Elektron kooperatsiya portali xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda «Raqamli transformatsiya markazi» MCHJ hamda «TEXNO FORT» MCHJ xorijiy korxonasi vakillari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida «yologistic.uz» logistika platformasi doirasida tuzilgan shartnomalar ijrosi, shuningdek, axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish bosqichlari atroflicha muhokama qilindi. Bugungi kunga kelib Elektron kooperatsiya portali va «yologistic.uz» platformasi o‘rtasidagi texnik integratsiya jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi hamda tizim dastlabki sinov (test) rejimida ishga tushirildi. Ushbu hamkorlik davlat xaridlari va logistika jarayonlarini yanada soddalashtirish, shuningdek, tadbirkorlar uchun qulay raqamli muhit yaratishga xizmat qiladi. new.cooperation.uz — davlat xaridlarida ishonchli hamkoringiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in TelegramPosts of COOPERATION.UZ
Milliy Brend - Ushbu sonimizda TCMT korxonasida rentgen uskunalarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishamiz. Videoda tibbiy rentgen uskunalarining ishlab chiqarilish bosqichlari, texnologik jarayonlar hamda mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari haqida ma’lumot olishingiz mumkin. O‘zbekistonning milliy brendlari va mahalliy ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishish uchun kanalimizga obuna bo‘ling! Ko'rsatuvni to'lliq qismini quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkun https://www.youtube.com/watch?v=S1RcT8odtXA&t=912s Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in TelegramElektron do'kon orqali xarid mezonlari ✔️Limit va shartnomalar haqida ushbu videoda bilib oling. 📚Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining bepul onlayn o‘quv kursi orqali davlat xaridlariga oid huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalaringizni oshiring. ➡️Kursga qo‘shilish: https://edu.icppa.uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in TelegramForwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
⚠️ Davlat xaridlarini amalga oshirishning asosiy prinsiplari nimalar? ✔️ Davlat xaridlarini amalga oshirishning asosiy prinsiplari haqida ushbu videoda bilib oling. 📚Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining bepul onlayn o‘quv kursi orqali davlat xaridlariga oid huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalaringizni oshiring. ➡️Kursga qo‘shilish: https://edu.icppa.uz 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Open in Telegram📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda davlat xaridlari, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishlarida tushuntirishlar berish maqsadida doimiy ochiq muloqotlar tashkil etiladi. 📌Uchrashuvlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi: 🔹 Davlat xaridlari bo‘yicha muloqot 🗓Har hafta shanba kuni ⏰10:00–13:00 🔹 Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati bo‘yicha muloqot 🗓Har oyning ikkinchi shanba kuni ⏰14:00–16:00 🔹 Mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muloqot 🗓Har oyning uchinchi shanba kuni ⏰14:00–16:00 Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Agentlik mutaxassislaridan bevosita javob olish, faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilish hamda takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 📌Manzil: Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 52-uy. Agentlik binosi. 📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. ✔️Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/jovyK4aSkCK7zEGW6 Hurmatli tadbirkorlar! Sizni o‘z faoliyatingizga oid masalalarni mutaxassislar bilan bevosita muhokama qilish va amaliy yechim topishga qaratilgan ochiq muloqotlarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz! 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Open in Telegram#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususida Elektron kooperatsiya portali bugungi faoliyati Efir: 08.10.2026 O'zbekiston TV - "Taraqqiyot yo'li" ko'rsatuvi Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in Telegram❗Davlat xaridlarida “Xarid rejalari” moduli: undan qanday foydalaniladi? Davlat buyurtmachilari xarid qilinadigan tovar, ish va xizmatlarni qanday rejalashtirishi hamda reja-jadvallarni yagona elektron tizimda qanday shakllantirishi mumkin? ✔️ Davlat xaridlari maxsus axbor portalidagi “Xarid rejalari” moduli orqali xarid qilinadigan mahsulotlar, ularning miqdori, qiymati, moliyalashtirish manbai va xarid muddatlarini oldindan belgilash mumkin. Tayyorlangan videoqo‘llanmada modulga kirish, yangi xarid rejasini yaratish, tovar va xizmatlarni qo‘shish, ma’lumotlarni saqlash hamda shakllantirilgan rejalarni ko‘rish va tahrirlash jarayonlari bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan. Videoni "YouTube" sahifamizda to‘liq tomosha qilishingiz mumkin: 📽 https://youtu.be/o5KQnekFepw 📤 Tadbirkorlarga ulashing! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in Telegram☑️ Davlat xaridlarida o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini qanday shakllantirish mumkin? Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 480-son qarori asosida Davlat xaridlari maxsus axborot portalida “Narxlar moduli” joriy etildi. ✅ Mazkur modul orqali davlat buyurtmachilari bozor narxlarini turli manbalar asosida o‘rganishi, boshlang‘ich narxni hisoblab chiqishi va natijalarni elektron ma’lumotnoma shaklida rasmiylashtirishi mumkin. Tayyorlangan videoqo‘llanmada modulga kirish, narxlarni o‘rganish usullari, hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda elektron ma’lumotnomani shakllantirish jarayonlari bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan. Videoni "YouTube" kanalimizda to‘liq tomosha qilish mumkin: 📽 https://youtu.be/T1OzNSKhuiw Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in TelegramForwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
Davlat xaridlarida yangi elektron skoring tizimi: ishonchli tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar berilishi taklif etilmoqda Davlat xaridlarida ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlarini elektron skoring asosida baholash va ularning ishonchlilik darajasidan kelib chiqib qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etish nazarda tutilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, davlat xaridlari maxsus axborot portalida ishtirokchilar faoliyatini idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik baholaydigan elektron skoring tizimi joriy etilishi belgilangan. Taklif etilayotgan tizimda ishtirokchilar to‘plagan ballariga qarab AAA dan D gacha bo‘lgan 10 ta skoring ko‘rsatkichiga ajratiladi. Jumladan, 80 va undan yuqori ball — AAA, 75 va undan yuqori — AA, 70 va undan yuqori — A darajasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu uch toifa “yuqori” ishonchlilik darajasi hisoblanadi. Eng katta imkoniyatlar AAA ko‘rsatkichiga ega ishtirokchilar uchun nazarda tutilmoqda. Loyiha bo‘yicha ular elektron davlat xaridlarida zakalat va qo‘shimcha zakalat mablag‘larisiz ishtirok etishi, vositachilik yig‘imiga 50 foiz chegirma olishi mumkin. Shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarda oldindan to‘lov miqdorini, qonunchilikda belgilangan ayrim istisnolarni hisobga olgan holda, 30 foiz etib belgilash nazarda tutilgan. AA ko‘rsatkichiga ega ishtirokchilarga elektron davlat xaridlarida zakalat mablag‘larisiz qatnashish va shartnomalarda 25 foiz oldindan to‘lov, A ko‘rsatkichiga ega ishtirokchilarga esa zakalatning 50 foizini kiritgan holda ishtirok etish hamda 20 foiz oldindan to‘lov imkoniyati taklif etilmoqda. Yana bir muhim yangilik — eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender takliflarini ball usulida baholashda ishtirokchining ishonchlilik darajasiga mutanosib ravishda qo‘shimcha ball berish mexanizmi nazarda tutilgan. Ushbu qo‘shimcha ball elektron tizim tomonidan avtomatik hisoblanadi. “Past” va “eng past” ishonchlilik darajasidagi ishtirokchilarga esa bunday qo‘shimcha ball berilmaydi. Skoring natijalari Portal va ishtirokchining shaxsiy kabinetida har kuni yangilanib borishi, hisob-kitobda esa davlat xaridlari jarayonidagi oxirgi 365 kungacha bo‘lgan faoliyatga oid ma’lumotlardan foydalanilishi ko‘zda tutilgan. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Open in Telegram📕 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni “O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi – ma’rifat quyoshi! Ustozlar bugun yoshlar qalbiga qadayotgan ma’rifat va ezgulik urug‘ining hosilidan ertaga butun jamiyat bahramand bo‘ladi”, — dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida ustoz va murabbiylar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda. Darhaqiqat, ustoz — inson hayotiga bilim va ma’rifat olib kiradigan, yosh avlodning dunyoqarashi, kasbiy salohiyati va kelajagini shakllantiradigan ulug‘ zotdir. Har bir sohadagi yutuq, taraqqiyot va bunyodkorlik zamirida ustoz bergan bilim, tarbiya va saboq mujassam. Raqamli transformatsiya markazi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, uning bilimli va malakali inson bo‘lib kamol topishi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🌹🌷 Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in TelegramForwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
🏛️ “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi Jizzaxda avtomobilsozlik sanoati yo‘nalishidagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik buyurtmachilar va tarmoq korxonalari bir maydonda uchrashib, yangi kooperatsiya va buyurtmalar bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, ko‘rgazmaga 700 dan ortiq ishtirokchi tashrif buyurdi. Muhimi, ko‘rgazma mahalliy korxonalarga bitta hamkor doirasidan chiqib, bir nechta yirik tarmoq korxonalari bilan yangi aloqalar o‘rnatish imkonini bermoqda. 🎥 Birinchi kun qanday o‘tdi — reportajimizda tomosha qiling. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Open in Telegram📢 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Avtomobilsozlik sanoatining yirik korxonalari bilan kooperatsiya o‘rnatish, o‘z mahsulotingizni bevosita buyurtmachilarga taklif qilish yoki tarmoq ehtiyojidan kelib chiqib yangi mahsulot va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapsizmi? 29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yirik sanoat korxonalari bilan bevosita muloqot qilish, ularning mavjud va istiqboldagi ehtiyojlarini o‘rganish, o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlarini namoyish etish hamda yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish imkonini beradi. ✅ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Buning uchun yuqoridagi QR-kodni skanerlang va ro‘yxatdan o‘ting. 🗓 29–30-sentabr, 2026-yil 📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi ☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 97 754 23 99 +998 97 888 10 01 Zanjirda siz uchun ham joy bor. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in TelegramDavlat xaridlarini o‘rganish endi bepul: yangi onlayn platforma ishga tushdi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bazaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida edu.icppa.uz platformasi orqali bepul onlayn o‘quv kursi tashkil etildi. Platformada davlat xaridlari jarayonlarini bosqichma-bosqich o‘rganishga mo‘ljallangan 20 ta modul jamlangan. Videodarslar, testlar va amaliy keyslar orqali foydalanuvchilar xaridlarni rejalashtirishdan tortib, xarid tartib-taomillari va shartnomalarni boshqarishgacha bo‘lgan jarayonlar bo‘yicha zarur bilimlarni egallashi mumkin. Muhimi, ta’lim to‘liq bepul va onlayn. Foydalanuvchi o‘ziga qulay vaqtda darslarni o‘zlashtirishi, har bir modul bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazishi mumkin. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga 2 yil muddatga amal qiluvchi elektron sertifikat beriladi. Platforma nafaqat davlat buyurtmachilari va xarid bo‘yicha mutaxassislar, balki davlat xaridlarida ishtirok etishni istagan tadbirkorlar hamda ushbu sohani o‘rganmoqchi bo‘lgan barcha foydalanuvchilar uchun ochiq. Davlat xaridlarini o‘rganish uchun endi alohida joy va vaqt izlash shart emas — zarur bilimlar bir platformada jamlangan. ✅ edu.icppa.uz — ro‘yxatdan o‘ting va bepul o‘qishni boshlang. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in Telegram📢 Davlat xaridlarida narxlarni aniqlashning yangi tartibi tasdiqlandi 🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 480-son qarori bilan davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi tasdiqlandi. 🔍Yangi tartibga ko‘ra, davlat buyurtmachilari davlat xaridini boshlashdan oldin tovar, ish yoki xizmatning o‘rtacha bozor narxini Maxsus axborot portalidagi Narxlar moduli orqali o‘rganadi. 🎛Natijada o‘rtacha bozor narxi va asoslangan boshlang‘ich narx ko‘rsatilgan elektron ma’lumotnoma (e-ma’lumotnoma) shakllantiriladi. Davlat xaridlari esa mazkur e-ma’lumotnomada belgilangan boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lmagan narxda amalga oshiriladi. 📊 Narxlar moduli avvalgi xaridlar va boshqa ishonchli manbalardagi narxlarni yagona tizimda jamlaydi. Shuningdek, u: - yetkazib beruvchilardan elektron takliflar olish; - o‘rtacha, eng yuqori va eng past narxlarni avtomatik hisoblash; - narxlar keskin farq qilganda qo‘shimcha o‘rganish zarurligi haqida ogohlantirish imkonini beradi. 📄 Qarorga muvofiq, dastlabki bosqichda 60 turdagi tovar bo‘yicha Narxlar moduli sun’iy intellekt asosida mahsulot xususiyatlari va so‘nggi narxlarni tahlil qilib, o‘rtacha bozor narxi, narx chegaralari hamda narxlar dinamikasini avtomatik aniqlaydi. Sunʼiy intellekt orqali oʻrtacha bozor narxi aniqlanadigan tovarlar roʻyxati kengaytirib boriladi. ✅ Mazkur mexanizm davlat xaridlarida narxlarni asosli belgilash, ochiqlik va tejamkorlikni ta’minlash, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishga xizmat qiladi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in Telegram🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinmoqda. 🚨 Ushbu hujjat bilan davlat xaridlari sohasida hisobdorlikni kuchaytirish, xaridlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash hamda davlat buyurtmachilari faoliyati ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilmoqda. 🚨 Xususan, davlat xaridlarida sotilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududlar kesimida e’lon qilib borish taklif etilyapti. Bu orqali davlat xaridlarining hududlar bo‘yicha holatini tahlil qilish, qaysi turdagi tovar va xizmatlarga talab yuqori ekanini kuzatib borish hamda xarid jarayonlarining ochiqligini oshirish imkoniyati yaratiladi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in Telegram✔️ Davlat xaridlarida ishtirok uchun 17,5 mlrd so‘mga yaqin kredit ajratildi Tadbirkorlarning davlat xaridlarida ishtirokini yengillashtirish maqsadida Elektron kooperatsiya portali hamda Garant bank hamkorligida zakalat mablag‘larini moliyalashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan edi. ✅2026-yil 4-sentabr holatiga ushbu imkoniyatdan 150 ta tadbirkorlik subyekti foydalanib, ularga jami 201 ta kredit ajratildi. Ajratilgan kreditlarning umumiy qiymati qariyb 17,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mazkur kredit mahsuloti tadbirkorlarga davlat xaridlarida ishtirok etish uchun talab etiladigan zakalat mablag‘ini o‘z aylanma mablag‘laridan ajratmasdan moliyalashtirish imkonini bermoqda. ➡️ Shu kunga qadar mazkur mexanizm doirasida 100 mln so‘mgacha bir martalik foizsiz kredit olish imkoniyati mavjud edi. ✍️ Endilikda tadbirkorlar uchun ushbu imkoniyat yanada kengaytirilib, kreditning eng yuqori miqdorini 300 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Bu, ayniqsa, yirikroq hajmdagi davlat xaridlarida ishtirok etish uchun ko‘proq zakalat mablag‘i talab etiladigan tadbirkorlarga qo‘shimcha moliyaviy imkoniyat yaratadi. ➡️Davlat xaridida ishtirok etmoqchisiz, ammo zakalat uchun aylanma mablag‘ingizni band qilishni istamaysizmi? Mazkur kredit mexanizmi orqali zarur mablag‘ni moliyalashtirish imkoniyati mavjud. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in Telegram🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Agentlik xodimlari taqdirlandi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Agentlik rahbariyati, markaziy apparat hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi. Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov jamoani mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, bugungi islohotlar jarayonida Agentlik oldida turgan muhim vazifalar, ularni amalga oshirishda jamoaning mas’uliyati va har bir xodimning munosib hissasiga alohida to‘xtaldi. 🏅 Tadbir doirasida bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, xizmat vazifalarini mas’uliyat va professional mahorat bilan bajarib kelayotgani, tashabbuskorligi hamda Agentlik faoliyati samaradorligiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun markaziy apparat va tizim tashkilotlarining bir guruh xodimlari Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Hususan Raqamli transformatsiya markazi hodimlari bunday mukafotga loyiq topilganliga alohida etirofga egadur. Tadbir yakunida jamoa a’zolariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat, oilaviy farovonlik va yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ishlarida yangi natijalar tilandi. 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube 🤥 new.cooperation.uz ✉️ [email protected]
Open in Telegram