🟦🟦🟦🟦 🇺🇿 PREZIDENT MAKTUBI — YOSHLARGA HAYOTIY NASIHAT VA EZGU TILAKLAR 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga davlat tashrifi davomida, samolyotda suyukli nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan maktubining mazmun-mohiyati Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali direktori, veterinariya fanlari doktori professor Yuldashov Nurbek Ergashovich tomonidan filial talabalariga yetkazilmoqda. 🔴 Davlat rahbarining ushbu maktubi nafaqat nabirasiga, balki O‘zbekistonning barcha yoshlariga qaratilgan samimiy murojaat, hayotiy tajriba va ezgu nasihatlarni o‘z ichiga olgan. 🔘 Maktubda Prezident o‘z bolalik xotiralari, hayot yo‘li, xalq va Vatan oldidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritib, yosh avlodni ilm olishga, vaqtni qadrlashga, xorijiy tillarni o‘rganishga, zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalanishga hamda qiyinchiliklar qarshisida irodali bo‘lishga undaydi. 🔈 Maktubda, shuningdek, ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosidan faxrlanish, Vatanga sadoqat, halollik, kamtarlik va mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni asrab-avaylash muhimligi alohida ta’kidlangan. 🔵 Yoshlarning bilimli, irodali va maqsad sari intiluvchan bo‘lishi mamlakat kelajagi uchun muhim ekani qayd etilgan. 🔴 Filiali talabalari bilan maktub mazmuni yuzasidan olib borilayotgan suhbatlarda ushbu hayotiy nasihatlarning yoshlar tarbiyasi, bilim olishga intilish va kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun ahamiyati keng yoritilmoqda. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 📱Telegram |📱Veb-sayt📱You Tube📱Facebook📱Instagram
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 123 |
| 2 h | 218 |
| 4 h | 271 |
- After 1 hour123
- After 6 hours271
- Total to date271