Account

Posts of Turkiyadagi Talabadan...| Yulduzlar tomon

newest first

#6898Video
Views655−16%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#6888Text
Views908+17%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#6882Text

Dardlari erkinlikmi? "Barcha hayvonlar tengdir. Lekin bazi hayvonlar ko'proq tengdir" George Orwel Ozarbayjonda bo'layotgan voqealardan xabaringiz bordir. Ro'molli qizlar va o'qituvchilar maktabga olinmayapti. Siyosiy jihatlarini qaysi tashqi kuchlar ta'siri borligini aytmoqchi emas. Internetga kirib ozgina qidirgan odam sabablarini ko'radi. Yo'q joydan bunaqa holat bo'lgani yo'q. Bilasizki Feminizm degan g'oya bor. Bizga ham oxirgi yillarda turli bo'yoqlarga bo'yalib kirib kelgan. Amerikada 3 ta bolasini o'ldirgan ayolni oqlab bergan, Eronda ozgina cho'q chiqsa 7/24 soat Erondagi ayollar huquqlari haqida yozadigan. Hatto yaqinda bitta aviakompaniya xodimi bilan bo'lgan O'zbek tili masalasini ham "xodim ayol bo'lgani uchun" deb eng be'mani shaklda masalani boshqa tarafga tortgan g'oya. Bularning iddaosi shu: "Biz ayollar haq huquqini himoya qilamiz" deydi. Bir qarashda naqadar go'zal iddao deysiz. Masala shu yerda boshlanadi. Qaysi ayollar? Masalan, bugungi kunda Ozarboyjonda boshida ro'moli borligi uchun maktabga olinmayotgan qizlar va ayol o'qituvchilar haqida hech qaysi feminist tashkilotdan bir "reaksiya" ko'rmadim. Hayron ham qolmadim Yillardir bilamizki bularning dardi ayollarning haq-huquqi emas. Bazi ayollarning "haq huquqi". Bugun yoshlar orasida feminizm degan g'oyani targ'ib qilayotganlar, bilib bilmay "zo'r ekan" deb o'ziga "feministman" deyotganlar bularning aslida kimligi va nimani himoya qilishini bilishi kerak. Yillardir shu yerda kiyimi, dini, irqi, sotsial statutusidan qatiy nazar inson huquqi, ayollar haq huquqlari haqida yozib kelaman. 'Feminist bo'lmagan inson, ayollar haq huquqini himoya qilmaydi' degan fikr absurt. Ayol-erkak farqi yo'q haqni va huquqni himoya qilish hammaning vazifasi. Lekin bu feministlarga o'xshab "Barcha ayollar tengdir lekin bazi ayollar ko'proq tengdir" tushunchasi bilan emas. Dini, irqi, kiyimi, sotsial statusidan qatiy nazar adolat va haqqoniyli bir shaklda himoya qilinadi

Open in Telegram
Views1,420+83%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—