#bilarmidingiz 🦋 TTG VA T4 GORMONLARI NIMA? BILARMIDINGIZ?! 🩺 Qalqonsimon bez faoliyatini baholashda TTG va T4 gormonlari muhim ahamiyatga ega. 🎥 Videoni tomosha qiling va ushbu gormonlar nima ekanini, ular organizmda qanday vazifani bajarishini bilib oling! ✍️ Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati 🌍Telegram | Facebook | Instagram | mtm.uz
Open in TelegramPosts of Milliy tibbiyot markazi
#savol_bering #javob_beramiz 🚭 Zararli odatlar urologik muammolarni keltirib chiqaradimi? 🫗🥃Tamaki mahsulotlarini chekish hamda energetik ichimliklarni muntazam iste’mol qilish siydik-tanosil tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa buyrak faoliyati buzilishi, siydik yo‘llari yallig‘lanishi, jinsiy zaiflik, prostata bilan bog‘liq muammolar hamda boshqa urologik kasalliklar xavfini oshiradi. 👉Mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot olishni istaysizmi? 🏥Unda ushbu videoni tomosha qiling, savolga Milliy tibbiyot markazi endourologi, tibbiyot fanlari nomzodi Jahongir Shodmonov aniq va tushunarli javob beradi. ✍️Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati 🌍Telegram | Facebook | Instagram | mtm.uz
Open in Telegram#Anons Toshkent tibbiyotga oid yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qiladi Ertaga, 27-noyabr kuni poytaxtimizda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik Kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlash joiz, MDH tashkil etilganining 35 yilligi nishonlanayotgan 2026-yil Hamdo‘stlikda "Salomatlikni muhofaza qilish yili" deb e’lon qilingan. Joriy yil Kengashga O‘zbekiston raislik qilmoqda. Yig‘ilishda a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash vazirlari va ularning o‘rinbosarlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi mas'ullari, shuningdek, sohaning yetakchi ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir doirasida "Salomatlikni muhofaza qilish yili" doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda O‘zbekistonning Kengashga raisligi yakunlari sarhisob qilinadi. Shuningdek, Hamdo‘stlik mamlakatlarining tibbiyot sohasida erishgan yutuqlari taqdim etilib, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. BATAFSIL ———————- В Ташкенте пройдут крупные международные мероприятия в сфере здравоохранения Завтра, 27 ноября, в столице состоится 39-е заседание Совета по сотрудничеству в области здравоохранения Содружества Независимых Государств. Особую значимость предстоящему мероприятию придает то, что 2026 год, ознаменованный 35-летием образования СНГ, объявлен в Содружестве Годом охраны здоровья. Именно в этот период в Совете председательствует Узбекистан. В заседании ожидается участие министров здравоохранения и делегаций государств-участников СНГ, представителей Исполнительного комитета СНГ, Европейского регионального бюро Всемирной организации здравоохранения и ведущих экспертов. В ходе мероприятия будут подведены итоги Года охраны здоровья и председательства Узбекистана, представлены достижения стран Содружества в сфере медицины, а также определены приоритетные направления дальнейшего взаимодействия. ПОДРОБНЕЕ 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Open in Telegram🟦🟦🟦 Poytaxtimizda Parkinson kasalligi va epilepsiyani tashxislash hamda davolashga bag‘ishlangan O‘zbekiston–Germaniya ilmiy-amaliy forumi bo‘lib o‘tdi. Xo‘sh, unda ikki mamlakat shifokorlari qaysi masalalar yuzasidan fikr almashdi? Milliy tibbiyot markazida tashkil etilayotgan yangi laboratoriya qanday xizmatlarni ko‘rsatadi? SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Open in Telegram#Xalqaro_hamkorlik MDH Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik kengashi a’zolari — Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi Milliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi 🇺🇿🇹🇯 Bugun Milliy tibbiyot markaziga MDH Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik kengashi a’zolaridan iborat Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. ‼️Delegatsiyaga Tojikiston Respublikasi sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining o‘rinbosari, bosh davlat sanitariya shifokori Abdulholik Amir Amirzoda boshchilik qildi. Shuningdek, delegatsiya tarkibidan,, Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Rano Abdurahmonova, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati rahbari o‘rinbosari Navro‘z Jafarov, Respublika ilmiy onkologiya markazi direktori Akbar Murodov, Respublika endokrinologiya markazi direktori Tohir Sadulloyev hamda profilaktik tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti direktori Murodali Ro‘ziyevlar o‘rin oldi. 🤝Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sog‘liqni saqlash sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va tibbiyot yo‘nalishida aloqalarni mustahkamlashdan iborat. 📊Tashrif davomida delegatsiya a’zolarining Milliy tibbiyot markazi faoliyati, uning zamonaviy tibbiy imkoniyatlari va yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. ✍️Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati 🌍Telegram | Facebook | Instagram | mtm.uz
Open in Telegram#xalqaro_korgazma Milliy tibbiyot markazi Tashkent International Tourism Fair – 2026 xalqaro ko‘rgazmasida o‘z imkoniyatlarini namoyish etmoqda 🇺🇿 25–27-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida Tashkent International Tourism Fair – 2026 xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. ‼️Mazkur xalqaro tadbirda Milliy tibbiyot markazi jamoasi ham faol ishtirok etib, Markazning tibbiy turizm yo‘nalishidagi salohiyati, zamonaviy tibbiy xizmatlari hamda xorijiy bemorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarini namoyish etmoqda. 📊Ko‘rgazma doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tibbiy turizm sohasidagi aloqalarni kengaytirish va O‘zbekistonning tibbiyot sohasidagi imkoniyatlarini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. ✍️Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati 🌍Telegram | Facebook | Instagram | mtm.uz
Open in Telegram#Mening_Konstitutsiyam Asosiy Qonunimizning 48-moddasida “Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilangan. Xo‘sh, bu konstitutsiyaviy huquq bizga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi? SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan rolik orqali shu haqda ma’lumotga ega bo‘lsiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Open in Telegram#bilishingiz_muhim 🧠 Bosh miya o‘smalarini davolash uchun xorijga chiqish shart emas! Bugungi kunda Milliy tibbiyot markazida bosh miya o‘smalarini zamonaviy usullar asosida tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolash imkoniyati mavjud. Markazning neyroxirurgiya bo‘limida murakkab va yuqori texnologik amaliyotlar tajribali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. 👨⚕️ Agar siz yoki yaqinlaringizda bosh miya o‘smasi aniqlangan bo‘lsa, tibbiyot fanlari nomzodi, malakali neyrojarroh G‘ayrat Eshquvvatov qabuliga murojaat qiling. 🔹 Zamonaviy diagnostika; 🔹 Individual davolash rejasi; 🔹 Murakkab neyroxirurgik amaliyotlar; 🔹 Tajribali mutaxassislar va ilg‘or texnologiyalar. 💙 Sog‘lig‘ingizni ishonchli mutaxassislarga ishoning! ✍️ Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati 🌍Telegram | Facebook | Instagram | mtm.uz
Open in Telegram#bu_fakt 🖐Barmoq uchlari — miyangiz uchun tashqi dunyoni his qilish vositasi ekanini bilasizmi? ‼️Tegish, bosim va harorat haqidagi signallar nervlar orqali miyaga yetkaziladi. 🧠 🤩Qiziqarli ma’lumotlar va inson organizmining ajoyib imkoniyatlari haqida ko‘proq bilish uchun videoni oxirigacha tomosha qiling! 🎥 ✍️Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati. 🌍Telegram | Facebook | Instagram | mtm.uz
Open in Telegram