Forwarded from Istanbul Boshkonsulxonasi
🎬 ALISHER UZOQOVNING “CHEMPION” FILMI TURKIYADA NAMOYISH ETILADI! 7-noyabr kuni Istanbul shahrida “Chempion” nomli film tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Film rejissyori Alisher Uzoqov hisoblanib, namoyishida o‘zbek kinosining taniqli aktyorlari Matyoqub Matchonov, Tohir Saidov, Lola Eltoyeva, Bobur Yo‘ldoshev, Aysanem Yusupova va boshqa san’atkorlar ishtirok etadi. 📅 Sana: 7-noyabr, 2026-yil 🕑 Vaqt: 14:00 📍 Manzil: Atlas 1948 kinoteatri, Istanbul Manzil: Kuloğlu mahallasi, Istiqlol ko‘chasi, 131-uy, Beyo‘g‘li. 🎟 Kirish BEPUL! Barcha kino ixlosmandlarini “Chempion” filmi namoyishiga taklif etamiz!
Open in Telegram









