O'zimni o'zimga qaytargin, Xudo! ✍Şahrizoda Şarofiddinova 🎙Saadiya Ikramovna @Umr_Falsafasi 🧚♂
Open in TelegramPosts of Umr Falsafasi
Da‘vosi men bo'lgan dardga chalingin. Intizor kunlarim xaqqi- hurmati. Bag'rimni o'rtagan so'nggi oximdan. Boshingga yog'ilsin armon kulfati. ✍NigoraXanum 🎙 Seveench @Umr_Falsafasi 🤍
Open in TelegramBir ayol ko'kka boqar, uchib yurganim shundan, Tomiri yo'q, og'ochman, ko'chib yurganim shundan. Bu dunyosi-ku yolg'on, she'rlarimga andorman, Haq qoshida bir pulman, cho'chib yurganim shundan. ✍Rashid Ho'jamov 🎙Alisher Tursunov @Umr_Falsafasi 🧚
Open in TelegramSirlarim ko’maman yurak tubiga, Ko’nglimga xush yoqar xattoki zulmat. Ko’p gapdan foyda yo’q, haqiqat bitta, Eng kuchli hayqiriq asli sukunat. ✍Movludabonu Imomnazarova 🎙Alisher Uzoqov @Umr_Falsafasi 🤍
Open in TelegramDada, Meni yurakkinam kengmi shuncha? Qancha-qancha alamlarni yutaversam! Axir o'sha baxt deganning narxi qancha, Nahot shunday his qilmasdan o'taversam? ✍Yokutkxon_Abdukadirova 🎙Saadiya Ikramovna @Umr_Falsafasi 💋
Open in TelegramMen neni Istasam erishganim rost, Orzuyim amallar istagidan mo'l, Faqat Ich-ichimdan ketib deyman darz, Sira topolmabman yuraginga yo‘l... ✍Shahrizoda Sharofiddinova 🎙Parizoda Djanonova @Umr_Falsafasi 🦋
Open in TelegramForwarded from Umr Falsafasi
Yuragimning qoʻrisan ukam, Otamning g'amxo'risan ukam. Qadrdonim qadri balandim, Ukalarning zo'risan ukam. ✍Odilbek Qodirov 🎙Nargiza Azizova @Umr_Falsafasi 🍃
Open in TelegramForwarded from Umr Falsafasi
Har narsani borida qadrlang, baxt qushini uchirib afsuslanishdan foyda yoʻq! Qimmatbaho toshni, koʻzingizni xira bosib shagʻal toshga alishmang! U sizniki ekanligini sezdingizmi, qoʻyib yubormang. Muhabbat insonga bir marta beriladi. Arzimagan narsalar bilan bir-biringizga ozor bermang. Yonizdagi insonni shunchaki qadrlang. Oʻz muhabbat olamingizda baxtli boʻling. @Umr_Falsafasi 🍃
Open in TelegramBarcha tuyg'ularim birma-bir o'lsa, Deyman: "Erta kelsa, yana qaytaman". Sen meni ranjittma, iloji bo'lsa, Sen meni ranjitsang, kimga aytaman? ✍Fozilovich 🎙Saadiya Ikramovna @Umr_Falsafasi 🧚
Open in TelegramOna, Xudodan menday qiz so'raganmiding? Yelkangdan bir yukni ololmas nodon. Qo'lidan tayinli bir ish kelmasa, Ba'zida o'zini ko'ruvchi yomon. ✍Mexriniso 🎙Parizoda Djanonova @Umr_Falsafasi 🧚
Open in TelegramYo'llaring to'qnashsa nodonlar bilan, Nomi-yu nishoni insonlar bilan. Yaxshiroq anglaysan Nuxning kemasi, Ne uchun to'lganin hayvonlar bilan... @Umr_Falsafasi 🤍
Open in TelegramForwarded from Mitti Farishta 🖇 || blogi
Buni kim tayorlagan bo'lsa ham rahmat, bizga ba'zi haqiqatlarni eslatib qo‘ydi! Alloh rozi bo‘lsin! Alhamdulillah
Open in TelegramHursan derlar – xo‘rlashar seni, Gulsan derlar, zo‘rlashar seni, Ko‘nmoqqa majburlashar seni, Ayol bo‘lib tug‘ilma Sharqda. ✍Gulnoz Mo'minova 🎙Nigora Hasanova @Umr_Falsafasi 🤍
Open in TelegramTushunmayman, ko‘nglimning istaklari ne, Nedandur yurakka to‘laverar g‘am. Hammasi yaxshidek tuyular, lekin, Yoki men ortiqcha, yoki kimdir kam… ✍Movludabonu Imomnazarova 🎙Alisher Uzoqov @Umr_Falsafasi 🦋
Open in TelegramOvoz chiqarib o'qing! Dengiz bo‘ldi gunohlar, hechqisi yo‘q cho‘kyapmiz. Halol kirib dunyoga, harom chiqib ketyapmiz... Ajoyib-a?! @Umr_Falsafasi 🧚
Open in TelegramO‘limda afsona, ertak bo‘lmaydi, Ajal kelsa tanish kerak bo‘lmaydi. Ey, inson, pulim yo‘q deb nolima aslo, Kafanda baribir cho‘ntak bo‘lmaydi... @Umr_Falsafasi 🤍
Open in TelegramBilmam ne bor o'z-o'ziga tortaverar, Men shoshaman unga shaxdam qadam bilan Muhabbatim, mehrim yana ortaverar, Suhbatlarim eng go‘zali onam bilan🥰 ✍Farrux Davron 🎙Shahina Bahodirova @Umr_Falsafasi🥰
Open in TelegramKelsang choy damlayman sogʻinch qoʻshilgan, Kelmasang alamli achchiq bir qahva, Oʻzingni bir bora koʻrmaganman-u, Tun-u kun haqingda oʻylayman tavba... O'zing ayt kutganim kelasan qachon? ✍Tojiyeva Sitora 🎙Shahina Bahodirova @Umr_Falsafasi 🥰
Open in TelegramNafsimni ozodlikka qo'yib yuborib, Dedim men dunyoga qayta kelmasman. Allohning rahmatidan umid qilsam ham, Men qiyomatga tayyor emasman... @Umr_Falsafasi 🧚♂
Open in TelegramAgar suymasalar qilma g‘alayon, Yuragingga g‘amdan sanchilmasin o‘q... Ular Xudo emas bandadir ishon, Seni kiritmoqqa Jannatlari yo‘q... ✍Zohid Ziyo 🎙Saadiya Ikramovna @Umr_Falsafasi 🦋
Open in TelegramBugun shodlik, tantana, Yuragimda hayajon… Huddi siz kabi mana, Ona boʻldim Onajon… ✍Yasemin 🎙Shahina Bahodirova @Umr_Falsafasi 🧚
Open in Telegram