Posts of VipAdsUz 🇺🇿
🤖 Telegram o'z AI-agentini tayyorlayapti: «Dictator» Telegram'ning macOS beta versiyasida yangi AI-agent topildi, rasmiy promo sahifasi ham ochilgan. Lekin hali ishga tushmagan: sahifada faqat «Coming soon» deb turibdi, sanasi va narxi e'lon qilinmagan. Nima qila oladi: 🎙 Istalgan ilovada ⌥ tugmasini bosib gapirasiz, matn o'zi yoziladi 💬 Telegram'dagi «AI Assistant» chatiga yozasiz yoki ovozli xabar yuborasiz, agent ishni bajarib natijani chatga qaytaradi 🧠 Modelni o'zingiz tanlaysiz: ChatGPT, Claude, Grok, OpenRouter yoki kompyuterdagi lokal model 🔒 Alohida Linux muhitida ishlaydi va shaxsiy fayllaringizga yeta olmaydi ✅ Har bir amalga ruxsatni o'zingiz berasiz. Maxfiy chatlar va login kodlari unga umuman ochilmaydi 📱 O'z botingiz orqali telefondan ham boshqarsa bo'ladi 💻 Hozircha faqat Mac uchun (Apple Silicon, macOS 14+). Nomi «dictation» (diktovka) so'zidan olingan: siz aytasiz, u yozadi 😄
Open in TelegramForwarded from VipAdsUz🇺🇿 | Avto xabar
📈 AutoXabar — 5-qism. Statistika, obuna va to‘lov E’lon yetib boryaptimi — taxmin qilish shart emas, hammasi raqamlarda: • Bosh panel — ishlayotgan akkauntlar, jami va 24 soatlik yuborishlar, 14 kunlik grafik • Statistika — yuborilganlar, xatolar, muvaffaqiyat foizi, eng faol guruhlar (7–90 kun) • Bildirishnomalar — obuna, to‘lov va profil holati 💰 Obuna: har bir akkaunt alohida — 30 kun, 5 000 so‘m 1. «Obuna va to‘lovlar» bo‘limi 2. Akkaunt kartasida «Click orqali 5 000 so‘m» 3. UzCard yoki Humo karta bilan to‘laysiz 4. Profil darhol 30 kunga PRO bo‘ladi ⏲ Muddat tugashiga 3 kun qolganda eslatma keladi. Karta saqlanmaydi — har oy o‘zingiz yangilaysiz. ⭐️ Bugunoq boshlang — 3 kun bepul ⛓ avtoxabar.vipads.uz 💬 Savollar va yordam: @vipadsuz #AutoXabar #qollanma
Open in TelegramForwarded from VipAdsUz🇺🇿 | Avto xabar
⚙ AutoXabar — 4-qism. Sozlash va ishga tushirish Juda tez-tez yuborsangiz — Telegram cheklaydi, juda kam yuborsangiz — e’lonni hech kim ko‘rmaydi. Shuning uchun 4 narsani sozlaymiz (Profillar → akkaunt): 💬 Faol xabar — shu akkaunt yuboradigan e’lon ⏲ Interval — 2 dan 30 daqiqagacha. Yangi akkauntga 10–15 daqiqa xavfsiz 🌘 Aqlli dam olish — yoqiq tursin: har soatda 3–5 daqiqa tanaffus 👥 Guruhlar — xabar faqat belgilangan guruhlarga boradi → «Saqlash» ✈️ «Ishga tushirish» — tamom! 🕔 Jurnalda har bir yuborish ko‘rinadi: vaqti, guruhi, natijasi ✅ Ban’dan himoya: • Guruhlar orasida tasodifiy pauza • Telegram cheklov qo‘ysa, tizim o‘zi kutadi • Yozish taqiqlangan guruh avtomatik o‘chiriladi 💡 Avval 1–2 guruhda sinab ko‘ring, keyin qolganlarini yoqing. ➡️ Keyingi qism: statistika va to‘lov ⛓ avtoxabar.vipads.uz 💬 Savollar: @vipadsuz #AutoXabar #qollanma
Open in TelegramForwarded from VipAdsUz🇺🇿 | Avto xabar
✍️ AutoXabar — 3-qism. Xabar (e’lon) yaratish E’lonni bir marta chiroyli qilib tayyorlaysiz — AutoXabar uni har safar aynan shu ko‘rinishda yuboradi. Kabinet → Xabarlar: 🏷 Nomi — faqat o‘zingiz uchun, guruhlarda ko‘rinmaydi 📝 Matn — 4000 belgigacha, emoji bilan; qalin, kursiv, tagi chizilgan yozuv va havola ishlaydi 🖼 Rasm — JPG, PNG, WEBP yoki GIF, 16 MB gacha ✅ «Xabarni saqlash» — tayyor 👁 «Tahrirlash» sahifasidagi «Ko‘rinishi» bo‘limida e’lon guruhda qanday chiqishini oldindan ko‘rasiz. 💡 Bilib qo‘ying: • Xohlagancha xabar saqlash mumkin • Har bir akkauntga alohida xabar biriktiriladi • Xabarni o‘chirmasdan vaqtincha nofaol qilib qo‘yish mumkin 💎 Rasm faqat PRO obunada yuboriladi. Bepul rejimda xabar ostiga xizmat havolasi qo‘shiladi. ➡️ Keyingi qism: sozlash va ishga tushirish ⛓ avtoxabar.vipads.uz 💬 Savollar: @vipadsuz #AutoXabar #qollanma
Open in TelegramForwarded from VipAdsUz🇺🇿 | Avto xabar
👤 AutoXabar — 2-qism. Telegram akkauntini ulash E’lon sizning nomingizdan — o‘z Telegram akkauntingizdan yuboriladi. Shuning uchun uni bir marta ulab qo‘yasiz. Ikki usul bor: 📸 1. QR kod — eng tez va xavfsiz • Profillar → «Profil qo‘shish» → «QR kod» • Telefonda: Telegram → Sozlamalar → Qurilmalar → «Kompyuterni ulash» • Kamerani ekrandagi QR kodga qarating — tayyor 🤙 2. Telefon raqami • Raqamni davlat kodi bilan kiriting → «Kod yuborish» • 5 xonali kod SMS bo‘lib kelmaydi — Telegram ilovasidagi rasmiy «Telegram» chatiga keladi ✅ Ulangach guruhlaringiz avtomatik yuklanadi, 3 kunlik bepul sinov boshlanadi ➕ Bitta kabinetga xohlagancha akkaunt ulash mumkin 🔒 Xohlagan payt Telegram → Qurilmalar bo‘limidan uzib qo‘yasiz ❗️ Kodni qayta-qayta so‘ramang — Telegram raqamni vaqtincha cheklaydi. Bunday paytda QR usulidan foydalaning. ➡️ Keyingi qism: e’lon yaratish ⛓ avtoxabar.vipads.uz 💬 Savollar: @vipadsuz #AutoXabar #qollanma
Open in TelegramForwarded from VipAdsUz🇺🇿 | Avto xabar
📣 AutoXabar — foydalanish qo‘llanmasi 1-qism. Tanishuv va ro‘yxatdan o‘tish E’lonni har kuni o‘nlab guruhga qo‘lda tashlab chiqish shart emas. AutoXabar uni siz a’zo bo‘lgan Telegram guruhlarga o‘zi yuborib turadi — telefoningiz o‘chiq bo‘lsa ham, kecha-yu kunduz. ⚡️ 4 qadamda ishga tushadi: 1. Ro‘yxatdan o‘tasiz 2. Telegram akkauntingizni ulaysiz 3. E’lon matnini yozasiz 4. Interval tanlab, ishga tushirasiz 💰 Narx: 1 akkaunt — 30 kun — 5 000 so‘m ⭐️ Har yangi akkauntga 3 kun bepul sinov 👤 Ro‘yxatdan o‘tish — 1 daqiqa: saytda «Boshlash» → ism, telefon raqami, parol. Kabinet darhol ochiladi. ➡️ Keyingi qism: Telegram akkauntini ulash ⛓ avtoxabar.vipads.uz 💬 Savollar: @vipadsuz #AutoXabar #qollanma
Open in Telegram📲 Telegram'da SIM-karta orqali login paydo bo'ldi SIM login — bu Google'ning Firebase Phone Number Verification (FPNV) xizmati orqali ishlaydigan, SMS kodsiz kirish usuli. U Android 13.2.1 (7-noyabr) relizida paydo bo'ldi, ixtiyoriy va faqat rasmiy Android ilovasida ishlaydi. Kodni o'qib chiqdim: FirebasePhoneNumberVerificationHelper.java va LoginActivity.java. ⚙️ Qanday ishlaydi 1. Ishga tushishi Login ekranida telefon raqam kiritish sahifasi ochilganda ilova avtomatik tekshiradi. Uchta shart bajarilishi kerak: • server konfiguratsiyasida fpnv_allowed bayrog'i yoqilgan; • ilova FPNV bilan yig'ilgan (`SUPPORTS_FPNV`); • Firebase qurilmadagi SIM'ni "qo'llab-quvvatlanadi" deb qaytargan (operator bu xizmatga ulangan bo'lishi kerak). 2. Rozilik oynasi "Log In with SIM Card" dialogi chiqadi va operator nomi, SIM slot, mamlakat, MCC/MNC, telefon raqamni ko'rsatadi. Foydalanuvchi "Continue" bosmaguncha hech narsa yuborilmaydi. 3. Serverdan so'rov Ilova auth.initFirebasePnvLogin yuboradi, server nonce va credential so'rovini qaytaradi. 4. Operator tasdig'i Ilova Android'ning Credential Manager tizimiga (Digital Credentials, OpenID4VP protokoli) murojaat qiladi. Tizim oynasi ochiladi, Google operator bilan SIM raqamini tasdiqlab, imzolangan token beradi. 5. Kirish Token auth.finishFirebasePnvLogin bilan Telegram serveriga yuboriladi. Javob uch xil bo'lishi mumkin: ✅ akkaunt bor — darhol kiradi; 🆕 akkaunt yo'q — ism-familiya so'raladi va auth.firebasePnvSignUp orqali yangi akkaunt ochiladi; 🔐 2FA yoqilgan — parol so'raladi.
Open in Telegram