Account

Posts of O‘ZBEK FILOLOGIYASI

newest first

#4864Photo
Views203−64%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#4857Photo
Views930+65%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#4854Text

Forwarded from «akademik_til»

#Etimologiya ABUShQA Abushqa — mumtoz o‘zbek tilida qo‘llangan qadimiy so‘zlardan biri. «Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati»da u “er, qari er (xotinning eri)” ma’nolarida izohlangan. Bir yondin o‘g‘ul g‘amu shikanji, Bir yondin abushqa dardu ranji. Abushqa so‘zining tarixi juda qadimiy bo‘lib, uning ildizlari umumturk leksik qatlamga borib taqaladi. Turkologik tadqiqotlarda so‘zning qadimgi shakllaridan biri abıçğa deb qaraladi. E. V. Sevortyan va G. Klauzon kabi olimlar uning tarkibini abıç + -ğa tarzida tahlil qilganlar. Bunda abıç qismi hozircha aniq izohlanmagan, noaniq etimologik o‘zak sifatida baholanadi. Sevortyan yana abıç o‘zagi apa — “ota” so‘zining kichraytirish shakli yoki unga yaqin qadimgi birlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Biroq M. Erdal semantik asoslar nuqtayi nazaridan bunday talqinga ehtiyotkorlik bilan qaraydi. Demak, abushqa so‘zining etimologiyasi hozircha to‘liq aniqlangan deb bo‘lmaydi. Qadimgi turk tillarida bu leksema faqat “er” ma’nosidagina ishlatilmagan. U: — yoshi katta qarindosh; — keksa erkak; — er; — tutingan ona; — katta opa; — amaki va boshqa yoshi ulug‘ qarindoshlar kabi ma’nolarni ham ifodalagan. Bu holat so‘zning dastlab “yoshi katta, hurmatli kishi yoki qarindosh” kabi kengroq ma’no doirasiga ega bo‘lganini taxmin qilishga imkon beradi. So‘z turk tillarida turli fonetik ko‘rinishlarda saqlangan: Qarluq guruhi: - Qoraxoniy tili — avıçğa; - Chig‘atoy tili — avuşqa, abuşqa. Qipchoq guruhi: - Boshqird tili — абышҡа (abışqa); - Qirg‘iz tili — абышка (abışka); - Janubiy Oltoy tili — абышка (abïška). Turk tilida ham abuşka, abuş shakllari uchraydi. Qadimgi uyg‘ur yodgorliklarida bu so‘zning avïčġa shakli “qariya, keksa erkak” ma’nosida qayd etilgan. Shuningdek, qadimgi uyg‘ur yozma an’analarida 阿卜失哈 (ābǔshīhā) shakli “keksa ayol, ona” mazmunida uchraydi. So‘zning izlari Sibir hududidagi turkiy tillarda ham saqlangan: - Tofa — ашыняӄ (ašïńaq); - Tuvа — ашак (aşak) - Xakas — абысхаӌах (abısxacax), апсах (apsax); - Shor — апшый (apšïy); - Shimoliy Oltoy — апшыйак (apšïyak). Abushqa — shaklan oddiy ko‘rinsa-da, tarixiy jihatdan juda qadimiy va keng geografik tarqalishga ega bo‘lgan turkiy leksemadir. Uning turli davr va tillardagi shakllari — abıçğa → avıçğa → abuşqa → abışqa → abışka kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. So‘zning ma’no taraqqiyotida esa “yoshi katta kishi, keksa qarindosh” → “keksa erkak” → “er” kabi semantik aloqalar kuzatiladi. Shu sababli abushqa nafaqat Navoiy davri tilining, balki umumturkiy leksik qatlamning qadimiy yodgorliklaridan biri sifatida qimmatlidir. @akademik_til

Open in Telegram
Views1,420+151%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#4849Text
Views1,310+132%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#4847Text

Forwarded from «akademik_til»

#Gidronim #Toponim QO‘G‘AY GESLARI NOMI NIMANI ANGLATADI? Shu kunlarda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarida ikkita kichik GES — Qo‘g‘ay-1 va Qo‘g‘ay-2 ishga tushirildi. Bizni esa ushbu GESlar nomidagi Qo‘g‘ay komponenti qiziqtiradi. Xo‘sh, Qo‘g‘ay nima degani? Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida Qo‘g‘ay va Qo‘g‘ayo‘lmas nomli qishloqlar, shuningdek, Qo‘g‘ayariq gidronimi mavjud. Mazkur toponim va gidronimlarning shakllanishida Farg‘ona vodiysida yashab kelgan o‘zbek-qipchoq urug‘larining nomlari muhim o‘rin tutadi. Qo‘g‘ay — Farg‘ona vodiysidagi o‘zbek-qipchoq urug‘laridan birining nomi. Qo‘g‘ayo‘lmas qishlog‘i ham shu hududda yashagan o‘zbek-qipchoq urug‘laridan biri — qo‘g‘ay va o‘lmas urug‘ bo‘linmalari nomlari asosida shakllangan. O‘zbek elatining yirik etnik tarkibiy qismlaridan biri qipchoqlar bo‘lib, ular O‘zbekistonning Samarqand va Kattaqo‘rg‘on oralig‘idagi hududlarida, Amudaryoning o‘ng sohilida hamda Farg‘ona vodiysining shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy qismlarida o‘troqlashgan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysidagi qipchoqlar soni qariyb 70 ming kishini tashkil etgan. Farg‘ona qipchoqlari qo‘g‘ay, bug‘ach, kumushoy, o‘lmas, yashiq, jaydaq, puchug‘oy, elaton, bug‘az, og‘im, toz, sirmoq, yettiqashqa, qutlug‘ seid, cherik, ko‘kbo‘yin, to‘rayg‘ir, tovuldi, chang‘aroqchi, chiyal, qulon, oqbo‘yra, qarabovur, boshqird, tikan, qoratikan, sariqipchoq, qorabo‘yin kabi urug‘ va urug‘ bo‘linmalariga ajralgan. Ushbu etnonimlarning ayrimlari hududiy toponimiyada ham o‘z izini qoldirgan. Xususan, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi Qorabo‘yin, Tovul, To‘rayg‘ir, Yashiq, Qo‘g‘ay, Puchug‘oy, Elatan, Qoratikan kabi joy nomlari qipchoq urug‘-qabilalarining nomlari asosida shakllangan etnotoponimlar hisoblanadi. Shuningdek, Qo‘g‘ayariq gidronimi ham ana shunday etnik asosga ega. Mazkur ariq Qo‘g‘ay va Qo‘g‘ayo‘lmas qishloqlari hududidan oqib o‘tishi, shuningdek, qo‘g‘ay urug‘iga mansub aholi tomonidan qazilganligi bilan bog‘liq holda nomlangan bo‘lishi mumkin. Demak, Qo‘g‘ayariq gidronimining etimoni qo‘g‘aylar arig‘i otli birikmasi bilan bog‘lanadi. Uning shakllanish jarayonini shartli ravishda quyidagicha ko‘rsatish mumkin: qo‘g‘aylar arig‘i → qo‘g‘ay arig‘i → Qo‘g‘ay ariq → Qo‘g‘ayariq. Shu jihatdan Qo‘g‘ayariq — etnogidronim, ya’ni etnik guruh yoki urug‘ nomi asosida shakllangan gidronimdir. Binobarin, bugungi kunda ishga tushirilgan Qo‘g‘ay-1 va Qo‘g‘ay-2 GESlari nomida ham Farg‘ona vodiysining qadimiy etnik-lisoniy qatlamlaridan biri — o‘zbek-qipchoq urug‘larining tarixiy nomi saqlanib qolgan. Bundan tashqari: Andijon viloyati Izboskan tumanida Yangiqo‘g‘ay nomli qishloq ham mavjud. @akademik_til

Open in Telegram
Views1,090+93%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—