🏛 JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI
⚖️ “XALQARO HUQUQ” FAKULTETI
VAKANT LAVOZIMLARGA ISHGA TAKLIF ETADI
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti quyidagi vakant lavozimlarga yuqori malakali, tashabbuskor va mas’uliyatli mutaxassislarni jamoasiga taklif etadi.
1. Akademik ishlar bo’yicha dekan muovini (1 ta shtat)
💵 Oylik ish haqi: 10.650.334 so’m (ustamalar bilan)
📌Vazifalari: o’quv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish, o’quv reja hamda dasturlar sifatini nazorat qilish, professor-o’qituvchilar faoliyatini yo’naltirish, talabalar o’zlashtirishini monitoring qilish.
📈 Talablar: oliy yuridik ma’lumotga ega (ilmiy daraja afzal), chet tilini yaxshi bilish, boshqaruv yoki pedagogik faoliyat tajribasi, tashkilotchilik qobiliyati.
2. Xalqaro va ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini (1 ta shtat)
💵 Oylik ish haqi: 10.650.334 so’m (ustamalar bilan)
📌 Vazifalari: fakultetning ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy loyihalar va grantlarni amalga oshirish.
📈 Talablar: oliy yuridik ma’lumotga ega (ilmiy daraja afzal), chet tilini yaxshi bilish, xalqaro huquq sohasini chuqur bilish va boshqaruv ko’nikmalari.
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha bosh mutaxassis (1 ta shtat)
💵 Oylik ish haqi: 10.221.197 so’m (ustamalar bilan)
📌 Vazifalari: talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni rejalashtirish va o’tkazish, yoshlarda vatanparvarlik va yuksak axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, talabalar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash.
📈 Talablar: oliy yuridik ma’lumotga ega, chet tilini yaxshi bilish, yoshlar bilan ishlash tajribasi, kommunikativ va tashkilotchilik ko’nikmalari.
4. Xalqaro va ilmiy ishlar bo’yicha yetakchi mutaxassis (1 ta shtat)
💵 Oylik ish haqi: 8.153.552 so’m (ustamalar bilan)
📌 Vazifalari: xalqaro hamkorlik va ilmiy faoliyat bo’yicha hujjatlarni yuritish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yo’lga qo’yish, konferensiya va grantlarni tashkil etishda ishtirok etish.
📈 Talablar: oliy yuridik ma’lumotga ega, chet tilini yaxshi bilish, tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik.
5. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yetakchi mutaxassis (1 ta shtat)
💵 Oylik ish haqi: 8.153.552 so’m (ustamalar bilan)
📌 Vazifalari: ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini amalga oshirish, talabalar bilan muntazam ishlash, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko’maklashish.
📈 Talablar: oliy yuridik ma’lumotga ega, chet tilini yaxshi bilish, yoshlar bilan ishlash ko’nikmasi, muloqot madaniyati va jamoada ishlash qobiliyati.
📋 ALOHIDA QAYD
Barcha lavozimlar uchun belgilangan oylik ish haqiga qo’shimcha ravishda sezilarli miqdorda ustamalar to’lanadi.
🤝BIZ TAKLIF ETAMIZ:
▪️ Kasbiy o’sish va karyera imkoniyatlari
▪️ Nufuzli oliy ta’lim muassasasida ishlash
▪️ Xalqaro hamkorlik va tajriba almashish imkoniyati
▪️ Qonunchilikda belgilangan barcha ijtimoiy kafolatlar
📥 ARIZA TOPSHIRISH
Nomzodlar rezyumelarini (CV) fakultet ma’muriyatiga topshirishlari yoki quyidagi manzillar orqali yuborishlari mumkin:
📍 Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko’chasi, 54-uy
📧 elektron pochta [email protected]
💬 Telegram: @smuratayev
⏳ Arizalar qabul qilish muddati cheklangan.
🏛O’z kelajagingizni JIDU bilan birga quring.