200 million yevrolik suv loyihalari, 20 ming tonna elektromobil akkumulyatorlari va «toza» energiya: Veolia sayyoramiz ekologiyasini qanday o‘zgartirmoqda? 🌍♻️
Ko‘pchilik Veolia kompaniyasini Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti tizimi orqali taniydi. Aslida esa Veolia — dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida suv, energiya va chiqindilarni boshqarish sohalarida faoliyat yurituvchi ekologik transformatsiya bo‘yicha global yetakchi kompaniya hisoblanadi.
Faqat so‘nggi bir oy ichida guruh BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va ESG tamoyillari doirasida uchta yirik loyiha haqida e’lon qildi:
💧 1. Qurg‘oqchil hududlarda suv xavfsizligini ta’minlash
Noyabr oyida Veolia Yaqin Sharqdagi ikki davlat — Ummon va BAAda dengiz suvini chuchuklashtirish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 200 million yevro bo‘lgan ikkita yirik shartnomani imzoladi.
Bugungi kunda dunyodagi barcha suvni chuchuklashtirish quvvatlarining 18 foizi Veolia texnologiyalari asosida barpo etilgan. Suv resurslari tanqisligi sharoitida bu butun mintaqa uchun nihoyatda muhim yechim hisoblanadi.
🔋 2. Elektromobillar akkumulyatorlarini qayta ishlash
Elektromobillar sonining ortib borishi bilan ularning akkumulyatorlarini xavfsiz utilizatsiya qilish masalasi dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda.
Noyabr oyida Veolia Fransiyada yiliga 20 ming tonnagacha elektromobil akkumulyatorlarini qayta ishlash imkoniyatiga ega innovatsion zavodni ishga tushirdi. Zavod akkumulyatorlardan litiy, kobalt va nikel kabi metallarni ajratib olib, ularni sanoatda qayta foydalanish uchun tayyorlaydi.
🌱 3. Karbonat angidridni tutib qolish texnologiyalari
Oktabr oyi oxirida kompaniya Buyuk Britaniyada chiqindilardan energiya ishlab chiqaruvchi ilk zavod uchun CO₂gazini tozalash va tutib qolish tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ushbu texnologiya issiqxona gazlari chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
✨ Bu Toshkent uchun nima sababdan muhim?
Veolia dunyoning qaysi nuqtasida — Parij, Dubay yoki Toshkentda faoliyat yuritishidan qat’i nazar, yagona xalqaro standartlar, ilg‘or muhandislik tajribasi va resurslardan oqilona foydalanish tamoyillariga amal qiladi. Biz kelajak avlodlar uchun ekologik jihatdan barqaror va qulay shahar muhitini yaratmoqdamiz.
________
Водные проекты на 200 млн евро, 20 тысяч тонн батарей электромобилей и «чистая» энергия: как Veolia меняет экологию планеты? 🌍♻️
Многие знают компанию Veolia по системе теплоснабжения Ташкента. На самом деле Veolia — это мировой лидер экологической трансформации, работающий в более чем 50 странах в сферах управления водой, энергией и отходами.
Только за последний месяц группа объявила о трех масштабных проектах в рамках Целей устойчивого развития ООН и принципов ESG:
💧 1. Водная безопасность в засушливых регионах
В ноябре Veolia подписала два крупных контракта почти на 200 млн евро по опреснению морской воды на Ближнем Востоке (в Омане и ОАЭ). Сегодня 18% всех мировых мощностей по опреснению воды построены по технологиям Veolia — в условиях дефицита водных ресурсов это критически важное решение для всего региона.
🔋 2. Переработка аккумуляторов электромобилей
С ростом числа электромобилей вопрос безопасной утилизации батарей становится одним из главных вызовов. В ноябре Veolia запустила во Франции инновационный завод, способный перерабатывать до 20 тысяч тонн батарей электромобилей в год и извлекать из них литий, кобальт и никель для повторного использования в промышленности.
🌱 3. Технологии улавливания углекислого газа
В конце октября компания заключила контракт на поставку систем очистки и улавливания CO₂ для первого в Великобритании завода по получению энергии из отходов, что позволит существенно сократить выбросы парниковых газов.
✨ Почему это важно для Ташкента?
В какой бы точке мира ни работала Veolia — в Париже, Дубае или Ташкенте — компания опирается на единые международные стандарты, передовой инженерный опыт и бережное отношение к ресурсам. Мы создаем устойчивую городскую среду для будущих поколений.