Qurʼon tilovatini ortga surib, kundalik tashvishlar ketidan chopaveramiz. Tashvishlar esa koʻpaygandan-koʻpayib boraveradi. Shu bilan Qurʼondan uzoqlashib ketamiz va uning barakasidan mahrum boʻlib qolamiz. Oqibatda vaqtning barakasi oʻchib, jonbaxsh ozuqasidan ayrilgan qalblar toraygandan-torayib boraveradi. ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in TelegramPosts of Tolibi ilmlarga eslatma
Duolar mustajob boʻladigan vaqtdan gʻofil qolmang! ✍ @toliblarga_nasihat 🎙️ @toliblarga_ovozli
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 15 h | 671 |
| 33 h | 1,040 |
- Total to date1,040
#eslang_eslating Juma kuni ko’p salovat aytishning fazilati! ✍️ @toliblarga_nasihat 🎙️ @toliblarga_ovozli
Open in TelegramImom Shotibiy rahimahulloh: “Namozning maqsadlaridan biri — dunyo alamlari va tashvishlaridan rohatlanish (orom olish)dir”, dedi. “Muvafaqot” asaridan. Siz uchun ham shundaymi? yoki aksincha… ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in TelegramIbn Qayyim rahimahulloh aytadi: «Alloh taolo bir bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, uning qalbidan oʻz yaxshi amallarini koʻrishni va tilidan ular haqida gapirishni ketkazadi hamda uni oʻz gunohlarini koʻrish bilan mashgʻul qilib qoʻyadi». 📚 «Tariqul hijratayn», 172-b. ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in Telegram🔥 YAXSHILIK QILISH IMKONINI QOʻLDAN BOY BERMANG. Birovga naf keltirish imkoniga ega boʻlsangiz, bu imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Yaxshilik qilish uchun katta boylik yoki yuksak martaba shart emas. Baʼzan bir ogʻiz shirin soʻz, samimiy nasihat, biror mushkulni hal qilish yoki muhtojga yordam berish ham insonga katta naf keltirishi mumkin. Moʻmin kishi faqat oʻziga foyda yetkazishni emas, balki boshqalarga ham manfaat yetkazishni oʻylaydi. Rasululloh ﷺ dedilar: «Sizlardan kim birodariga naf yetkazishga qodir boʻlsa, shunday qilsin». 📖Imom Muslim rivoyati ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in TelegramIbn Rajab rohimahulloh dedi: “Robbisida hojati boʻlgani holda sahar vaqti uxlab yotish oqil kishiga durust emas”, ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in TelegramDuolar mustajob boʻladigan vaqtdan gʻofil qolmang! ✍ @toliblarga_nasihat 🎙️ @toliblarga_ovozli
Open in TelegramIbn Taymiya rahimahulloh aytadi: «Gunohidan pushaymon boʻlib, tavba qilgan kishi otasi Odam alayhissalomga, gunoh qilishda davom etaveradigan va bahona topadigan kimsa esa dushmani iblisga oʻxshaydi». 📚 «Majmuʼul fatovo», 2-j., 209-b. ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in Telegram#eslang_eslating Juma kunining sunnatlari: 1. G‘usl qilish 2. Poklanish 3. Hushbo‘ylanish 4. Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish 5. Misvok ishlatish 6. Kahf surasini o‘qish yoki tafakkur, tadabbur qilib tinglash, ma‘nolarini o‘qish 7. Ixlos bilan ko‘p duo qilish 8. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish. ✍️ @toliblarga_nasihat 🎙️@toliblarga_ovozli
Open in Telegram#eslang_eslating Juma kuni ko’p salovat aytishning fazilati! ✍️ @toliblarga_nasihat 🎙️ @toliblarga_ovozli
Open in Telegram“Inson biror balo bilan uygʻotilmaguncha gʻaflatda yuraveradi” Muhammad ibn sallom al-jumahiy. (Tarixi bagʻdod) ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in TelegramOdamlar yutqazgan (muvaffaqiyatsizlikka uchragan) paytlarida qazo va qadarga ishonadilar, iymon keltiradilar. Ammo muvaffaqiyatga erishib qolsalar, ularning har biri oʻzini moʻjiza yaratgan deya oʻylab qoladi va bularning bari Alloh taoloning fazli ekanini unutadi. «Muvaffaqiyatim faqat Allohga bogʻliq. Ungagina tavakkul qildim. Ungagina tavba qilurman», Hud surasi, 88-oyat. ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in TelegramAlloh taolo dedi: كُلُواْ مِنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَٱعۡمَلُواْ صَٰلِحًاۖ «Halol-pok taomlardan yenglar va solih amallar qilinglar!» (Moʻminun, 51). Ibn Usaymin rahimahulloh aytadi: «Allohga shukr, alhamdulilloh deb aytuvchi har qanday kishi shukr qiluvchi boʻlavermaydi, buning uchun albatta solih amallar ham qilishi kerak». 📚 «Sharh al-arbain an-Navaviya», 148-b. ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in Telegram#quron 📜Namozingda Fotiha surasini xotirjamlik bilan, shoshilmasdan oʻqi. Undagi har bir harfni Alloh nozil qilganidek toʻgʻri talaffuz qilishga eʼtibor ber. Zero, Fotiha ummul Qurʼon yaʼni, Qurʼonning onasi va eng ulugʻ suralardan biridir. U namozning rukni boʻlib, namoz faqat u bilan toʻgʻri boʻladi. Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Fotihatul Kitob»ni oʻqimaganning namozi yoʻqdir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. Qurʼon tilovatini mukammal ado etish shunchaki shakliy ish emas. Aksincha, u qalbiy va lisoniy ibodatdir. Bir harfni oʻzgartirish maʼnoning oʻzgarishiga olib kelishi va namozni buzishi mumkin. Ey Allohning bandasi! Uni qanday nozil qilingan boʻlsa, shunday oʻqishga jiddiy ahamiyat ber. Fotihani xushuʼ bilan oʻqi va uni tadabbur qil. Zero, u namozning kaliti va ruhidir. Unda Allohga hamdu sanoni va Undan hidoyat hamda sobitqadamlik soʻralgan duoni jamlaysan. Shunday ekan, uni oʻqishingni chiroyli qil! Shunda namozing yanada komil boʻladi va uning vasf qilishga ojiz boʻlingan barakalari ochiladi. ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in TelegramDuolar mustajob boʻladigan vaqtdan gʻofil qolmang! ✍ @toliblarga_nasihat 🎙️ @toliblarga_ovozli
Open in Telegram#eslang_eslating Juma kunining sunnatlari: 1. G‘usl qilish 2. Poklanish 3. Hushbo‘ylanish 4. Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish 5. Misvok ishlatish 6. Kahf surasini o‘qish yoki tafakkur, tadabbur qilib tinglash, ma‘nolarini o‘qish 7. Ixlos bilan ko‘p duo qilish 8. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish. ✍️ @toliblarga_nasihat 🎙️@toliblarga_ovozli
Open in Telegram#eslang_eslating Juma kuni ko’p salovat aytishning fazilati! ✍️ @toliblarga_nasihat 🎙️ @toliblarga_ovozli
Open in TelegramGunoh-maʼsiyatlar sabab yopilgan Allohning rahmat eshiklari istigʻfor bilan ochilur. ﴾Robbingiz Allohdan magʻfirat soʻranglar, albatta U oʻta magʻfiratli boʻlgan zotdir. Shunda U zot ustlaringizga osmondan yomgʻir quydirur. Va sizlarga mol-dunyo, bola-chaqa bilan madad berur hamda sizlarga bogʻu-boʻstonlar ato qilur va sizlarga oqar daryolar ato qilur﴿. 1) Nuh: 10-12 Shayx Abdulaziz Torifiy ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in TelegramNeʼmat 📜Rizq faqat oy oxirida olinadigan oylik maosh emas. Xotirjam qalb, osoyishta xonadon, duo qiluvchi ona va sodiq doʻstham rizqdir. ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in TelegramKim Alloh taoloning huzurida oʻz maqomi qanday ekanini bilmoqchi boʻlsa, bomdod namozi vaqtida nima bilan mashgʻulligiga qarasin. ✍️ @toliblarga_nasihat
Open in Telegram