Uchko‘prik tumanida 33 nafar yoshning 168 million so‘mlik shartnoma pullari to‘lab berildi
Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" sifatida belgilanib, yoshlar bilan uchrashuvlar va muloqotlar o‘tkazilmoqda, ularning murojaat va muammolari o‘rganilib, yechim topish choralari ko‘rilmoqda.
Bugun "Yoshlar kuni" munosabati bilan yurtimizdagi turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 33 nafar uchko‘priklik talabaning 50 foizgacha shartnoma pullari “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab berildi.
Tuman hokimi Qodirjon Erkaboyev, tuman prokurori O‘ktamjon Yo‘lchiyev, ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ilhomjon Ishanqulov, talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda to‘lovni tasdiqlovchi sertifikatlar o‘z egalariga tantanali tarzda topshirildi.
🚨Учкўприкликларга қўшилинг👇🏻
https://t.me/+ThVM4tNA8gnKj_so
https://t.me/+ThVM4tNA8gnKj_so