🤍 Uzum Market’da yilning eng katta aksiyasi boshlandi! 2022-yildan beri biz O‘zbekistonda katta chegirmalar an’anasini rivojlantirib kelmoqdamiz va bugun 11.11 butun mamlakat bo‘ylab millionlab xaridorlar va minglab tadbirkorlar uchun yilning eng kutilgan voqealaridan biridir. Bu yil ham biz yana 80% gacha chegirmalar, unumli takliflarni tayyorlab qo‘ydik, bundan tashqari xaridorlarni 1000 so‘mlik tovarlar bilan maxsus to‘plam kutmoqda! Har bir bunday aksiya ortida bizning jamoalarimiz va minglab Uzum Market sotuvchilarining ulkan mehnati turadi — assortiment va maxsus takliflarni tayyorlashdan tortib logistika va buyurtmalarni butun mamlakat bo‘ylab yetkazib berishgacha. Hamkorlarimiz bilan birgalikda bunday miqyosdagi tadbirlarni tashkil etayotganimizdan faxrlanamiz! Hozircha esa — Uzum Market’da foydali xarid qiling, Uzum Tezkor’da sevimli taomlaringizga buyurtma bering va Uzum kartasi bilan yanada ko‘proq tejang 💜 🌸 🤍 Самая большая распродажа года на Uzum Market стартовала! С 2022 года мы развиваем традицию больших распродаж в Узбекистане, и сегодня 11.11 — одно из самых ожидаемых событий года для миллионов покупателей и тысяч предпринимателей по всей стране. В этом году мы снова подготовили скидки до 80%, специальные предложения и товары всего за 1 000 сумов! За каждой такой распродажей стоит огромная работа наших команд и тысяч продавцов Uzum Market — от подготовки ассортимента и специальных предложений до логистики и доставки заказов по всей стране. Гордимся тем, что вместе с нашими партнёрами создаём события такого масштаба! А пока — покупайте выгодно на Uzum Market, заказывайте любимые блюда на Uzum Tezkor и экономьте ещё больше с картой Uzum 💜
Open in TelegramPosts of Uzum
💜 Uzum Hong Kong FinTech Week 2026 tadbirida Sun’iy intellekt qo‘shimcha funksiya emas, balki mahsulotning bir qismiga aylanganda, foydalanuvchilarning raqamli xizmatlar bilan o‘zaro ta’siri qanday o‘zgaradi? Bu mavzu Hong Kong FinTech Week 2026 doirasida o‘tkazilgan "The Interface Layer: Rebuilding the Digital Channel Around AI" panel sessiyasida muhokama qilindi. Muhokamada Uzum hammuassisi va strategiya va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Nikolay Seleznyov ishtirok etdi. Moliyaviy xizmatlarda sun’iy intellektni qo‘llashning amaliy ssenariylari e’tibor markazida bo‘ldi: shaxsiylashtirish, mijozlarni qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirish, kredit skoringi va xatarlarni boshqarish. Nikolay Uzum'ning sun’iy intellektni mahsulotlar va ichki jarayonlarga joriy etish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, sun’iy intellektning raqamli ekotizimlarni rivojlantirish va uning imkoniyatlarini hisobga olgan holda dastlab ishlab chiqilgan xizmatlarni yaratish salohiyati haqida gapirdi. Hong Kong FinTech Week'da ishtirok etish biz uchun O‘zbekistonning raqamli ekotizimini rivojlantirish tajribasini xalqaro hamjamiyatga taqdim etish, global fintech bozori ishtirokchilari bilan tajriba almashish va texnologik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash imkoniyatiga aylandi. Bunday maydonlar xalqaro ekspertiza va investitsiyalarni jalb qilishga, shuningdek, O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining rivoji haqida dunyoga so‘zlab berishga xizmat qiladi. 🌸 💜 Uzum на Hong Kong FinTech Week 2026 Как меняется взаимодействие пользователей с цифровыми сервисами, когда искусственный интеллект становится не дополнительной функцией, а частью продукта? Эту тему обсудили на панельной сессии "The Interface Layer: Rebuilding the Digital Channel Around AI" в рамках Hong Kong FinTech Week 2026. В дискуссии принял участие Николай Селезнёв, сооснователь и директор по стратегии и развитию бизнеса Uzum. В центре внимания были практические сценарии применения AI в финансовых сервисах: персонализация, развитие клиентской поддержки, кредитный скоринг и управление рисками. Николай поделился опытом Uzum по внедрению AI в продукты и внутренние процессы, а также рассказал о потенциале искусственного интеллекта для развития цифровых экосистем и создании сервисов, изначально спроектированных с учетом его возможностей. Участие в Hong Kong FinTech Week уже стало для нас возможностью не первый раз представить опыт развития цифровой экосистемы Узбекистана международному сообществу, обменяться практиками с участниками глобального финтех-рынка и укрепить связи с технологическими партнерами. Такие площадки помогают привлекать международную экспертизу и инвестиции, а также рассказывать о развитии цифровой экономики Узбекистана.
Open in Telegram🚀 O‘zbekistonda ilk bor CanSat 2026 xalqaro musobaqasining finali — loyihaning eng qiziqarli bosqichi bo‘lib o‘tdi! Toshkent viloyatidagi "Yangi Hayot" aerodromida yosh muhandislar o‘zlari yaratgan kichik sun’iy yo‘ldosh modellarini osmonga uchirishdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini loyihalashtirishdi, dasturlashdi, yig‘ishdi va sinovdan o‘tkazishdi. Bugun jamoalar o‘z ish natijalarini namoyish etishdi. Toshkent davlat transport universiteti jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz va kelgusi loyihalarida omad tilaymiz! 💜️️️️️️ Ishonchimiz komilki, O‘zbekiston ilm-fani va texnologiyalarining kelajagi aynan shunday iste’dodli va ishtiyoqli yo‘shlar qo‘lida. Biz esa ushbu kelajakni yaqinlashtirishga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan va ularning bir qismi bo‘lishdan mamnunmiz. Ishga tushirish jarayoni qanday kechganini videoda ko‘rishingiz mumkin. 🌸 🚀 В Узбекистане впервые прошёл финал международного соревнования CanSat 2026 — самый захватывающих этап проекта! На аэродроме «Янги Хаёт» в Ташкентской области юные инженеры запустили в небо разработанные ими модели малых спутников. На протяжении соревнования участники проектировали, программировали, собирали и испытывали свои разработки. Сегодня команды продемонстрировали результаты своей работы. Поздравляем команду Ташкентского государственного транспортного университета с победой и желаем удачи в будущих проектах! 💜️️️️️️ Мы верим, что за такими талантливыми и увлечёнными ребятами — будущее науки и технологий Узбекистана. И рады поддерживать и быть частью проектов, которые помогают этому будущему становиться ближе. А как прошли запуски — смотрите на видео.
Open in Telegram🤍 Uzum Market yana ishlamoqda Jamoamiz texnik nosozlikni bartaraf etdi. Uzum Market’ning barcha servislari odatdagidek ishlamoqda. Buyurtmalarni sayt va ilova orqali rasmiylashtirish mumkin. Sotuvchilarning shaxsiy kabineti ham ishlamoqda. Xaridorlar uchun buyurtmalarni topshirish punktlaridan olib ketish muddati uzaytirildi. Sotuvchilar esa bugungi yuk xatlari asosida tovarlarni ertaga va indinga omborga topshirishlari mumkin. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va sabr-toqatingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz! 🌸 🤍Uzum Market снова доступен Команда устранила сбой, все сервисы Uzum Market работают в штатном режиме. Можно оформлять заказы на сайте и в приложении, личный кабинет продавца также доступен. Для покупателей продлили сроки получения заказов в пунктах выдачи. Продавцы смогут отгрузить товары на склад по сегодняшним накладным завтра и послезавтра. Приносим извинения за временные неудобства и спасибо за терпение!
Open in TelegramBugun Uzum Market servislari texnik nosozlik tufayli vaqtincha ishlamayapti. Jamoa allaqachon tiklash ustida ishlamoqda. Buyurtmalarni topshirish punktlarida saqlash muddatlarini uzaytirdik va siz ularni keyinroq olib ketishingiz mumkin bo‘ladi. Sotuvchilar uchun omborga tovar yetkazib berish taymslotlari ham jarimasiz boshqa vaqtga ko‘chiriladi. Xaridorlar va sotuvchilardan uzr so‘raymiz. Servislarning tiklanishi haqida xabar berib boramiz. 🌸 Сегодня сервисы Uzum Market временно недоступны из-за технического сбоя. Команда уже работает над восстановлением. Мы уже продлили сроки хранения заказов в пунктах выдачи, чтобы вы могли забрать их позже. Таймслоты поставок товаров на склад для продавцов также перенесем без штрафов. Приносим извинения покупателям и продавцам. Будем сообщать о ходе работ.
Open in TelegramUzum — TTP Corporate Excellence Awards 2026 tanlovining birdaniga ikkita nominatsiyasi g‘olibi 🏆 To‘lov sohasida ikkita mukofotni qo‘lga kiritdik — "Eng yaxshi to‘lov strategiyasi" (Best Payments Strategy) va "To‘lov sohasida yilning eng yaxshi kompaniyasi" (Corporate of the Year in Payments). TTP Corporate Excellence Awards butun dunyo bo‘ylab kompaniyalarni haqiqiy biznes natijalari va to‘lovlar, korporativ moliyani boshqarish va savdoni moliyalashtirishni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlaydi. Bu yil mukofot uchun 200 ga yaqin ariza kelib tushdi, g‘oliblarni esa Global Advisory Panel (GAP) tarkibidagi 22 nafar ekspert mustaqil va anonim tarzda baholab tanladi. Har bir ariza kamida to‘rt nafar ekspert tomonidan beshta mezon — innovatsiya, ta’sir, hamkorlik, barqarorlik va kengayish bo‘yicha baholandi. Biz uchun bu elektron tijorat va fintech bir-birini qanday kuchaytirishi mumkinligini tan olishdir. Biz to‘lov xizmatlarini elektron tijorat, bo‘lib to‘lash va boshqa raqamli ssenariylar bilan uyg‘unlashtirib, naqd pulsiz to‘lovlarni yanada qulayroq va hammabop qilamiz. Bugungi kunda Uzum Bank to‘lov vositalaridan 7 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi. Biz jamoamiz erishgan natija bilan faxrlanamiz va Uzum'ning rivojlanishi xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan mamnunmiz. O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyoti va to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradigan yechimlarni yaratishda davom etamiz. 🌸 Uzum — победитель сразу в двух номинациях TTP Corporate Excellence Awards 2026 🏆 Забрали две награды в сфере платежей — «Лучшая платежная стратегия» (Best Payments Strategy) и «Компания года в сфере платежей» (Corporate of the Year in Payments). TTP Corporate Excellence Awards отмечает компании со всего мира за реальные бизнес-результаты и вклад в развитие платежей, управления корпоративными финансами и торгового финансирования. В этом году на премию поступило около 200 заявок, а победителей выбирали 22 эксперта Global Advisory Panel (GAP) в ходе независимого анонимного судейства. Каждую заявку оценивали минимум четыре эксперта по пяти критериям — инновации, влияние, сотрудничество, устойчивость и масштабируемость. Для нас это признание того, как e-commerce и финтех могут усиливать друг друга. Мы интегрируем платежные сервисы с электронной торговлей, рассрочкой и другими цифровыми сценариями, делая безналичные платежи доступнее и удобнее. Сегодня платежными инструментами Uzum Bank пользуются более 7 млн пользователей. Мы гордимся результатом нашей команды и рады, что развитие Uzum получает международное признание. Будем и дальше создавать решения, которые помогают развивать цифровую экономику и платежную инфраструктуру Узбекистана.
Open in Telegram💜 Uzum Market ishlamoqda Uzum Market sayti va ilovasi, shuningdek, sotuvchining shaxsiy kabineti ishlamoqda, buyurtmani odatdagidek rasmiylashtirish mumkin. Ombor buyurtmalarni yig‘moqda, mamlakat bo‘ylab topshirish punktlari odatdagi rejimda ishlamoqda. Buyurtmalarning topshirish punktlarida saqlanish muddatlari uzaytirildi. E’lon qilingan barcha kompensatsiyalar o‘z kuchida qoladi. Nosozlik sababli buyurtmalarini olib keta olmagan xaridorlarga bir hafta ichida keyingi buyurtma uchun promokodlar yuboramiz. Sotuvchilar uchun logistika va saqlash oktabr oxirigacha bepul bo‘ladi, franshiza asosidagi topshirish punktlari egalariga esa olinmagan foydalari qoplab beriladi. Hozircha ayrim funksiyalar ishida xatoliklar uchrashi mumkin, dasturlash jamoasi barcha mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish uchun yangilangan infratuzilmani sinovdan o‘tkazishda davom etmoqda. Sabringiz va tushunganingiz uchun rahmat! 🌸 💜 Uzum Market работает Сайт и приложение Uzum Market, а также личный кабинет продавца уже доступны, оформить заказ можно в обычном режиме. Склад собирает заказы, пункты выдачи по всей стране работают в обычном режиме. Сроки хранения заказов в пунктах выдачи продлены. Все объявленные компенсации остаются в силе. Покупателям, которые не смогли забрать заказы из-за сбоя, в течение недели отправим промокоды на следующий заказ, для продавцов логистика и хранение будут бесплатными до конца октября, а владельцы пунктов выдачи по франшизе получат возмещение недополученной прибыли. Пока в работе отдельных функций могут появляться ошибки, команда разработки продолжает тестировать обновленную инфраструктуру, чтобы устранить все возможные неполадки. Спасибо за терпение и понимание!
Open in TelegramUzum Market o‘z faoliyatini tiklamoqda Marketpleys texnik nosozlikdan so‘ng ishini tiklamoqda. Ombor buyurtmalarni allaqachon yig‘moqda va yaqin vaqt ichida 8 va 9-oktabrdagi yuk xatlari bo‘yicha tovarlarni qabul qilishni boshlaydi. Mamlakat bo‘ylab topshirish punktlari odatdagidek ishlamoqda: xaridorlar buyurtmani SMS’dagi raqamni yoki buyurtma kimning nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning ismini aytib olishlari mumkin. Sotuvchilar esa bu xizmat mavjud bo‘lgan punktlarda tovarlarni omborga yetkazish uchun topshirishlari mumkin. Buyurtmalarni topshirish punktlarida saqlash muddatlari uzaytirildi. Sayt, ilova va sotuvchilarning shaxsiy kabineti ishi tiklangani haqida qo‘shimcha xabar beramiz. Kecha yuqori mavsum oldidan yangi infratuzilmani sinash chog‘ida platforma ishiga ta’sir ko‘rsatgan texnik nosozlik yuz berdi. Shu bilan birga, marketpleysning barcha foydalanuvchilari va hamkorlarining ma’lumotlari ishonchli himoyalangan: ular kiberxavfsizlik talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq saqlanadi va qayta ishlanadi. Platforma barqarorligi hamkorlarimiz faoliyatiga bevosita ta’sir qilishini tushunamiz. Uzum Market franshiza asosida ishlayotgan topshirish punktlari egalariga olinmagan foydani qoplab beradi, sotuvchilar uchun esa logistika va tovarlarni saqlash oktabr oxirigacha bepul bo‘ladi. Nosozlik tufayli buyurtmalarini ola olmagan foydalanuvchilarimiz Uzum Market’dagi keyingi xaridlari uchun promokodlar oladi. Xaridorlar va sotuvchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Sabringiz uchun rahmat 💜 🌸 Uzum Market восстанавливает работу Маркетплейс возвращается к работе после технического сбоя. Склад уже собирает заказы и в ближайшее время начнет принимать товары по накладным за 8 и 9 октября. Пункты выдачи по всей стране работают в обычном режиме: покупатели могут получить заказы, назвав его номер из смс или имя того, на кого был оформлен заказ, а продавцы — сдать товары для доставки на склад в пунктах, где доступен этот сервис. Сроки хранения заказов в пунктах выдачи продлены. Мы дополнительно сообщим о восстановлении работы сайта, приложения и личного кабинета продавцов. Вчера в ходе тестирования новой инфраструктуры перед высоким сезоном произошёл технический сбой, который повлиял на работу платформы. При этом все данные пользователей и партнёров маркетплейса надёжно защищены: они хранятся и обрабатываются в соответствии с требованиями кибербезопасности и законодательства Республики Узбекистан. Мы понимаем, что стабильность платформы напрямую влияет на наших партнёров. Uzum Market компенсирует владельцам пунктов выдачи, работающих по франшизе, недополученную прибыль, а для продавцов логистика и хранение товаров будут бесплатными до конца октября. Наши пользователи, которые не смогли забрать заказы из-за сбоя, получат промокоды на следующую покупку на Uzum Market. Приносим извинения покупателям и продавцам за неудобства. Спасибо за терпение 💜
Open in Telegram💜 YeOTB Uzum'ni moliyalashtirishni $100 milliongacha oshirmoqda Biz Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirmoqdamiz: Uzum'ni moliyalashtirish hajmi $70 milliondan $100 milliongacha oshirildi. Biz YeOTB bilan 2026-yil may oyida $70 millionrlik dastlabki shartnomani imzolagan edik. Bu bankning mamlakat YeOTBga a’zo bo‘lganidan keyin O‘zbekistonga kiritgan birinchi sarmoyasi bo‘ldi. Qo‘shimcha mablag‘larni fintech yo‘nalishini rivojlantirish va butun mamlakat bo‘ylab aholi hamda kichik va o‘rta biznes uchun raqamli moliyaviy xizmatlarni kengaytirishga yo‘naltiramiz. Bugungi kunda Uzum Market'dagi buyurtmalarning 50% dan ortig‘i ekotizimning o‘z moliyaviy xizmatlari orqali to‘lanmoqda. 2026-yilda ham Uzum Bank bank kartalarini chiqarishning o‘sishi bo‘yicha yetakchiga aylandi. Biz uchun hamkorlikni kengaytirish milliy miqyosdagi raqamli va fintech infratuzilmasini rivojlantirishni davom ettirish va moliyaviy xizmatlarni O‘zbekistonning millionlab aholisi uchun yanada qulayroq qilish imkoniyatidir. 🌸 💜 ЕАБР увеличивает финансирование Uzum до $100 млн Мы расширяем сотрудничество с Евразийским банком развития: объем финансирования Uzum увеличен с $70 млн до $100 млн. Первоначальное соглашение на $70 млн мы подписали с ЕАБР в мае 2026 года. Это стало первой инвестицией банка в Узбекистане после присоединения страны к ЕАБР. Дополнительное финансирование направим на развитие нашего финтех-направления и масштабирование цифровых финансовых сервисов для жителей и малого и среднего бизнеса по всей стране. Сегодня более 50% заказов на Uzum Market оплачивается с помощью собственных финансовых сервисов экосистемы. В 2026 году Uzum Bank также стал лидером по росту выдачи банковских карт. Для нас расширение партнерства — это возможность продолжать развивать цифровую и финтех-инфраструктуру национального масштаба и делать финансовые сервисы доступнее для миллионов жителей Узбекистана.
Open in Telegram🎉 O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! Bugun biz boshqalarga o‘rganish, rivojlanish va kasbda ilk qadamlarni qo‘yishda yordam berayotganlarni tabriklaymiz: maktab o‘qituvchilari, domlalar, murabbiylar va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashayotgan hamkasblar. Uzumda biz jamoa ichida ham, undan tashqarida ham ta’lim va rivojlanishga alohida e’tibor qaratamiz. Hozirda kompaniyada 160 dan ortiq stajyor bor va har birining ortida o‘rganishni osonlashtiradigan, yangi narsalarni tushuntirib beradigan, savollarga javob beradigan va muvaffaqiyatsizlikka uchraganda qo‘llab-quvvatlaydigan ustoz turadi. Ta’lim loyihalarimiz ham kengayib bormoqda: lektoriylarimizda allaqachon 1000 dan ortiq tinglovchi ishtirok etgan, hozirda esa 800 dan ortiq foydalanuvchi Uzum University kurslarida tahsil olmoqda. Dastur bitiruvchilaridan ba’zilari allaqachon oldinga siljigan, ba’zilari jamoamizga qo‘shilgan va biz bilan birga o‘sishda davom etmoqda. Bundan tashqari, "Yangi O‘zbekiston" universiteti bilan birgalikda "Asoschilar maktabi" dasturini ishga tushirdik. U 300 dan ortiq talabalarni birlashtirdi, ular 16 hafta davomida tadbirkorlar, amaliyotchilar va akademik tajribali mutaxassislardan ta’lim oladilar. Turli kurslarda dars berayotgan, mentorlik va murabbiylik dasturlarida ishtirok etayotgan hamkasblarga alohida rahmat. Siz o‘z yo‘lini endi boshlayotganlarga bilim berishga vaqt topasiz va ularga ishonch bilan oldinga intilishga yordam berasiz. Bayramingiz bilan!💜 🌸 🎉С Днём учителя и наставника! Сегодня поздравляем тех, кто помогает другим учиться, развиваться и делать первые шаги в профессии: школьных учителей, преподавателей, наставников и коллег, которые делятся своим опытом. В Uzum мы уделяем особое внимание обучению и развитию — как внутри команды, так и за её пределами. Сейчас в компании более 160 стажёров, и за каждым стоит наставник, который помогает освоиться, объясняет новое, отвечает на вопросы и поддерживает, когда что-то не получается с первого раза. Наши образовательные проекты тоже растут: в лекториях уже поучаствовали более 1 000 слушателей, а курсы Uzum University сейчас проходят более 800 пользователей. Кто-то из выпускников программ уже пошёл дальше, кто-то присоединился к нашей команде и продолжает расти вместе с нами. Кроме того, вместе с университетом «Новый Узбекистан» мы запустили программу «Школа основателей». Она объединила более 300 студентов, которые в течение 16 недель будут учиться у предпринимателей, практиков и академических экспертов, работать над собственными проектами и решать реальные бизнес-задачи. Отдельное спасибо коллегам, которые преподают на различных курсах, участвуют в менторских и наставнических программах. Вы находите время передавать знания тем, кто только начинает свой путь, и помогаете им увереннее двигаться дальше. С праздником!💜
Open in Telegram📈 Fitch Uzum reytingini barqaror prognoz bilan "B+" darajasiga ko‘tardi Uzum uchun yana bir muhim baho: Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi ekotizimning uzoq muddatli reytingini barqaror prognoz bilan "B" dan "B+" ga ko‘tardi. Yangi hisobotda agentlik Uzum'ning elektron tijorat, to‘lov va bank yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘sib borayotgan sinergiyani ta’kidlaydi. Servislar integratsiyasi ekotizimning biznes profilini mustahkamlaydi va barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlarni saqlab qolishga yordam beradi. Marketpleys, to‘lov va raqamli bank mahsulotlarining uyg‘unligi Uzum'ga yangi mijozlarni jalb qilish va moliyaviy servislardan foydalanishni kengaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, bozor salohiyati sezilarli bo‘lib qolmoqda: Fitch Uzum daromadli o‘sishni davom ettirishini va O‘zbekistonning elektron tijorat va fintech bozorlarida o‘z mavqeini mustahkamlashini kutmoqda. 🌸 📈 Fitch повысило рейтинг Uzum до «B+» со стабильным прогнозом Еще одна важная оценка для Uzum: международное рейтинговое агентство Fitch Ratings повысило долгосрочный рейтинг экосистемы с «B» до «B+» со стабильным прогнозом. В новом отчете агентство выделяет растущую синергию между e-commerce, платежным и банковским направлениями Uzum. Интеграция сервисов укрепляет бизнес-профиль экосистемы и помогает сохранять устойчивые финансовые показатели. Сочетание маркетплейса, платежных и цифровых банковских продуктов позволяет Uzum привлекать новых клиентов и расширять использование финансовых сервисов. При этом потенциал рынка остается значительным: Fitch ожидает, что Uzum продолжит прибыльный рост и будет укреплять свои позиции на рынках e-commerce и финтеха Узбекистана.
Open in Telegram⚡️ 600 milliard so‘mlik obligatsiyalarning beshinchi chiqarilishini joylashtirdik va 50 million dollarlik debyut valyuta chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdik Biz "Toshkent" Respublika fond birjasida korporativ obligatsiyalarning beshinchi chiqarilishini joylashtirishni muvaffaqiyatli yakunladik, chiqarish hajmi 18% kupon daromadliligi bilan 600 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bundan tashqari, barcha hajmning qariyb 60%i norezidentlardan jalb qilingan — bu mamlakat raqamli iqtisodiyotining o‘sishi uchun ishlayotgan xorijiy kapital. Bir yarim yildan kamroq vaqt ichida Uzum obligatsiyalari mamlakat korporativ qarz bozorining asosiy ko‘rsatkichlaridan biriga aylandi, biz esa mamlakatdagi eng yirik xususiy korporativ emitentga aylandik. Beshta emissiya natijasida mahalliy fond bozorida umumiy qiymati 2,1 trln so‘mlik obligatsiyalarni joylashtirdik. Shu bilan birga, yana bir muhim qadam tashlamoqdamiz: 15-sentyabr kuni ILMA bizning 8,5% stavkali 50 million dollarlik birinchi valyuta emissiyamizni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Biz mamlakatda "regulyator qumdoni" doirasida valyuta obligatsiyalarini chiqargan birinchi kompaniyalardan biri bo‘ldik. Anderrayter sifatida Alkes ishtirok etdi. Jalb qilingan mablag‘larni Uzum fintech servislarini rivojlantirish, yangi mahsulotlar yaratish va raqamli iqtisodiyot o‘sishi uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani kengaytirishga yo‘naltiramiz 🚀 🌸 ⚡️ Разместили пятый выпуск облигаций на 600 млрд сумов и зарегистрировали дебютный валютный выпуск на $50 млн Мы успешно завершили размещение пятого выпуска корпоративных облигаций на Республиканской фондовой бирже «Тошкент», объем выпуска составил 600 млрд сумов с купонной доходностью 18%. Причем около 60% всего объема привлечено от нерезидентов — это иностранный капитал, который работает на рост цифровой экономики страны. Менее чем за полтора года облигации Uzum стали одним из ориентиров рынка корпоративного долга страны, а мы — крупнейшим частным корпоративным эмитентом страны. В результате пяти выпусков мы разместили на локальном фондовом рынке облигации на общую сумму 2,1 трлн сумов. Параллельно делаем еще один важный шаг: 15 сентября НАПП зарегистрировал наш первый валютный выпуск — на $50 млн со ставкой 8,5%. Мы стали одной из первых компаний в стране, выпустивших валютные облигации в рамках «регуляторной песочницы». Андеррайтером выступил Alkes. Привлеченные средства направляем на развитие финтех-сервисов Uzum, создание новых продуктов и расширение инфраструктуры, необходимой для роста цифровой экономики🚀
Open in Telegram🔥 Uzum ICTWeek Uzbekistan'da Uzum ketma-ket uchinchi yil mamlakatning asosiy texnologik tadbiri — ICTWeek'ni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Va har yili hamkasblar hamda hamkorlar bilan muhokama qilish uchun yangi mavzu va loyihalarimiz bo‘ladi. Aholisi yosh, smartfonlar keng tarqalgan va iqtisodiyoti o‘sib borayotgan mamlakatlar uchun raqamlashtirish bugungi kunda rivojlanishning eng tez va kuchli drayveridir. Davlat va IT-bozoridagi hamkasblarimiz bilan birgalikda biz raqamli yechimlarni yaratamiz va joriy etamiz, biznesga yangi ish modellariga o‘tishda yordam beramiz va zamonaviy xizmatlarni yanada qulayroq qilamiz. Raqamlashtirish shunchaki sohaviy mavzu bo‘lishdan to‘xtab, global kun tartibining eng muhim qismiga aylandi. ICTWeek biz uchun — texnologiyalar hamjamiyati, davlat va biznes keyingi qadam qanday bo‘lishini birgalikda muhokama qiladigan maydondir. Bu yil ham Uzum ICTWeek hamkori sifatida ishtirok etmoqda. Biznes dasturida quyidagilar ishtirok etadi: 🟣 Djasur Djumayev — Uzum ekotizimining asoschisi va CEO 🟣 Nikolay Seleznyov — Uzum kompaniyasining hammuassisi, strategiya va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor 🟣 Kevin Xanda — Uzum CTO & CPO 🟣 Ruslan Namazov — Uzum E-commerce CTO & CPO ICTWeek Uzbekistan 2026'da ko‘rishguncha! 🌸 🔥 Uzum на ICTWeek Uzbekistan Третий год подряд Uzum поддерживает ICTWeek — главное технологическое событие страны. И каждый год у нас есть новые темы и проекты, чтобы обсудить их с коллегами и партнерами. Для стран с молодым населением, высоким проникновением смартфонов и растущей экономикой цифровизация сегодня — самый быстрый и мощный драйвер развития. Вместе с государством и коллегами по ИТ-рынку мы создаем и внедряем цифровые решения, помогаем бизнесу переходить на новые модели работы и делаем современные сервисы доступнее. Цифровизация перестала быть отраслевой темой и стала важнейшей частью глобальной повестки. ICTWeek для нас — это площадка, где технологическое сообщество, государство и бизнес вместе обсуждают, каким будет следующий шаг. В этом году Uzum вновь выступает партнером ICTWeek. В деловой программе примут участие: 🟣 Джасур Джумаев — CEO и основатель Uzum 🟣 Николай Селезнёв — сооснователь, директор по стратегии и развитию бизнеса, Uzum 🟣 Кевин Ханда — CTO & CPO, Uzum 🟣 Руслан Намазов — CTO & CPO, Uzum E-commerce До встречи на ICTWeek Uzbekistan 2026!
Open in Telegram