bilan bu haqda DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Open in Telegram
Views30,943−4%vs avg
Forwards135
Reactions161
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
11 h17,264
26 h24,031
72 h30,943
  1. After 24 hours24,031
  2. Total to date30,943
#2694Videoedited
Views19,511−39%vs avg
Forwards146
Reactions698
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
11 h11,644
26 h15,823
71 h19,511
  1. After 24 hours15,823
  2. Total to date19,511
#2693Photo
Views23,758−26%vs avg
Forwards84
Reactions660
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
6 h7,614
21 h18,396
35 h21,142
  1. After 6 hours7,614
  2. After 24 hours18,396
  3. Total to date23,758
#2692Photo
Views26,256−18%vs avg
Forwards83
Reactions1,155
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
5 h14,538
19 h20,459
34 h23,192
79 h26,256
  1. After 6 hours14,538
  2. After 24 hours20,459
  3. Total to date26,256
#2691Video
Views15,584−51%vs avg
Forwards29
Reactions162
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
12 h11,003
26 h13,065
70 h15,584
  1. After 24 hours13,065
  2. Total to date15,584
#2690Photo
Views17,860−44%vs avg
Forwards91
Reactions280
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
13 h14,324
28 h15,970
72 h17,860
  1. After 24 hours15,970
  2. Total to date17,860
#2689Video

#Ogohlik 🕋 “Umra” ziyoratiga noqonuniy yuborish holatlari qayd etildi   📞 So‘nggi vaqtlarda fuqarolarning muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish, xususan, “Umra” ibodatini ado etish istagidan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, ularga turli va’dalar berish orqali pul mablag‘larini qo‘lga kiritish holatlari uchrab turibdi. Ayrim shaxslar esa belgilangan tartibda bunday faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmagan holda, o‘zlarini ishonchli xizmat ko‘rsatuvchi sifatida namoyon etib, fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilmoqda. ❗️ Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlar davomida bunday qonunbuzilish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.   1️⃣ Andijon viloyatining Asaka tumanida “Umra” ziyoratini tashkil etish huquqiga ega bo‘lmagan turfirma rahbari uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Saudiya Arabistoniga muqaddas ziyoratga yuborishni va’da qiladi. Buning evaziga u fuqarolardan 3350 AQSH dollari talab qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2️⃣ Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi hususiy o‘quv markazi rahbari, 1992 y.t. shaxs, 4 nafar fuqaroni noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga, Bekobod shahrida yashovchi 1994 y.t. fuqarodan 4 800 AQSH dollari talab qiladi.  Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbir davomida hususiy o‘quv markazi rahbarining 1995 y.t ukasi fuqarodan oldindan 2000 AQSH dollarini avans tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ayni paytda ushbu shaxslarga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.   👥 Fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish va ushbu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar takliflariga aldanib qolmaslik, safarni faqat belgilangan tartibda vakolat berilgan tashkilotlar orqali rasmiylashtirish so‘raladi. Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Open in Telegram
Views35,983+12%vs avg
Forwards234
Reactions151
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
2 h6,485
17 h18,979
31 h28,809
75 h35,983
  1. After 24 hours28,809
  2. Total to date35,983
#2688Video
Views14,742−54%vs avg
Forwards25
Reactions149
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h6,681
17 h9,290
31 h12,910
75 h14,742
  1. After 24 hours9,290
  2. Total to date14,742
#2687Photoedited
Views28,570−11%vs avg
Forwards181
Reactions168
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
11 h19,923
25 h23,541
69 h28,570
  1. After 24 hours23,541
  2. Total to date28,570
#2686Video
Views12,776−60%vs avg
Forwards22
Reactions172
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
22 h10,157
36 h10,714
79 h12,776
  1. After 24 hours10,157
  2. Total to date12,776
#2685Video

🔥 Dvigatel porsheni ichiga yashirilgan narkotiklar  ❗️ Giyohvandlik — inson salomatligi, oilalar osoyishtaligi va yoshlar kelajagiga jiddiy tahdid. Uning noqonuniy savdosidan manfaat ko‘zlayotgan shaxslar esa taqiqlangan moddalarni yashirish va mamlakat hududiga olib kirish uchun turli usullarni qo‘llamoqda.   Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Xizmatning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, bojxona va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ana shunday holat aniqlandi.   Mamlakatimizga kirish uchun "Ayritom" chegara bojxona postiga kelgan 1966-yilda tug‘ilgan Afg‘oniston fuqarosi boshqaruvidagi "Toyota" rusumli avtomobil tekshiruvdan o‘tkazilganda, uning yukxonasida dvigatel porsheni avtoextiyot qismlari ichiga xufyona yashirilgan qariyb 400 gr. "opiy" giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.   Tezkor tadbir shu bilan yakunlanmadi. Mazkur fuqaroning Termiz shahrida vaqtincha yashab turgan xonadoni ham tekshirildi. U yerda bir nechta avtomobil ehtiyot qismlari ichiga yashirilgan yana 848 gr. "opiy" hamda 551 gr. "geroin" topildi. Aniqlangan holatlar protsessual tartibda hujjatlashtirildi.   Keyingi harakatlar ushbu giyohvandlik vositalarini mamlakatimizda qabul qilib olishi kerak bo‘lgan shaxsni aniqlashga qaratildi.   Tezkor tadbirlar davomida Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs Sho‘rchi tumani hududida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.   Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28 orqali 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  🔥 Hurmatli fuqarolar. Giyohvandlik vositalarining tarqatilishi bilan bog‘liq shubhali holatlarga befarq bo‘lmang. Bunday ma’lumotlar haqida zudlik bilan DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Open in Telegram
Views19,745−38%vs avg
Forwards102
Reactions577
Comments—
#2682Photo

🔥 Aholiga ajratilgan gaz — shaxsiy manfaat vositasi emas! ❗️ Bir kunda aniqlangan 1 160 kilogramm suyultirilgan gaz 58 ta xonadonning bir oylik ehtiyojini ta’minlashi mumkin edi. Yurtimizda, ayniqsa, tabiiy gaz tarmog‘i yetib bormagan hududlarda aholini suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat tomonidan gaz va gaz ballonlari o‘z vaqtida ajratilishiga qaramay, ayrim shaxslar aholi ehtiyoji uchun yo‘naltirilgan resurslardan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishga urinmoqda. DXX, BP, IIV, FVV, «O‘zenergoinspeksiya» hamda «Hududgazta’minot» AJ xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida shunday holatlar fosh etildi. 🔥 Birgina 9-noyabr kuni o‘tkazilgan tadbirlarda 7 ta holatda ushbu mahsulot solingan 249 ta gaz balloni tijoriy narxda sotish maqsadida noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi. 🔹 Achinarlisi, aniqlangan holatlar orasida gaz ta’minoti tizimining ayrim xodimlari bilan bog‘liq qonunbuzilishlar ham bor. ▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Amudaryo tumangaz» bo‘limi suyultirilgan gaz xizmati chilangari 104 ta gaz ballonini tegishli hujjatlarsiz, yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda saqlab kelgani aniqlangan. ▪️ Surxondaryo viloyatida «Sherobodtumangaz» ta’minoti bo‘limi haydovchisi o‘z yashash xonadonida 25 ta gaz ballonini saqlagani qayd etilgan. ▪️ Toshkent viloyatida «Quyichirchiq tumangaz» bo‘limi gaz to‘ldirish shoxobchasining gaz ballon to‘ldiruvchisi tomonidan 3 ta gaz balloni saqlangani aniqlangan. Qonunbuzilishlar faqat tizim xodimlari faoliyatida kuzatilmagan. ▪️ Namangan shahrida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan shaxs keyinchalik aholiga sotish maqsadida o‘z uyida 20 ta gaz ballonini saqlagan. ▪️ Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi, 1974 va 1996-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaroning xonadonlarida jami 92 ta gaz balloni yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda saqlangani qayd etilgan. ▪️ Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan shaxs mahalla hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz idoralariga tegishli, aholi uchun ajratilgan 5 ta gaz ballonidan noqonuniy foydalangani hujjatlashtirilgan. Bu raqamlar ortida oilalarning kundalik ehtiyoji turibdi. Aholiga ajratilgan gazni noqonuniy saqlash, qimmat narxda sotishga urinish yoki boshqa maqsadlarga yo‘naltirish uning belgilangan iste’molchilarga yetib borishiga to‘sqinlik qiladi. Gaz ballonlarini xavfsizlik talablariga zid ravishda to‘plash esa yong‘in va portlash xavfini oshirib, oila a’zolari, qo‘shnilar va atrofdagi fuqarolar hayotiga tahdid tug‘diradi. Aholi uchun ajratilgan resurs o‘z manziliga yetib borishi shart. Bunga erishishda mas’ul idoralar nazorati bilan birga fuqarolarning e’tibori va daxldorligi ham muhim. 🔥Befarq bo‘lmang! Gaz ballonlarining shubhali savdosi, noqonuniy to‘planishi, xavfli sharoitda saqlanishi yoki aholiga ajratilgan gazdan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlariga guvoh bo‘lsangiz, DXX Call-markaz ning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizning o‘z vaqtida bergan xabaringiz aholi haqini himoya qilishga, qonunbuzilish va ehtimoliy fojianing oldini olishga xizmat qilishi mumkin. 🔥 Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 oktyabridan buyon respublika bo‘yicha 370 ta holatda jami 9 455 ta gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan. Ulardagi suyultirilgan gaz miqdori 102 158 kilogrammni tashkil etgan.    ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Open in Telegram
Views35,902+12%vs avg
Forwards202
Reactions665
Comments—
#2681Photo
Views28,189−12%vs avg
Forwards101
Reactions167
Comments—
#2679Photoalbum

⚠️Farg‘ona va Andijonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi   🔹Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlar davomida “Umra” ziyoratiga borish istagida bo‘lgan fuqarolarning ishonchidan foydalanib, noqonuniy ravishda pul ishlashga uringan shaxslarning qilmishlariga chek qo‘yilmoqda. Jumladan, Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasining norasmiy ishchisi tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmay turib, 2 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 2500 AQSH dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 2450 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shunga o‘xshash holat Andijon viloyatining Shahrixon tumanida qayd etildi. Xususan, noqonuniy faoliyat yuritayotgan turistik firma xodimi 4 nafar fuqaroni “Umra” amallarini bajarishlari uchun muborak safarga yuborish evaziga 4400 AQSH dollari talab qilgan. DXX Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u otasi bilan birgalikda 4300 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Open in Telegram
Views27,215−15%vs avg
Forwards105
Reactions157
Comments—
#2678Video
Views28,375−12%vs avg
Forwards273
Reactions183
Comments—
#2677Video

⚠️Hududlarda giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi   1️⃣Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar hamda Bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida internet narkodo‘konda “zakladchik” va qadoqlovchi vazifasida ishlovchi, 1996 va 1998-yillarda tug‘ilgan erkak va ayolning Guliston shahridagi ijara asosida yashagan xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada uydagi isitish moslamasi ichiga 337 gr “gashish” moddasi yashirib qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, ular ijaraga olib, ombor sifatida foydalangan boshqa manzilda esa tarqatish uchun tayyorlab qo‘yilgan, jami 65 dona kichik bo‘laklardan iborat, umumiy og‘irligi 208 gr.ni tashkil etuvchi “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. 2️⃣Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Navoiy viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida tarqatib kelgan 3 nafar shaxs Karmana tumani hududida ushlanib, ulardan 20 gr “Spays” sintetik narkotik moddasi olindi. Tezkor surishtiruv davomida mazkur shaxslar Karmana tumanidagi bir nechta “xufiya joy”larga jami 542 gr “Spays” moddasini yashirib qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu giyohvandlik vositalari ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. 3️⃣DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda parranda go‘shti mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon ishchisi jami 492 gr “opiy” moddasini kichik bo‘laklarda qadoqlab, kelgusida sotish maqsadida do‘konda saqlayotganligi fosh etildi. 4️⃣Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda To‘rtko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1972 y.t. mahalliy fuqaro ushlanib, uning yonida bo‘lgan sellofan paket xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 471 gr “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning sherigi hisoblangan – 1964 y.t., muqaddam sudlangan shaxsning avtomashinasidan 425 gr, yashash xonadonidan esa 97 ta gugurt qutisiga joylashtirilgan, umumiy og‘irligi 1 kg 175 gr.ni tashkil etuvchi “marixuana” olindi.   Hozirda barcha holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Open in Telegram
Views30,992−3%vs avg
Forwards133
Reactions1,165
Comments—
#2675Video
Views35,522+11%vs avg
Forwards90
Reactions287
Comments—
#2672Photoalbum

🔥 Noqonuniy “Umra” safarlarining oldi olindi  ❗️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12 oktyabrdagi 668-son qaroriga muvofiq, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladi. Mazkur tartib ziyoratchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmatlardan foydalanishini kafolatlashga qaratilgan.   Ammo, belgilangan tartibga qaramay, ayrim shaxslar tomonidan qonunni chetlab o‘tgan holda, “Umra” ziyoratini tashkil etishga urinish holatlari qayd etilmoqda. 🔹 Mamlakatimiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida ana shunday qonunbuzilish holatlariga chek qo‘yildi. 1️⃣ Xususan, Samarqand shahrida ichki turizm sohasida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi ishchisi tegishli litsenziya va ruxsatnomaga ega bo‘lmagan holda, 3 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborishini aytib, evaziga har biri uchun 1200 AQSH dollaridan, jami 3600 AQSH dollari talab qilgan.   DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 3600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 2️⃣ Xuddi shunday holat Guliston shahrida ham kuzatildi. Unda 1974 y.t. shaxs Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi turfirma orqali 3 nafar fuqaroni muqaddas diniy amallarni bajarish uchun Saudiya Arabistoniga noqonuniy yuborish evaziga jami 3300 AQSH dollari va 1,2 mln so‘m olgan vaqtida DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQKDning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi. ⚖️ Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Open in Telegram
Views51,675+61%vs avg
Forwards171
Reactions155
Comments—