Qullar kuçi bilan qurilgan muhtaşam Xolçayon saroyi 🔸Ikki ming yil muqaddam şarqirab oqqan Surxonning öng qirğoğida hozirgi Xolçayon tepaliklari örnida katta şahar paydo bölgan. Şahar örtasida qullar kuçi bilan qurilgan haşamatli saroy qad kötargan. Keyinçalik saroydagi xazina öğrilar tomonidan talangan... ➡️BATAFSIL 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in TelegramPosts of THE CULTURAL LEGACY OF UZBEKISTAN
Arab udining ötmişdoşi — "Suğd barbati" 👍 Afrosiyob ilk örta asrlarda çolğuçilik madaniyatining eng yirik markazi sanalgan. "Afrosiyob sozi" yoki "suğd sozi" nomli çolğu keng tarqalgan. Lyutnyasimon bu asbob katta dumaloq asos, kalta dasta, beş va undan köp bölgan torli quloqlarga ega bölgan. ➡️BATAFSIL 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in TelegramForwarded from WOSCU
#Bilasizmi Boburiylar binolarida islom me’morçiligi an’analari ⚡️Boburiylar me’morçiligi gumbazlar, arklar, minoralar va qubbasimon tomlari bilan ajralib turadi. Agradagi aksariyat binolarning deraza va eşik peştoqlari hamda şiftlari yassi şaklda qurilgan bölsa-da, arklari islom me’morçiligining asosiy xususiyatlarini özida aks ettirgan. ➡️Arka — bu ikki inşootni birlaştiradigan va ular orasidagi sathni töldirib, butun peştoqning vaznini kötarib turadigan tarkibiy unsurdir. ➡️Arkli gumbaz — yoğoç va bambukdan yasalgan sinç bölib, uning içki tarafi ma’lum vaqt ğişt qatlami bilan töldiriladi. Uşbu sinç ustidan ponasimon ğiştlar teriladi va to arka töliq tayyor bölib, özini tutib qolmagunça saqlanib turadi. 🚀 Telegram 😎Youtube
Open in TelegramXitoy qoğoziga köçirilgan Qur'oni karim 👍Turk va islom san'ati muzeyi töplamida xitoy rangli qoğoziga nasx xatida köçirilgan noyob Qur'oni karim mavjud. 🖌 XV asrda Hirot va Tabriz xattotlari vaqti-vaqti bilan xitoy qoğozidan foydalangan. Uşbu qoğozni topiş qiyin bölgan. ➡️BATAFSIL 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in Telegram#Bilasizmi Xitoy seladonlariga taqlidan yasalgan Poykent sopollari 👍 Poykent kulolçilik mahsulotlarining taşrif qoğoziga aylangan dastlabki sirlangan sopol idişlar oç yaşil (ba’zan feruzaga yaqinroq) sir bilan qoplangan. Tadqiqotçilar keng tarqalgan yaşil va feruza rangda sirlangan monoxrom sopol idişlarni Xitoyning seladon mahsulotlariga taqlidan yasalgan deb izohlaşadi. Bunda idişlar gildan ança yengil – kaşinadan tayyorlangan qorişmalar bilan qoplangan. Uşbu silikatli material Eron ustalari tomonidan ixtiro qilingan. 👍 Bu xildagi sirlangan va naqşlangan sopol mahsulotlar XIII–XIV asrning ikkinçi yarmida – Movarounnahrda keng kölamda işlab çiqarildi. 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in Telegram“Özbekiston ayollari”: Hamro buvi 👍 XX asr boşlarida Özbekistonda loydan yasalgan öyinçoqlarning tengsiz ustasi kulol Hamro Rahimova edi. Grafik rassom Anatoliy Siglinsev 1976-yilda kulolning rangli linogravyurasini yaratgan. ➡️BATAFSIL 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in TelegramIlgari gazlangan içimliklarga möljallangan idişlar qanday bölgan? 👍 Samarqandning şimoli-şarqidagi xarobalardan kiçik ölçamdagi kuvaçalar topilgan. Xususan, tubi uçli ikkita toş köza, taxminlarga köra, gazlangan içimliklar uçun möljallangan. Bunday idişlar yiği közalari deb ham nom olgan. Çunki... ➡️BATAFSIL 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in TelegramSözananing ilk tarixi: Otliq çavandozlar aks etgan kaşta devor pannosi 🔸Saqlanib qolgan bölakning kompozitsiyasi hoşiya xususiyatiga ega. Mato çetlari böylab naqşinkor yöllar ötadi. Markaziy örinni ot ustida boşini egib ötirgan çavandozlar egallaydi. Tasvirlangan şaxslarning möğul jangçilari ekanligi ularning kiyimlaridan bilinadi... ➡️BATAFSIL 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in Telegram#Sana DAVLAT BAYROĞIGA 35 YIL 🇺🇿 1991-yilning 18-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilindi. Bu kun taqvimdagi nafaqat bir sana, balki milliy özlik va mustaqilligimizni eslatuvçi tarixiy çorlovdir. Bayroq tinç, farovon va öz kelajagini özi qurişga bel boğlagan xalqning yagona maqsad yölidagi birdamlik ramzidir. 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in Telegram#ajib_buyum Qanotosma — ösimliksimon, zoomorf, astral motivlarni jamlagan ayollar bosh kiyimi Xorazm. XIX asr o‘rtalari. Qalpoq balandligi – 35 cm 🔸Şarq xalqlarida quşlar baxt va farovonlik ramzi sanalgan. Vaqt ötişi bilan quşlar tasviri ramziy ahamiyat kasb eta boşlagan, unga ösimliklar şakli qöşilgan, mavhumlaşgan, biroq XIX – XX asr boşlarida yasalgan tillaqoşlarda ham markaziy qismda quşlarning qanot yozib turgan tasvirini köriş mumkin. 🔸Bunday taqinçoqlarning yuqori qismida ösimliksimon, antropomorf (odam) va zoomorf (hayvon), astral (yulduzlar, koinot) motivlarni köriş mumkin. Buning uçun xalq orasida turli yomon közlardan saqlaşiga işonilgan va ilohiylaştirilgan toşlardan (feruza, marjon) ham foydalanilgan. Xorazmning eski taqinchoqlaridan biri qanotosma deb atalishi bu fikrni isbotlaydi. 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in Telegram"Tartariya" xaritasi va Buyuk Ipak yo'li ramzlari 👍Kembrij universiteti boş kutubxonasi kolleksiyasida Yoxannes Blauning 1662-yilda tayyorlangan va naşr etilgan “Atlas Maior” yoxud Buyuk Atlasi saqlanadi. Atlas 600 ga yaqin xaritalardan tarkib topgan. Ayniqsa, “Tartariya” deb nomlangan xarita alohida e’tiborga sazovor. ➡️BATAFSIL 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in Telegram"... ular uçun asosiysi – yuzning yopiqligi”. Ayollar çaçvoni 👍 Markaziy Osiyo töqimaçilik mahsulotlariga oid naşrlarda ot yolidan töqilgan çimmatlar köpinça çaçvon yoki çaşpant va şunga öxşaş nomlar bilan ataladi. Uni ayollar uydan köçaga çiqqanda yoki begona erkaklar bölgan davraga kirganida doim yopinişgan. Çaçvon haqida daniyalik Ole Olufsen şunday yozadi: “... qora ot yolidan töqilgan katta kvadrat çaçvon (çaşmband) yuzni yopadi, u yuqori qismidan boşga kiyilgan kiçik dumaloq kallapöş (döppi)ga boğlangan. Badavlat ayollar çaçvonini ipak matodan tikilgan, peşona atrofi qismi parça mato bilan adip qilingan boş kiyimga boğlaganlar”. ➡️BATAFSIL 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in Telegram#Bilasizmi Kuyovlar bosh kiyimining haşamati — JIĞA ✏️Töy kuni özini "bir kunlik podşoh" deb bilgan kuyovning boş kiyimi JIĞAsiz bölmagan. Jiğaga bir tutam quş pati biriktirilgan. Bu köplab quşlarning (jumladan, parrandalar) muqaddas deb hisoblanganligi bilan boğliq bölgan. Rivoyatlarga köra, ular odamlarni saqlagan va himoya qilgan, ularning tasviri esa samoviy homiylikning ramzi bölib xizmat qilgan. 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in TelegramBir miniatyura: "Farhod Şirinni oti bilan birga kötarmoqda" 👍Miniatyura Rossiya Milliy kutubxonasida saqlanadigan Miniatyurali kulliyotdan joy olgan. Kulliyot XV asr oxiri — XVI asr boşlarida Hirotda köçirilgan. ... Keyinçalik, malika va Şirin bilan tanişgaç, Farhod özan qaziş işini nihoyasiga yetkazadi. Qazilgan özanga suv oçiş kuni bayram qilişadi va Şirin öz saroyiga suv qanday oqib borişini köriş uçun oti Gulgunni çoptirib ketadi. Ot şamoldek yelib ketib, söng çavandozini yiqitib yubormaslik uçun töxtaydi. Ana şunda Farhod sevgilisini oti bilan birga kötarib oladi. Tez orada ular saroyga yetib kelişadi va özan böylab oqayotgan suv hovuzga yetib kelganini körişadi. 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in TelegramGilamchilikning birinçi ilmiy tavsifi: "Markaziy Osiyo gilamlari" albomi 👍 Albom Kaspiyorti viloyati gubernatori, harbiy şarqşunos va Örta Osiyo tadqiqotçisi A.A. Bogolyubov tomonidan rus va fransuz tillarida tuzilgan. Alohida varaqlarda turli xil gilam töqiş bilan şuğullaniladigan hududlarga tegişli gilamlarning turfa xil badiiy turlari tasvirlangan. ➡️BATAFSIL 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in TelegramÖzbekistondagi eng maşhur binoning birinçi ilmiy tavsifi 👍 "Saritsino" davlat muzeyi, Moskva 👍 1895-yilning yozida Sankt-Peterburg universitetining Şarq tarixi kafedrasi professori N.I. Veselovskiy boşçiligida Samarqandda arxeologik ekspeditsiya boşlangan. Ilmiy tadqiqot uçun Göri Amir maqbarasi tanlangan. Ekspeditsiya materiallari asosida “Samarqand masjidlari. I naşr. Göri Amir” albomi çop etilgan. ➡️BATAFSIL 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in Telegram✨✨✨✨🇺🇿 ÖTGAN HAFTADA NIMALAR HAQIDA YOZDIK? 🔸Pol Nadar Özbekiston zaminida: BUXORO (3-yönalish) 🔸SAN'AT xuddi hayotdek, HAYOT xuddi san’atdek... 🔸Özbekiston hududlarida yashagan LÖLILAR 🔸Çaşma, karvonsaroy, qal'ani özida jamlagan QADIMIY ŞAHAR 🔸Nöğay karvonsaroyidagi bitik: "MEHTAR" kim? 🔸Özbek ustalarining ajoyib ijod namunasi: ÖROQSIMON piçoq 🔸"AVANGARD"çi kolleksioner va rassomni birlaştirgan qismat FOTOKARTOÇKA: 🔸Zar qöşib tikilgan kaştaçilik 🔸Riştonlik ustalarning mumtoz motivi — anorgul 😎Telegram sahifamizga obuna bo'ling
Open in TelegramRiştonlik ustalarning mumtoz motivi — anorgul 🔸Riştonliklar öz naqşlarining mavzulari va "syujetlari"ni atrofdagi tabiat olamidan, çizmalarni öz xotirasida qayta işlab, söng tasavvurlari bilan boyitgan qadimgi ustalarning asarlaridan olişgan. Köp syujetlar Riştonning mumtoz bezaklari safidan örin olgan. Ayniqsa, Rişton kulolçiligida gullagan anor butoği motivi — anorgul — hosildorlik ramzi köproq ommalaşgan. 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎Youtube
Open in Telegram