Account

Posts of Узлуксиз тиббий таьлим миллий институти

newest first

#2359Text

ROSSIYA VA O‘ZBEKISTON: TIBBIY TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIKNING YANGI ISTIQBOLLARI 2026-yil 26-noyabr kuni MDHning sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Tatyana Vladimirovna Semyonova boshchiligidagi delegatsiya Uzluksiz tibbiy ta’lim milliy institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut rektori, professor Habibulla Atoullayevich Akilov kutib oldi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari institutning qariyb bir asrlik tarixi, boy ilmiy-pedagogik merosi, faoliyat yo‘nalishlari, ta’lim jarayonlari va zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tibbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, oliy ta’limdan keyingi tibbiy ta’limni takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlashda o‘zaro tajriba almashish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ikki mamlakat olimlari va mutaxassislari ishtirokida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy ishlar va amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy tibbiy ta’lim texnologiyalarini joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Muloqot davomida bugungi kunda tibbiyot xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida davlat ta’lim muassasalari bilan bir qatorda xususiy ta’lim provayderlarining ham ishtiroki ortib borayotgani qayd etildi. Ushbu yo‘nalishdagi tajriba, ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlari va hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Tashrif yakunida mehmonlar institut faoliyati va uning ta’lim hamda ilmiy salohiyati bilan tanishib, samarali muloqotdan ijobiy taassurot oldilar. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tibbiy ta’lim sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va amaliy tajriba almashish hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar uchun muhim qadam bo‘ldi. Uzluksiz ta’lim orqali — millat salomatligi sari!

Open in Telegram
Views9380%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#2357Text

UZLUKSIZ TIBBIY TAʼLIM MILLIY INSTITUTI VA SIRDARYO VILOYATI: ILMIY-AMALIY HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI 2026-yil 25-noyabr kuni Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy institutining noyabr oyidagi Ilmiy kengashi dolzarb masalalar muhokamasiga boy va qizgʻin tarzda oʻtdi. Unda Sirdaryo viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Vohid Yorqulovich Xudoyqulov, viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalari bosh shifokorlari hamda institut professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Ilmiy kengashda Sirdaryo viloyatida tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, ularni zamonaviy tibbiy bilim va koʻnikmalar asosida qayta tayyorlash, ilmiy-amaliy salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Maʼlumki, Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy institutining respublika boʻylab beshta hududiy filiali faoliyat yuritadi. Ulardan biri Sirdaryo viloyatida joylashgan boʻlib, unga professor Azim Mirzajonovich Ashurov rahbarlik qiladi. Mazkur filialda shifokorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha turli taʼlim sikllari hamda ixtisoslashtirilgan oʻquv kurslari tashkil etib kelinmoqda. Ilmiy kengash doirasida muhim hamkorlik tashabbusi ham amaliy ifodasini topdi. Institut direktori, professor Habibulla Atullayevich Akilov va Sirdaryo viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Vohid Yorqulovich Xudoyqulov oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum Sirdaryo viloyati tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlarning malakasini muntazam oshirish, ularni zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash, ilmiy va amaliy tajriba almashish, yangi davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish hamda hududning malakali tibbiyot kadrlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Bu jarayonda institutning 56 ta kafedrasi ilmiy-pedagogik salohiyati, professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarining tajribasi Sirdaryo viloyati tibbiyot tizimi bilan hamkorlikda muhim oʻrin tutadi. Zero, bunday hamkorlik nafaqat shifokorlar malakasini oshirish, balki hududlarda zamonaviy tibbiy xizmatni rivojlantirish, tibbiy yordam sifatini yaxshilash va eng muhimi, aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qiladi. Chunki tibbiyot sohasida bilim va tajribaning uzluksiz yangilanishi sifatli tibbiy xizmatning muhim asosidir. Uzluksiz tibbiy taʼlim orqali — millat salomatligi sari!

Open in Telegram
Views733−22%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#2356Video
Views1,220+30%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#2355Link preview

Uzluksiz tibbiy ta’lim milliy instituti komplayens korrupsiyaga qarshi kurashish mas’ul xodimi D.A.Kodirov tomonidan institutning Jizzax filialida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda. Jizzax filialida quidagi kafedralar o’z dars jarayonlarini olib borishmoqda“Gigiyena va radiatsion xavfsizlik” kafedrasi 4.1.20.Dietologiya sikli, Jamoat salomatligi kafedrasi 5.1.62.Tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi transformatsiyasi sikli, Travmatologiya kafedrasi 2.11.23.Bolalarda tug‘ma ortopedik kasalliklarni erta aniqlash sikli va Pediatriya va bolalar ovqatlanish kafedrasining 3.2.32.Sog‘lom va bemor bolalar ovqatlanishi masalalari sikli. Tashrif davomida filialda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinmoqda. Shuningdek, filial xodimlari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oqibatlari, xizmat vazifalarini bajarishda halollik va xolislik tamoyillariga rioya qilish, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — filial faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish, sog‘lom va shaffof muhitni shakllantirish hamda xodimlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishdan iborat. KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ — HALOLLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLAYMIZ!ТХКМРМ расмий телеграм канали - https://t.me/txkmrm Марказнинг Матбуот хизмати томонидан юритилади. Марказ расмий сайти — tipme.uz

Open in Telegram
Views925−1%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#2354Link preview
Views706−25%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#2349Video
Views1,430+52%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#2342Photo
Views1,070+14%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—