AI ChatbetaAccount

Posts of UzDevid

newest first

#670Link preview
Views179−69%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
2 h108
4 h134
6 h142
25 h179
  1. After 1 hour108
  2. After 6 hours142
  3. After 24 hours179
  4. Total to date179
#664Photo

Bepul AI turganda, nega odamlar o'z kompyuteriga model o'rnatyapti? "Maxfiylik" va "tejamkorlik" degan javoblarni hamma biladi. Haqiqiy sabablar esa ancha qiziqroq: ⛔ "Bu savolga javob bera olmayman". Cloud AI'lar, pullik bo'lsa ham, ko'p mavzuda tormoz bosadi: zaifliklarni tahlil qilish, dori dozalari, kimyo yoki xavfsizlik tadqiqotlari. Mutaxassis uchun bu to'siq. Senzurasi olib tashlangan local model esa "bu mumkin emas" demaydi. 🔞 Uyatsiz kontent. Local hamjamiyatning katta qismi aynan shu uchun yig'ilgan: 18+ rasm-video generatsiyasi va "virtual suhbatdosh" bilan cheklovsiz yozishmalar. Cloud xizmatlar buni darrov bloklaydi, o'z kompyuteringizda esa hech kim to'xtatmaydi. 🎭 Qorong'i tomoni. Xuddi shu erkinlikdan jinoyatchilar ham foydalanadi: soxta intim rasmlar, shantaj uchun deepfake videolar, qarindosh ovozini klonlab pul so'rash. Local'da bloklanadigan akkaunt ham, log saqlanadigan server ham yo'q. Shuning uchun bugun internetdagi rasm, video va ovozga ko'r-ko'rona ishonib bo'lmaydi. 🤐 Kuzatuvchisiz gaplashish. Kimdir o'qishi mumkinligini bilgan odam o'zini o'zi senzura qiladi. Local model bilan esa hech kimga aytmaydigan narsasini so'raydi: qarzi, kasali, uyatli savoli. 📉 "Kecha zo'r edi, bugun nima bo'ldi?" Yangi model chiqishi arafasida eskisi go'yo tomi ketgandek ishlay boshlaydi, degan shubha foydalanuvchilar orasida tez-tez ko'tariladi: javoblar sayozlashadi, xatolar ko'payadi. Kompaniyalar buni rad etadi, lekin tekshirib bo'lmaydi, chunki server ularning qo'lida. Local model esa bugun qanday ishlasa, bir yildan keyin ham xuddi shunday ishlaydi. 🧭 Aqlni ijaraga olmaslik. Fikrlashingizni bitta kompaniyaga bog'lab qo'ysangiz, uning filtri va qadriyatlari bilan o'ylay boshlaysiz. Bir kuni esa narx oshadi, qoida o'zgaradi yoki xizmat shunchaki yopiladi. 📦 Qora kun zaxirasi. Ochiq modellar ertaga taqiqlanishi mumkin deb, hozirdan yuklab qo'yadiganlar bor. Internet o'chsa ham ishlaydigan shaxsiy bilim arxivi. 😅 Va eng halol sabab. Ko'pchilik uchun bularning hammasi chiroyli bahona. Tayyor servis - taksi chaqirishdek gap, local model ko'tarish esa garajda o'z mashinangni yig'ishga o'xshaydi. O'rnatganlarning ko'pi kundalik ishda baribir ChatGPT yoki Claude'ga qaytadi, lekin "bu meniki" degan hissning o'zi yoqadi. Siz nima deb o'ylaysiz?

Open in Telegram
Views272−52%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#653Text
Views1,970+245%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#651Text
Views963+69%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#649Text
Views976+71%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—