🧷🧷🧷Ilmiy maktab doirasida uchrashuv tashkil qilindi
🔥🔥🔥Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish hamda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026-yil 21-sentyabr kunida Jinoyat-protsessual huquqi sho‘basi professori Bazarova Dildora Baxadirovnaning ilmiy maktabi doirasida “Jinoyat protsessida shaxs huquqlarining protsessual kafolatlari” mavzusida ilmiy uchrashuv tashkil etildi.
👨🏫👨🏫👨🏫Mazkur ilmiy uchrashuvda sho‘ba professor-o‘qituvchilari, sho‘baga biriktirilgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar hamda “Central Asian Legal Research Fellowship” xalqaro huquqiy tadqiqot dasturi doirasida Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurgan Indoneziyaning Sebelas Maret universiteti dekani Muhammad Rustamaji ham ishtirok etdi.
💻💻💻Ilmiy uchrashuvda Muhammad Rustamaji tomonidan jinoyat protsessida shaxs huquqlarining protsessual kafolatlarini taʼminlashda jinoiy odil sudlov prinsiplari va ularni qo‘llashning o‘ziga xos jihatlari, raqamlashtirish sharoitida shaxs huquqlarini himoya qilishning zamonaviy tendensiyalari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mazkur ilmiy uchrashuvda shaxs huquqlarining protsessual kafolatlarini ta’minlashda qonuniylik, aybsizlik prezumpsiyasi, tortishuvchanlik, sud nazorati va boshqa huquqiy kafolatlarni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
📝📝📝Ilmiy uchrashuv yakunida shaxs huquqlarining protsessual kafolatlari takomillashtirish, shu jumladan tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish, “asosli gumon” (Prima Facie) xalqaro standartini milliy qonunchilikka joriy qilish mexanizmlari yuzasidan takliflar ilgari surildi.
@TSUL_CPL