Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#brifing Soliq tölovçilarning murojaatlarini körib çiqiş va ularda körtarilgan masalalarni öz vaqtida va sifatli hal etiş soliq organlarining ustuvor vazifalaridan biridir. Bu soliq xizmatiga bölgan işonçni mustahkamlaşda muhim ahamiyatga ega. 📊 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Soliq qömitasiga jami 35 042 ta murojaat kelib tuşgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 6 779 taga kam. Soliq tölovçilar asosan soliqlarni hisoblaş, soliq hisobotlarini şakllantiriş va yuboriş, tölovlarni amalga oşiriş, şuningdek, soliqqa oid maʼlumotlarni oliş masalalari yuzasidan murojaat qilmoqda. Murojaatlar bilan işlaşda eʼtibor faqat ularning sonini kamaytirişga emas, balki kelib çiqiş sabablarini aniqlaş va bartaraf etişga ham qaratilmoqda. Har bir murojaat tahlili asosida tizimli çoralar körilib, takroriy murojaatlarga sabab bölayotgan omillarni bartaraf etiş uçun izçil işlar olib borilmoqda. Batafsil 👆 Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Open in Telegram