UzASBO yangiliklari
UzASBO ДМда ишлаш бўйича тезкор маълумотлар
Latest posts
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentyabrdagi PF-181-son farmonining 11-bandiga asosan UzASBO DMga lavozim boʻyicha ish haqi toʻlovlarining yuqori chegarasi (tegishli lavozim maoshining eng yuqori miqdoriga KPI uchun 25 foiz va malaka darajasi uchun ustamalar hamda oʻrtacha oylik bonus toʻlovlarini qoʻshgan holda) kiritilgandi. Bunda har bir lavozimga qancha yuqori chegara kiritilganini Boshqaruv menyusidagi Shtatlar jadvali boʻyicha tashkilot turi shakllanishi qismiga kirib, Lavozim boʻlimidagi Ish haqi chegarasi nomli soʻnggi ustundan koʻrib olish mumkin. Afsuski, baʼzi tashkilotlar cheklovni aylanib oʻtish uchun turli yoʻllarni oʻylab topibdi. Shu sababli Farmonda belgilangan tartibga amal qilish uchun dasturga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi: - Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Oylik hisobi qismiga yangi yuqori turuvchi tashkilot, yuqori tashkilot tasdiqlangan kabi ustunlar qoʻshildi. - Xuddi smeta, shtatlar jadvali kabi oylik hisobi hujjatini ham yuqori turuvchi tashkilotning masʼul xodimi tasdiqlab berishi kerak boʻladi. Buning uchun dasturning Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Tasdiqlanmagan ish haqi hisoblari qismiga kiriladi va tugmalar qatoridan tasdiqlash tugmasi bosiladi. Yaʼni tegishli oylik hujjatida 181-son Farmon talablariga zid ish qilinmagan boʻlishi kerak, buni oylik hisobi hujjatini exchel faylga pechat tugmasini bosish orqali oʻtkazib tekshirib olinadi. Bunda oylik hisobi hujjati yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlagandan soʻng qayta hisoblansa, undagi tasdiqlanganlik belgisi oʻchib ketadi. Shu sababli oylik hujjati yakuniy holatga kelib, unga qoʻshimcha oʻzgartirish kiritish shart boʻlmagandan soʻnggina yuqori turuvchi tashkilotga murojaat qilish kerak. - Soʻrovnoma hujjatini yuborishda undagi oylik hujjatlari yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanganligi tekshiriladi va tasdiqlanmagan oylik hujjatlari boʻlsa tegishli xatolik chiqib soʻrovnoma hujjatini yuborish imkoni boʻlmaydi. @uzasboyangiliklari
Open in TelegramBalans hisobotini yuborishda tashkilotga kiruvchi sanasi 2026-yil 1-iyuldan keyin boʻlgan, lot raqami boʻlgan va tashkilot SHGʻH koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturalar toʻliq kirim qilinganini yaʼni oʻsha hisobvaraq-fakturani tanlab asosiy vosita va TMZlar kirimi yoki bajarilgan ishlar dalolatnomasi hujjatlari kiritilgani tekshiriladigan qilindi. Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida mazkur cheklov balans jamlanmasini yuborishda tekshiriladi. Shu sababli hech bir kiruvchi hisobvaraq-faktura boʻyicha qoldiq qolmaganligini avval tekshirib olish kerak. Shuningdek, hisobvaraq-faktura imzo kutilmoqda (invoice.uzasbo.uz tizimida esa Novaya) statusda boʻlsa va hali gʻaznachilik organlariga yuborilmagan boʻlsa, ularni avval qabul qilish yoki bekor qilish kerak boʻladi. Agar bekor qilish muddati o'tib ketgan bo'lsa, uni qabul qilish kerak, chunki tegishli muddat ichida qaytarilmagani uchun u aslida qabul qilingan hisoblanadi va yetkazib beruvchining soliq hisobotlarida ham inobatga olingan bo'ladi. (VMning 14.08.2020 y. 489-son qaroriga 2-ilova 63-band) Haqiqiy emas (Annulirovan), Bekor qilingan (Otmeneno), Rad etilgan (Ne prinyato) statusdagi hisobvaraq-fakturalar kirim qilinganligi tekshirilmaydi. Maʼlum bir hisobvaraq-fakturalarni kirim qilishda tovar soniga narx koʻpaytirilsa hisobvaraq-fakturadagi summaga mos kelmasligi mumkin. Bunga hisobvaraq-fakturada qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi borligi ham taʼsir qiladi. Misol uchun hisobvaraq-fakturada tovar miqdori 5.9988, narxi 10267.86, QQS stavkasi 12% va summa 68986.60 soʻm boʻlsin. Yaʼni bu yerda shartnomada aslida tovar narxi 11500 so'm va uning ichida QQS summasi ham turgani uchun 12% QQSni hisobga olganda yaxlit son chiqmaydi. Shu sababli bunda bir qatorda 4.9988*11500=57486.2 va yana bitta alohida qator qoʻshib 1*11500.40=11500.40 qilib hisobvaraq-faktura summasiga chiqiladi. Gʻazna mijoz-Invoys hujjati qismidagi hisobvaraq-fakturaning statusi yoki g'azna holati bilan invoice.uzasbo.uz tizimidagi status bir xil boʻlmasa, hisobvaraq-fakturaning ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, yangilash tugmasi bosilsa, to'g'rilanib ketadi. Gʻazna mijoz-Invoys hujjati qismida hisobvaraq-fakturalar kirim qilinganligini tahlil qilish uchun bir qancha imkoniyatlar qoʻshilgan: - Tashkilot SHGʻH, ID, lot raqami, hujjat raqami, yetkazib beruvchi STIR, hisobvaraq-fakturaning roumingdagi IDsi, agar hisobvaraq-fakturaga tuzatuvchi, qoʻshimcha tuzilgan boʻlsa eski hisobvaraq-faktura IDsi va holati boʻyicha filtr qilish mumkin; - Lot raqami bor yoki yoʻqligi, qoldiq summa 0 dan katta yoki kichikligi va kirim qilinmagan hisobvaraq-fakturalarni koʻrsatadigan qilishi mumkin; - Har bir hisobvaraq-fakturaning boshida turgan + tugmasini bosish orqali u tanlangan holda qaysi hujjatlar kiritilganini koʻrish mumkin. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida esa buni quyi tashkilotlar kesimida koʻrsatadi; - Hisobvaraq-fakturalar roʻyxatida uni ochmasdan turib xulosa qilish uchun asosiy maʼlumotlar chiqarib qoʻyilgan; - Hisobvaraq-fakturaning ustiga bosib, uning pdf shaklini koʻrish, shuningdek, invoice.uzasbo.uz tizimida koʻrinmaydigan shartnomadagi tartib raqam, YENKT kodi, tovar parametrlari kabilarni ham koʻrish mumkin. @uzasboyangiliklari
Open in TelegramYuqoridagi normativ boʻyicha shu vaqtgacha ishlatib kelingan 221312-Koʻp yillik daraxtlar va oʻsimlik resurslari subschyotining nomi Hosil beruvchi oʻsimlikka oʻzgartirilgandi. Shuningdek, 221313-Dekorativ va koʻkalamzorlashtirish oʻsimliklari nomli yangi subschyot qoʻshildi. Tashkilotlarda shu vaqtgacha ishlatib kelingan 221312-subschyotdagi asosiy vositalarni 221313-subschyotga koʻchirib oʻtirmaslik uchun avtomatik tarzda 221312-subschyotdagi qoldiq 221313-subschyotga va mos ravishda ularning eskirish summasi turgan 231312-subschyotdagi qoldiq 231313-subschyotga oʻtkazildi. 105100-Davlat byudjetining xorijiy valyutadagi mablagʻlari nomli yangi subschyot qoʻshildi. Bunda ham shu vaqtgacha ishlatib kelingan 105300-subschyotdagi qoldiqlar avtomatik 105100-subschyotga oʻtkazib qoʻyildi. 105300-subschyoti esa Byudjet tashkilotlarining xorijiy valyutadagi byudjetdan tashqari mablagʻlari qilib qayta nomlandi. @uzasboyangiliklari
Open in TelegramOʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-sonli BHS) Yagona schyotlar rejasiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi. Qaysi subchyotlar qo'shilgani, nomi o'zgartirilgani va chiqarib tashlangani bo'yicha yuqoridagi faylda to'liq ma'lumot berilgan. Mazkur subchyotlar UzASBO DMga qo'shildi, balans va tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarga o'zgarish kiritish ishlari olib borilmoqda. @uzasboyangiliklari
Open in Telegram2026-yil 1-sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori oshirilishi sababli quyidagilar summasi ham oshirildi, mos ravishda dasturning Hujjatlar-Bolalar-Bolalar davomati tabeli qismida hujjat tuzilganda ham mazkur oshgan summalar chiqadi: Maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga toʻlovlar miqdori; Akademik-litseylarda ota-onalar to'lovi miqdori; Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdori; «Kelajak» markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovi, mazkur to'lov BHM oshishidan tashqari 2026-yil 1-sentyabrdan qarorning o'zida 2 baravar oshishi belgilab ketilgandi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar davomati tabeli 2026-yil sentyabr oyidan boshlab o'z tizimlarida yuritilishi sababli UzASBO DMda ular tabel yuritishiga cheklov qo'yilgan va buxgalteriya hisobi uchun har bir bola kesimida hisoblangan summalar integratisya orqali olib kelinadi. Bolalar musiqa va san'at maktablarida esa oʻqitish uchun ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdori yil boshida amalda bo'lgan BHMga nisbatan belgilanadi va yil davomida o'zgarmaydi. @uzasboyangiliklari
Open in TelegramO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.06.2026 yildagi PF-115-son farmoni bilan 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshirildi va 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab: - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 soʻm; - bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 soʻm etib belgilandi. Dasturda ham indeksatsiya hujjatini kiritish imkoniyati ochildi. O'tgan yili kiritilgan o'zgarishlarga asosan indeksatsiya hujjatida faqat summa asosida bo'lgan to'lov turlari chiqadi. Ya'ni, avvalgidek, okladdan yoki bazaviy miqdorlardan foiz asosida shakllanadigan to'lov turlari chiqmaydi. Agar xodimning okladi razryad asosida emas, bazaviy oklad asosida aniqlansa, indeksatsiyada oklad summasi ko'tarilgan holda chiqishi uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli sohalarga mas'ul xodimlari tomonidan boshqaruv menyusidagi Shtatlar jadvali boʻyicha tashkilot turi shakllanishi qismiga kiritib qo'yilishi kerak bo'ladi. Aslida, strukturalarda bazaviy oklad asosida deb ko'rsatilgan oklad summalarining barchasi ham bazaviy oklad bo'lmasligi mumkin. Shunchaki, mazkur lavozimlar mas'ullar tomonidan to'g'rilanmagan bo'lishi mumkin. Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2024 yildagi PQ-346-son qarori bilan bir qator xodimlarning lavozim maoshlari qat'iy summada emas, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda) belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2023 yildagi PF-27-son farmonida esa 2023-yil 1-apreldan boshlab: professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga; professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirilishi belgilangan. Shunday bo'lsa-da, mazkur tashkilotlar strukturalarida tegishli lavozimlar haliyam bazaviy oklad asosida deb ko'rsatilgan. Natijada har ish haqi oshirilganda tashkilotlar indeksatsiya kiritish uchun tegishli summalar yangilab berilishini kutishiga to'g'ri keladi. Strukturada lavozim maoshi qanday ko'rsatilganini bilish uchun mazkur ma'lumotda aytilgan qismga kirish kerak bo'ladi. @uzasboyangiliklari
Open in TelegramXodimlardan xizmat safari boʻyicha qarzdorlik summasini plastik vedomost tuzishda avtomatik tortib keladigan qilindi. Buning uchun Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Toʻlov vedomosti (plastik karta) qismida hujjatni tuzishda Xizmat safari (Aliment) toʻlov turi tanlansa, Toʻldirish tugmasi qoʻshildi. Mazkur tugma bosilsa, vedomostda koʻrsatilgan sana boʻyicha xodimlarda qancha qarzdorlik boʻlsa, oʻsha summani vedomostga tortib keladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarni qayta hisoblash hujjatining ishlashi optimallashtirildi. Shu vaqtgacha tegishli oydagi barcha kontr provodkalar oʻchirilib, qaytadan berilardi. Endilikda esa hujjatlarni tasdiqlash va bekor qilish natijasida oʻzgarishi yoki qayta koʻrib chiqilishi zarur boʻlgan hujjatlarning oʻzigagina qaytadan kontr provodka beriladigan qilindi. Natijada aylanmada maʼlumoti koʻp boʻladigan tashkilotlarda hujjatning tasdiqlanishiga avvalgidek koʻp vaqt talab qilinmaydigan boʻldi. 2027-yil uchun ish vaqti grafigi kiritildi. Foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun kompensatsiya beriladigan kunlar miqdori koʻp boʻlganda, shuningdek, maʼlum bir tizimlarda homiladorlik va tugʻish nafaqasini oʻzlari toʻlab berishida uning davri kelasi yilga ham oʻtib ketishi mumkin. Shu sababli ish vaqti grafigini 2027-yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlari boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat chiqmagan boʻlsayam kiritib qoʻyildi. Qoʻshimcha dam olish kunlari aniq boʻlgandan soʻng grafiklar qayta toʻgʻrilab qoʻyiladi. Aslida qoʻshimcha dam olish kunlarini yil tugashiga yaqin chiqarish amaliyotidan butkul voz kechish kerak. Qaysi bayram qaysi hafta kuniga toʻgʻri kelishiga qarab qaysi kunlar qoʻshimcha dam olish kuni boʻlishi, qaysi ish kunlari koʻchirilishini aniq belgilab qoʻysa boʻladi. Yoki kelgusi 5-10 yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlarini avvaldan belgilasa ham boʻladi (baʼzi normativ-huquqiy hujjatlar chiqqaniga hech qancha boʻlmasi oʻzgartirilishi yoki bekor boʻlib ketishi kabi holatlar kuzatilayotgan hozirgi vaqtda qoʻshimcha dam olish kunlari boʻyicha 5-10 yil uchun chiqariladigan hujjat uncha-munchaga oʻzgarmasayam kerak). Qoʻshimcha dam olish kunlarining avvaldan aniq boʻlishi shtatlar sonini rejalashtirishda va mos ravishda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning aniq boʻlishiga yordam beradi, odamlarning kelgusi rejalar tuzishiga ham ijobiy taʼsir qiladi va h. Hisobvaraq-fakturalarning gʻazna holati kelishi toʻgʻrilandi. Gʻazna mijoz-Invoys hujjati qismidagi hisobvaraq-fakturaning statusi bilan invoice.uzasbo.uz tizimidagi status bir xil boʻlmasa, hisobvaraq-fakturaning yuborilgan sanasini oʻz ichiga oladigan davrni belgilab sinxron qilinsa yoki hisobvaraq-fakturaning ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, yangilash tugmasi bosilsa, uning statusi yangilanardi. Endi mazkur holatda hisobvaraq-fakturaning gʻazna holatini ham yangilaydigan qilindi. @uzasboyangiliklari
Open in TelegramForwarded from UzASBO Jizzax
Uzasbo.uz tizimida "Qayta hisob-kitob" turidagi tabelni kiritish tartibi, shuningdek, o'tgan davr uchun qayta hisob-kitob hujjatini kiritishning yangi tartibi.
Open in TelegramConnections
Similar channels
Мысли Узбечки из LA@mashatuzbBlogs13.7K
Paiziev24@paiziev24Blogs13.6K
Temurbek Adhamov@temurbek_adhamovBlogs14.1K
Пенсионер Уз@pensioner_uzBlogs14.1K
"Raqamli Mahalla"@rmahallaijrouzBlogs14.2K
Sayohatchi kundaligi@sayohatchikundaligiuzBlogs14.4K
adxam.axtamov@adxam_autoBlogs13.2K
BALIQCHI BOZORI@baliqchibozoriBlogs14.7K