🏆 “OLTIN KUZ” IJODKOR YOSHLAR FORUMI ISHTIROKCHILARI TAQDIRLANDI! O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetining 4-bosqich O‘T 23/09-guruh talabasi Tursunqulova Sabina hamda FRUS 25/03-guruh talabasi Ma’rufjonova Fotima O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 4–5-noyabr kunlari tashkil etilgan “Oltin kuz” iqtidorli ijodkor yoshlar forumida faol ishtirok etdilar. Mazkur forum yosh iste’dodlarni birlashtirish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish, o‘zaro tajriba almashish hamda madaniyat va san’at sohasidagi bilim va mahoratlarini yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Forum davomida o‘zining faolligi, tashabbuskorligi va ijodiy yondashuvi bilan ajralib turgan fakultetimiz talabalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining TASHAKKURNOMASI bilan taqdirlandilar. Ushbu e’tirof talabalarning ijodiy izlanishlari va intilishlariga berilgan munosib baho bo‘lish bilan birga, ularni kelgusida yanada katta yutuqlarga erishishga undaydi. Fakultetimiz talabalari Sabina va Fotimani erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va zafarlar tilaymiz! Rus filologiyasi fakulteti — yoshlar iste’dodi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi!
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 170 |
| 4 h | 193 |
- After 1 hour170
- Total to date193