“Özbekgidroenergo” AJ va Yevroosiyo taraqqiyot banki örtasida strategik hamkorlikni kengaytiriş böyiça memorandum imzolandi Bugun, 25-noyabr kuni “Özbekgidroenergo” AJ Boşqaruv raisi Islom Abduraxmonov Yevroosiyo taraqqiyot banki (YOTB) Boşqaruvi raisi Nikolay Podguzov boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uçraşuvda “Özbekgidroenergo” AJ Boşqaruv raisi nufuzli mehmonlarni samimiy qutlab, Jamiyatning bugungi faoliyati, strategik rivojlaniş ustuvorliklari, amalga oşirilayotgan investitsiya dasturlari hamda istiqbolli rejalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, 2025-yil yakunlariga köra, Jamiyat tarkibidagi GESlarning örnatilgan quvvati 2 400 MVtni taşkil etgan. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi PQ-163-son qaroriga muvofiq, 2032-yilga qadar mazkur körsatkiçni 5 538 MVtga yetkaziş va umumiy qiymati qariyb 3,7 milliard AQŞ dollariga teng investitsiya loyihalarini amalga oşiriş belgilangan. Uşbu dastur yangi GESlar quriş, mavjud stansiyalarni modernizatsiya qiliş hamda Markaziy Osiyoda ilk yirik GTES larni barpo etişni qamrab oladi. Şundan söng tomonlar gidroenergetika sohasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etiş masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşdilar. Xususan, davlat kafolatlarisiz uzoq muddatli korporativ moliyalaştiriş, özaro boğliq loyihalarni yagona dastur asosida moliyalaştiriş, gidroenergetika uskunalarini xarid qiliş uçun savdo moliyalaştiriş mexanizmlaridan foydalaniş hamda texnik-iqtisodiy asoslarni işlab çiqiş uçun grant mablağlarini jalb etiş masalalari hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida belgilandi. Muloqot davomida Pskem GES loyihasi, Çorboğ GESni modernizatsiya qiliş, Yuqori Töpalang gidroenergetika zonasining salohiyatini özlaştiriş, GTES larni quriş va JFK-5 GES loyihalarini moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur loyihalar doirasida xorijiy davlatlarning ilğor sohaviy kompaniyalari bilan konsorsium şaklida tajriba almaşiş va eng optimal yönalişlarda hamkorlik qiliş borasidagi masalalarga ham töxtalib ötildi. YOTB vakillari öz navbatida, 2031-yilga qadar Özbekiston iqtisodiyotiga 3 milliard AQŞ dollarigaça investitsiya yönaltiriş rejalaştirilganini ta’kidlab, “Özbekgidroenergo” AJ bilan istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oşirişga qiziqiş bildirdilar. Şuningdek, Bankning moliyaviy maslahatçi, anderrayter va investor sifatida iştirok etiş imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Uçraşuv yakunida “Özbekgidroenergo” AJ va Yevroosiyo taraqqiyot banki örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat gidroenergetika sohasida uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş, ustuvor loyihalar portfelini şakllantiriş, davlat kafolatlarisiz korporativ moliyalaştiriş imkoniyatlarini işlab çiqiş hamda texnik kömak mablağlarini jalb etişda muhim asos bölib xizmat qiladi. Tomonlar memorandum doirasida amaliy hamkorlikni jadallaştiriş, ustuvor loyihalarning moliyaviy şartlarini işlab çiqiş va aniq vazifalar hamda muddatlarni qamrab olgan qöşma “Yöl xaritasi”ni tayyorlaş böyiça kelişib oldilar. “Özbekgidroenergo” AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 505 |
| 3 h | 784 |
| 4 h | 909 |
| 6 h | 999 |
- After 1 hour505
- After 6 hours999
- Total to date999








