✔️🟦🟦🟦🟦🟦 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI BÖLIB ÖTMOQDA Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutida “Özbekistonda yangi iqtisodiy islohotlar şaroitida paxta, töqimaçilik, yengil sanoat va matbaa sohalari texnologiyalarini rivojlantiriş istiqbollari va muammolari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bölib ötmoqda. Anjumanda «Özçarmsanoat» uyuşmasi raisi Aliyor Latipov, “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi raisi örinbosari Doniyor Xabibullayev, “VIRTUS TRICOT” korxonasi direktori Sadulla Ziyayev, institutning ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Nodir Mirzayev, fakultet dekanlari, mutasaddi rahbarlar hamda respublikaning turli hududlaridan taşrif buyurgan soha vakillari iştirok etmoqda. Ilmiy-amaliy anjuman Özbekiston Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti hamkorligida taşkil etilgan bölib, sohaning bir qator dolzarb masalalarini qamrab olgan. Anjuman doirasida paxta, töqimaçilik, yengil sanoat va matbaa tarmoqlarining texnologik rivojlanish istiqbollari, mavjud muammolar hamda ularning yeçimlariga oid masalalar soha mutaxassislari, olimlar va tadqiqotçilar iştirokida muhokama qilinmoqda. Anjuman ertaga, 25-noyabr kuni ham öz işini davom ettiradi. ——— 🇷🇺Краткое содержание В Ташкентском институте текстильной и лёгкой промышленности проходит республиканская научно-практическая конференция, посвящённая перспективам и проблемам технологического развития хлопковой, текстильной, лёгкой и полиграфической отраслей. ——— 🇬🇧English summary A national scientific and practical conference is underway at the Tashkent Institute of Textile and Light Industry, focusing on the prospects and challenges of technological development in the cotton, textile, light industry and printing sectors. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 236 |
| 2 h | 449 |
- After 1 hour236
- Total to date449