Baho talashuvchi o‘quvchi bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘rsatma. Kreativroq yondashishga harakat qildik. Fikringizni izohga yozib keting. 👇 @Ustoz_kundaligi
Open in TelegramPosts of Ustoz Kundaligi
Forwarded from Multi-Level Record (C2 Level Teacher)
➕Cambridge School Xususiy maktabimiz yanada kengayoyatgani sababli, ba'zi fanlar bo'yicha ustozlarga vakansiya ochdik! - Kimyo & Biologiya (rus tilida) - Matematika & Tanqidiy fikrlash - PM ga tayyorlov Talablar: - O'z sohasi bo'yicha kamida 3 yillik tajriba - 25+ yosh - Jamoa bilan ishlash olish 💰Maosh kelishiladi Men bilan birga, bir jamoada faoliyat yuritmoqchilar, bizga aloqaga chiqing: 💬 @Paradise0501 📞 +998992360335 📍Manzil: Farg'ona viloyati, Rishton tumani.
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 1,390 |
| 6 h | 1,690 |
- After 6 hours1,690
- Total to date1,690
FAROSAT TARBIYASI: FOYDALI TANAFFUS Avvalgi ikki postimiz mavzusi davomiga ulardan farosat tarbiyasi uchun ham foydalanish mumkinligini koʻrsatish ilinjida ayrim ishlanmalar bilan tanishtirsak: 1. “Shovqinsiz stullar” (ehtiyotkorona munosabat) Oʻtkazilishi: oʻquvchilar bir vaqtda oʻz oʻrnidan turib, stullarini parta tagiga (mumkin maksimal darajada) surib qoʻyishlari kerak, ammo buni mutlaqo shovqinsiz, oʻta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirishlari zarur boʻladi. Tabiiyki, baribir kimdir ehtiyotsizlik qilib, taqillatib yuboradi, bir necha bor takrorlatib, oʻqituvchi borgan sayin koʻrsatkich yaxshilanishiga urgʻu beradi. Foydasi: umumiy manfaat yoʻlida oʻz xatti-harakatlarini nazorat qilishga odatlantirish. 2. “Sinonimlar” (muloqotdagi sharm) Oʻtkazilishi: oʻqituvchi oʻquvchilarga navbat bilan kichik oʻlchamdagi toʻpni otadi va qaysi oʻquvchiga uni yoʻnaltirsa, unga befarosat murojaat soʻzlarini aytadi (masalan, “Kallang joyidami?”, “Senga kim qoʻyibdi”, “Quri bu yerdan”, “Boshimni qotirma”, “Toshingni ter”, “Oʻzingcha aqllilik qilma”, “Meni ignor qilma” va h.), toʻpni ilib olgan oʻquvchi shu murojaatni odobli, farosatli insonga xos muqobil chiroyli variantda aytib toʻpni qaytarishi kerak boʻladi. Foydasi: bir fikrni qanday soʻzlar bilan aytilishi qanchalik boshqa insonga turlicha taʼsir koʻrsatishini yaqqol his ettiradi. 3. “Pinhona koʻmak” (detallarga eʼtibor) Oʻtkazilishi: barcha oʻquvchilar koʻzlarini yumadilar, bir oʻquvchi oʻqituvchining koʻrsatmasi bilan oxista oʻrnidan turib, sinfda shovqinsiz harakatlanib, kimningdir biror narsasini sozlab qoʻyadi (masalan, parta chekkasida osilib qolgan kitobini ichkariroq surib qoʻyadi, ilgichdagi qiyshayib turgan kiyimini qaytadan tekislab osadi, yerga tegib turgan portfel yoki sumkasini biroz yuqori koʻtarib qoʻyadi va h.), boshqalar koʻzini ochgach, oxista gʻamhoʻrlik aynan kimga koʻrsatilganini aniqlashga harakat qilib koʻradilar. Foydasi: ezgu ishlarni birov aytmasa ham, oʻzi bilib-bilib qilishning imkoniyatini koʻrsatadi. 4. “Hurmat toʻlqini” (jamoaviy ishlash) Oʻtkazilishi: birinchi oʻquvchi oʻrnidan turib, yengil taʼzim qiladi (yoki qoʻlini koʻksiga qoʻyadi) va qayta joyiga oʻtira boshlaydi va oʻtirishi bilan ikkinchi oʻquvchi ayni shu lahzani ilgʻab olishi va tezda oʻrnidan turishi kerak va shu tariqa oʻyin butun sinf boʻylab toʻlqinsimon tarzda davom etadi, kimdir shoshqaloqlik qilsa yoki kechiksa – toʻlqin uziladi, yaʼni vazifa – toʻlqinni silliq va uzilishlarsiz oʻtkazish. Foydasi: jamoa harakatlariga diqqat-eʼtiborli boʻlishni, oʻzgalarning harakat surʼatini inobatga olishni oʻrganish. 5. “Yoqimli eʼtirof” (detallarga eʼtibor) Oʻtkazilishi: oʻquvchilardan biri tanlanadi, oʻqituvchi sinfga orti bilan oʻgirilib, telefonida birorta musiqani qoʻyadi, shu paytda tanlangan oʻquvchi sinf boʻylab erkin harakat qiladi, 10-15 soniyada oʻqituvchi musiqani toʻxtatganda, oʻquvchi yetib kelgan joyida toʻxtaydi va unga eng yaqin turgan sinfdoshining birorta ijobiy xislatini tilga oladi, bunda juda kichik va bir qarashda eʼtiborsiz jihatga ham urgʻu berish mumkin boʻladi (masalan, kecha meni eshikdan oʻtkazib yuborganing uchun rahmat, bugun darsda juda faol boʻlding, daftarlaring barchasi muqovalangani chiroyli ekan va h.). Foydasi: boshqa odamga eʼtiborliroq qiladi, birovning mehnatini hurmat qilishga odatlantiradi. Umuman olganda, har qanday chuqur insoniy fazilat, inson zehni va zohiri bilan bogʻliq xislatni tarbiyalash oson boʻlmasligi aniq. Shunday ekan, farosat tarbiyasida pedagogikaning hamma usullari – ogʻzaki tushuntirish, amaliy mashq, oʻyinli texnologiyalar baravariga qoʻllanishi foydadan holi boʻlmaydi. Har tomondan jiddu-jahd bilan “yopishilsa” befarosatlik illati ham chekinib qolar, inshoolloh! Xalqimiz bejizga “Koʻpning qoʻli qoʻkka yetar” demagandir?! Ustoz kundaligi jamoasi (psixol. f. d. P.S. Ergashev ilmiy tahriri ostida) @Ustoz_kundaligi
Open in TelegramFAROSAT TARBIYASI: HARAKATGA UNDOV Odam bolasi bagʻrikenglik, sahiylik, sabrlilik va hokazo son-sanoqsiz fazilatlarga oʻz-oʻzidan tabiiy ravishda ega boʻlib qolishiga ishonmaymiz. Xuddi shunday farosatni ham tugʻma egallash, boring ana, ona suti bilan singdirish mumkinligiga katta shubhamiz bor. Farosatni tarbiyalovchi oʻsha koʻplab taʼsirlar orasida taʼlim jarayonida oʻqituvchining ham muayyan hissasi boʻlishi mumkinligi, nafaqat mumkinligi, muqarrarligiga iqrorligimiz bor. Farosat bor-yoʻqligini koʻrsatadigan alomatlar koʻp, ammo eng muhimi ikkita, deb oʻylaymiz: • birovning ortiqcha tushuntirishi va izohlarsiz mustaqil anglay bilish; • tegishli soʻzni va harakatni oʻz oʻrnida, vaziyat, odam, sharoitga qanchalik oʻrinli kelishi hisobini olib ishlatish. Shu muhim sifatlarni taʼlim jarayonida, oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda emas (zotan, tarbiyaviy ishda buning yoʻli oʻz-oʻzidan ayon), aynan dars davomida, fan boʻyicha mavzu oʻrganishda qaysi uslublar rivojlantirishi mumkinligi haqida tavsiyalar ulashmoqchimiz 👇 1. Adabiyot Uslub: oʻrganilayotgan asardagi birorta dialog (masalan, Abdulla Qahhorning “Oʻgʻri” hikoyasida Qobil bobo va amin oʻrtasidagi dialog)da befarosatlik qilayotgan qaysidir qahramon nomidan ichki monolog yozish, yaʼni oʻsha paytda shu odam nimani oʻylayotgan boʻlganini taxmin qilib koʻrish. Natija: boshqa odamning holatini alohida izohlarsiz, sinchkovlik, ichki sezgi bilan anglashga oʻrganish. 2. Davlat va huquq asoslari Uslub: iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar mavzusini oʻrganishda sinfni bir necha guruhlarga ajratib, bir kishining jamoat joyidagi befarosat harakatlarini (masalan, metroda baland ovozda musiqa tinglab ketayotgan yoʻlovchi ishini) huquqiy tomondan tahlil qilish bilan birga turli toifa odamlar (tungi navbatchilikdan qaytayotgan ishchi, imtihonga tayyorlanib daftariga tikilib ketayotgan talaba, koʻzi ojiz nogiron, xorijiy sayyoh, metroga birinchi bor tushgan yosh bola va h.)dan bu vaziyatda qanday xayollar oʻtishi mumkinligini oʻylab koʻrishni taklif qilish (necha xil toifa odamlar keltirilsa, sinf shuncha guruhga ajratiladi). Natija: nooʻrin harakatlarga real odamlar his-tuygʻulari ortidan qarashga oʻrganish. 3. Informatika asoslari Uslub: elektron aloqa vositalari haqida gap ketganda, oʻquvchilarga ularni ishlatishdagi befarosat harakatlar (masalan, odam ogohlantirmay tanishiga video qoʻngʻiroq bilan aloqaga chiqishga urinishi, yarim tunda ota-ona bolasi ertaga maktabga bora olmasligi xabarini oʻqituvchiga yuborishi, talaba juda sifatsiz tasvir va ostun-ustun shaklda rasmga olib oʻqituvchiga uy vazifasini tekshirib berishiga joʻnatishi va h.) keyslarini keltirib, bu vaziyatlarning ssenariysini butunlay boshqacha toʻgʻri variantda qanday boʻlishi kerakligi nuqtai nazaridan yozib chiqishni taklif etish. Natija: vaziyatga boshqa odam koʻzi bilan qarashga oʻrganish. 4. Texnologiya Uslub: darsda yaratilgan har qanday buyum (qizlar tikkan fartuk, qadagan tugma, oʻgʻil bolalar yasagan taxta oʻrindiq, joʻva va h.) boʻyicha qisqa taqdimot oʻtkazib, “Bu buyum kim uchun yaratildi? Uni ishlatishda inson (masalan, keksa odam yoki yosh bola) qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin? Ushbu buyum ularning hayotini qanday yengillashtiradi va ularga boʻlgan gʻamxoʻrlikni qanday koʻrsatadi?” tarzidagi savollarga alohida toʻxtalib ketishni soʻrash. Natija: oʻz harakatlarida boshqa odamlarning imkoniyatlari, zaif tomonlari haqida ham oʻylanishga oʻrganish. Bir haqiqatni tushunishimiz shart: farosat istasak-istamasak odamning muayyan aqliy saviyasi bilan bogʻliq! Baribir, oʻsha badiiy asarlarni oʻrgatamiz, virtual kommunikatsiya kanallarini tushuntiramiz, chakichmi yoki taxta oʻrindiq yasattiramiz, xoʻsh orada farosat tarbiyasiga ham koʻz qirimizni tashlab ketsak, juda ovora boʻlib qolmasmiz?! Foydasi-chi, farosat degan bilishimizcha, noyob tuzulma bolalarimiz miyasi va koʻnglida bir milligramga koʻpaysa ham, harna-da! @Ustoz_kundaligi
Open in TelegramBugun Zamonaviy Pedagog kursimizda navbatdagi oflayn dars. Mehmon spikerimiz: Arofat Sheraliyeva. O‘quvchilardagi turli muammolarga jamoa bo‘lib yechim topyapmiz. Ustozlardan ajoyib yechimlar chiqyapti. Ustoz bizmi ularmi deb o‘ylab qolyapman) Eh, ilm olish mazada. @Ustoz_kundaligi
Open in TelegramBugun Pedagog Podcast loyihamizda navbatdagi suhbat. Mehmon — Arofat Sheraliyevna. Zo‘ravonliksiz ta'lim bo‘yicha suhbatlashdik. Dunyoqarashni ancha kengaytiradigan suhbat bo‘ldi. Chiqqanida ko‘rvoramiz.
Open in TelegramKecha WIUT'da qiziqarli jamoaviy topshiriq bajardik. AI orqali ustozlar uchun kreslo o‘ylab topdik. Bir baho berilarchi. Ustozlar xohlagan vaqt yotqizib uxlashlari mumkin. Ekranda darsga qancha vaqt qolganini ko‘rsatib turadi. Eng zo‘r jihati sho‘x bolalardan charchagan, alamingiz qolib ketib dam ololmasangiz — yechim bor. Maxsus o‘yinchoqni urib-urib ichingizdagi bor energiyani chiqarib keyin, maza qilib orom olishingiz mumkin. Kamina chiqib shu kresloni sotuvini amalga oshirdim. Qalay? Siz shunday kreslo bo‘lsa olarmidingiz?
Open in Telegram2024-yilda bir kichik kanalga ko‘zim tushib qolgandi. Kanal egasi Jamshidbek yosh yigit lekin saviyali ekanligi bilingan. Eng xayratlanganim, kanal yo'nalishi bo'lgan: Kanal miya ilmi va erta yoshdagi ta'lim haqida edi. Hamma yoshlar yoppasiga o'zini business, injenerlik va shu kabi mashhur sohalarga urayotganda, bu kabi juda muhim tor sohani tanlaganiga qoyil qolganman. Darrov shaxsiysiga o'tib tanishib olganman. Shu bilan yaqin bo'ldik. Ora orada maslahatlashib ham turamiz. Ta'lim bo'yicha Amerikaning eng nufuzli universitetiga grandga qabul qilindi. Hozir zo'r ishga qo'l uribdi. O'zi o'rgangan chuqur ilmiy ma'lumotlarni ommabop qilib video tayyorlayotgan ekan. Diqqat haqida video tayyorlabdi. Marhamat, havolasini qoldiraman, kiring, kuzating, bilimingizni boyiting: 👉https://youtu.be/RqVwsIWYGVQ?si=I7Fc0wTxDEGiMCkD
Open in TelegramTarbiyasiz ta’lim ana shunday ilmli muttahamlarni yetishtiradi. Kechirasiz, ilmli emas, ma’lumotli muttahamlar deya qolay. SAT imtihonidan javoblarni sotadiganlarga qarshi kurash ketayotganidan xursandman. Milliy sertifikatchi qalloblarni ham shunday yo‘q qilish kerak!
Open in TelegramForwarded from Firdavs Nizomov
❕Fatvo Markazining SAT Imtihonidagi leak'larga rasmiy munosabati Leak bu imtihon oldidan, shu imtihonda tushadigan, noto'g'ri yo'l bilan olingan va tarqatilgan imtihon materiallari hisoblanadi. Fatvo Markazining javobiga ko'ra, Leak'dan foydalanish, sotib olish va o'sha leak'lar bo'yicha imtihondan oldin o'quvchilarga dars o'tish shariatda taqiqlangan! Yuqoridagi hujjatda O'zbekiston Musulmonlar Idorasi Fatvo Markazining ushbu masalaga javobini o'zingiz o'qib chiqishingiz mumkin. Keyingi safar qaysidir tanishingiz leak oladigan bo'lsa yoki undan ham yomoni o'qituvchingiz sizga leak bo'yicha dars o'tadigan bo'lsa, bu narsa nojoiz ekanligini ularga eslating va yuqoridagi hujjatni dalil qiling. Islom dini insonni har bir ishda rostgoʻy va halol boʻlishga buyuradi, aldovdan esa qatʼiy qaytaradi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: Ma’nosi: «Kim bizni aldasa, bizdan emas» (Imom Muslim rivoyati). Shogirdlarini bu yo’lga boshlagan ustozning ham mas’uliyati og’ir. Bu ishning zarari bir kishi bilan cheklanmaydi. Ozchilikning aldovi sabab imtihon bekor qilinsa, joiz yo‘l bilan tayyorlangan koʻplab yoshlar mavjud imkoniyatdan mahrum boʻladi. Bunday ishga yordam bergan, uni oʻrgatgan yoki tarqatgan kishi ham gunohga sherik boʻladi. Zero, Alloh taolo: «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz!», deb buyurgan (Moida surasi, 2-oyat). Bandalarning haqqi faqat tavba bilan kechirilmaydi, buning uchun haq egalarining roziligi ham kerak. Ayniqsa, shogirdlarini bu yoʻlga boshlagan ustozning masʼuliyati ogʻir. Paygʻambarimiz alayhissalom: «Barchangiz masʼulsiz va har biringiz qoʻl ostingizdagilar haqida soʻralasiz», deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Hamma qilayapti degani bu siz ham qilishingiz kerak degani emas. Noto'g'ri ishni hamma qilayotgani uni to'g'ri qilib qo'ymaydi. Yuqorida aytilganidek, "Aldovning haromligi hammaga ma'lum". Alloh taolo barchamizni manfaatli ilm va pok rizqqa muvaffaq aylasin, aldov va xiyonatdan Oʻzi asrasin! Vallohu aʼlam. 2026-yil 9-noyabr, 02-01/3734-son, Raisning birinchi o’rinbosari H.Ishmatbekov. Hujjat kodi: UM78868891 (IJRO.GOV.UZ, ERI bilan tasdiqlangan).
Open in TelegramFAROSAT TARBIYASI: MULOHAZA CHORLOV Xayoliy tajriba o‘tkazib ko‘ramiz: Vaziyatlar: haydovchi bekatdagi do‘konga kirish niyatida avtobus to‘xtay olmaydigan qilib mashinasini qo‘yib ketgan; Nechanchi marta homila vaqtida bolasini yo‘qotgan ayolga hamkasbi o‘z bolalarining yutuqlari tafsilotlarini faxrlanib aytib berayapti; Sinfdoshlar telegram guruhida oz-moz moddiy yordam so‘ragan odamning xabari ostidan qaysi bir sinfdosh shohona restorandagi noz-ne’matlar orasida yastanib o‘tirgani suratlarini joyladi va h. Xayoliy tajriba ishtirokchilaridan so‘rasak – “Aytingchi, sizningcha, xudbin haydovchiga, maqtanchoq ayolga va maishatsevar sinfdoshga nima yetishmaydi?”. Agar dunyo batamom aqldan ozmagan bo‘lsa, xayoliy sinaluvchilarimiz javobi aniq bo‘ladi, yetishmayotgan narsa – FAROSAT! Tan olaylik, kuniga bunaqangi misollardan qanchasini uchratamiz. Boshida jahlimiz chiqardi, keyin shunchaki g‘ashimizga tegishdan nariga o‘tmay qo‘ydi, yana ozgina o‘tib, miyg‘ida ensa qotirib qo‘yadigan bo‘ldik, axiri hech narsa bo‘lmayotganday o‘tib ketishga odatlanib qolmasak edi. Millatning bu ayanchli holatida qaysidir darajada, ustozlarning ham “hissachasi” bo‘ladi... Ustoz – ko‘p fazilatlar qatorida farosatning yuksak namunasi axir! Ma’rifatparvar jadid bobolarimizdan biri Vasliy Samarqandiy (1870–1925) Imom A’zam (r.a) tarixiga bag‘ishlab yozgan asarlarida “Farosatlarining bayoni” bo‘limi bor. Shu yerda bir voqea eslanadi: masjidda o‘tirganlarida bir kishi o‘tadi, Imom A’zam – “Bu kishi musofirdir, yengining ichida holva bor, o‘zi muallimdir” deydilar. Atrofdagilar bularni qanday bildingiz, deb so‘rashsa, aytgan ekanlarki, “Yurganida har tarafga bot-bot nazar tashlab, bu yerlar unga notanish ekanini bildirib qo‘ymoqda, yengining atrofida pashsha uchib yuribdi, bolalarga ko‘p termulayapti”... Kimdir buni farosat emas, bu sinchkovlik, deb hisoblashi mumkin. Avvalo, sinchkovlik – farosatning muhim sharti, qolaversa, nazarimizda, bu yerdagi farosat tahlil natijasini baralla ovoz bilan o‘zi adashib, atrofga alang-jalang qarab yurgan odamga, uni hijolat qilib emas, ohistagina yonda turgan sheriklarga aytilayotganida, deb o‘ylaymiz. Farosatning psixologik tahlilida uning to‘rt asosiy sifati keltiriladi: 1. Birovning ortiqcha izohlarisiz vaziyatni, odam holatini tushunish; 2. O‘ziga boshqalar nazari bilan qaray olish; 3. Tegishli gap va xatti-harakatning muayyan vaziyatda qanchalik o‘rinli bo‘lishini fahmlash; 4. O‘z harakatlari oqibatini oldindan ko‘ra bilish. Har doimgidek zamonaviy ustoz oldida ikkita yo‘l – bugungi yoshlarning farosatsiz qiliqlaridan nolish yoki ustoz nomiga munosib bu masalada ham nimadir qilishga urinib ko‘rish. Nima qilish mumkinligi haqida esa postning ikkinchi qismida gap boradi. Haligi katta medialar nima derdi – ko‘rsatuvlarimizni ko‘rishda davom eting, biz bilan qoling! @Ustoz_kundaligi
Open in TelegramYoutube bilan chiqishib oldik! Videoyim 100k ko'rilibdi. 🔥 Demak youtube'da ko'proq kontent qilishim kerak ekan. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat.
Open in TelegramTarixdan ustozman, xorijiy dasturni o‘rganib, shu bo‘yicha dars o‘tmoqchiman deganlar ham yozishi mumkin. AP world history o‘zi nima deydiganlar uchun video ham tayyorlab qo‘yganmiz: https://t.me/apMohir/34
Open in TelegramForwarded from Mohir AP History
Kelayotgan haftadan AP World History bo‘yicha yangi guruh ochyapman! Ko‘pchilik bizdagi yodlashga asoslangan tarix darslarini ko‘rib, «E, tarix qiyin fan ekan, topshirmayman», deb o‘ylaydi. Aslida esa tarix juda qiziqarli fan. Ayniqsa, AP World History. Bu yerda sanalarni yodlashdan ko‘ra, tarixiy voqealarni tahlil qilish, sabab va oqibatlarni tushunish, mantiqiy fikrlash muhimroq. Natijalarimiz haqida: O‘tgan yili tayyorlagan o‘quvchilarimning 100 foizi AP World History imtihonidan maksimal 5 ball oldi. Ayrim o‘quvchilarim hozir SAT Tashkent va AP Makon kabi o‘quv markazlarida tarixdan dars berishyapti. Agar ingliz tili darajangiz yetarli bo‘lsa, darslarni qoldirmasangiz va berilgan vazifalarni muntazam bajarsangiz, may oyigacha 5 ball olish uchun puxta tayyorlanishingiz mumkin. Ayniqsa, International Relations, Political Science, Social Sciences, Law kabi yo‘nalishlarda o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, albatta yozing. Darslar onlayn formatda bo‘ladi. Talab va imkoniyatga qarab, oflayn guruh ham ochishimiz mumkin. Xullas, tarixga qiziqsangiz va AP World History’dan 5 olishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, yozing. Tez orada boshlaymiz. O‘quvchilar saralash asosida qabul qilinadi. P.s: Tarixdan ustoz bo‘lsangiz ham o‘qishingiz mumkin. Dars o‘ta olish darajasigacha olib chiqamiz, inshaalloh. Yozing: @light_upon_light2
Open in TelegramChet elga sayohatim o‘z nihoyasiga yetdi. Ta'tildan foydalanib, bir hafta sayohat qildim. Dubai va yana bir nechta shaharlarda bo‘ldim. Fikrlarimni keyinroq yozib qoldiraman. Har doimgidek bir sumka kir kiyimlar va bir olam motivatsiya bilan qaytyapman. Miriqib dam oldim. "O‘qituvchilar kambag'al. Chet elda sayohat qila olmaydi", deydiganlar ham damini olsin)
Open in TelegramO‘qituvchi kim? O‘qituvchi — maktabni bir umr bitirmaydigan bitiruvchi. O‘qituvchi — bolalar deb uyqusi buziladigan shaxs. O‘qituvchi — ba’zida bolaning kelajagi uchun ota-onadan ham ko‘proq qayg‘urib, aynan o‘sha ota-onadan gap eshitadigan shaxs. O‘qituvchi — abadiy doska oldida turg‘izib qo‘yilgan o‘quvchi. O‘qituvchi — mavzuni tushuntira tushuntira oxiri o‘zi mavzuni tushunib oluvchi shaxs) O‘qituvchi — bu kasbni tark etsa ham, butun umr qalbida bo‘shliq his qiladigan shaxs. O‘qituvchi — ichida siqilib, ustida kulib dars o‘tadigan shaxs. O‘qituvchi — yillab sabr qilganiga rahmat eshitmay, sabr kosasi to‘lib qilgan kichik xatosiga dashnom eshitadigan shaxs. O‘qituvchi — mana-man degan prezidentlarga o‘z vaqtida xonani artdirgan shaxs. O'qituvchi — o'z farzandi qolib birovning farzandiga tarbiya beradigan shaxs. O‘qituvchi — ta’tilni kutib, ta’tilda ham eplab dam ololmaydigan shaxs. O'qituvchi — kelajakda buyuk inson bo'ladigan iqtidorlarni o'ldirishi mumkin bo'lgan shaxs. O'qituvchi — "o'zi o'qituvchi bo'lish niyatim yo’q edi, hayot shunga majbur qildi" deydigan shaxs😅 O'qituvchi bu — o'quvchisi IELTSdan o'zidan yuqori ball olishini xohlaydigan yagona shaxs. O‘qituvchi — yuzlab bolalarning ismini eslab qolib, o‘zi esa ba’zan e’tibordan chetda qoladigan inson. O‘qituvchi — har yili "bu oxirgi yilim, ketaman" deb ahd qilib, sentyabrda yana maktab hovlisiga birinchilardan bo‘lib kirib keladigan "so‘zida turmaydigan" qahramon. Davomi sizdan, izohlaringiz postga ko‘chiriladi 👇 @Ustoz_kundaligi
Open in TelegramForwarded from Jalilov. Qaydlar
“Kelajakdagi sinfiy tafovut kim o‘qiy oladi va tanqidiy fikrlay oladi, kim esa bunga qodir emasligiga bog‘liq bo‘ladi. Keling, bu yerdagi har bir o‘qituvchi nima haqda gapirayotganini va amaliyotdagi har bir pedagog nimani kuzatayotganini tushuntirib beraman: o‘quvchilar orasida asosiy tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari va savodxonlik darajasining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Bu ayniqsa o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda, chunki ular murakkabroq materiallar bilan ishlamoqda, ammo oddiy tushunchalarni anglay olmayaptilar yoki ular haqidagi asosiy ma’lumotlarni xotirada saqlay olmayaptilar. Bu esa mehnat bozoriga kirib kelayotgan, ammo asosiy tushunish ko‘nikmalari yetishmaydigan avlodni shakllantirmoqda, bu esa ular uchun ish topish va uni saqlab qolishni ancha qiyinlashtiradi. Boshqa tomondan esa, ancha boyroq oilalardagi bolalarni faqat davlat maktablaridan olib chiqib, masalan, Montessori kabi maktablarga jo‘natish emas, balki ularni texnologiyalardan ham cheklash tendensiyasi kuzatilmoqda. Ularga o‘smirlikkacha planshetlar yoki telefonlar berilmaydi, eng ko‘pi bilan televizor yoki video o‘yin qurilmalariga ruxsat beriladi. Ular bo‘sh vaqtini esa oddiy bolalik mashg‘ulotlari bilan to‘ldiradi: ko‘chada o‘ynash, kitob o‘qish, bo‘yash kitoblari bilan shug‘ullanish. Bu mashg‘ulotlar o‘yinday tuyulsa-da, aslida insonni katta bo‘lganida atrof-muhitda yaxshiroq yo‘l topa olishga yordam beradigan “yumshoq ko‘nikmalar”ni rivojlantiradi. Kelajakdagi farq kim sun’iy intellektdan foydalana oladi va kim foydalana olmasligida bo‘lmaydi. Farq kim ACT imtihonida yuqori natija ko‘rsatib, to‘liq grant oladi va kim ololmasligida ham bo‘lmaydi. Asosiy farq kim oddiy tarzda fikr yurita oladi va kim bunga qodir emasligida bo‘ladi. Bunday ko‘nikmalarga ega bo‘lmaganlar esa ehtimol orqada qolib ketadi.” Jonathan Buchwalter, pedagog, tarix va ijtimoiy fanlar oʻqituvchisi Tarjima: Madina Musayeva
Open in Telegram