🏆“ENG YAXSHI TALABA” tanloviga start beriladi! 👩🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida tahsil olayotgan, bilim va intilishga ega, o‘zining faolligi, tashabbuskorligi hamda erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovi tashkil etilmoqda. 📌Tanlovda ishtirok etish tartibi Tanlovda institutda kunduzgi ta’lim shaklida uzluksiz (akademik ta’tilda bo‘lmagan holda) tahsil olayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. 🔜Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 1-dekabr (shu kun ham qo‘shilgan holda). 📍Hujjatlar nomzodlar tomonidan fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga taqdim etiladi. ⌛Tanlov uchun kerakli hujjatlar: 💬Tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik salohiyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faolligi, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari hamda jamoat ishlaridagi ishtiroki aks etgan, ikki betdan oshmaydigan taqdimnoma. 💬Fanlarni o‘zlashtirish natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (baholar qaydnomasi yoki HEMIS platformasidan olingan ma’lumotlar). 💬Nashr etilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy va ijodiy ishlar, ularga tegishli mutaxassislarning taqrizlari hamda ijodiy ishlarning elektron shakli. 💬Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan tadbirlar va tanlovlarda qo‘lga kiritilgan faxriy yorliq hamda diplomlar (nusxalari ilova qilinadi). 💬Grantlarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (mavjud bo‘lsa). Unda grant nomi, moliyalashtirish hajmi, ishtirok shakli va darajasi ko‘rsatilishi lozim. ✔️Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 🔈O‘z imkoniyatingizni namoyon eting va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiriting! 👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
Open in TelegramPosts of TKTI TALABALAR HAYOTI
“Mahalladagi universitet” yondashuvi asosida aholining moliyaviy savodxonligi hamda iqtisodiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan amaliy seminar 👩🎓Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov boshchiligida, Xadra MYF vakillari ishtirokida “Mahalladagi universitet” yondashuvi asosida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda iqtisodiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan amaliy seminar va mahorat darsi tashkil etildi. ✔️Seminar davomida aholiga moliyaviy savodxonlik, soliq va kredit munosabatlari, elektron tijorat, eksport faoliyatining asoslari hamda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim jihatlari yuzasidan tushunchalar berildi. 🖥Shuningdek, o‘z biznesini boshlash istagidagi fuqarolar uchun biznes-reja ishlab chiqish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, bozor talabini o‘rganish va tadbirkorlik faoliyatida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ⌛Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, amaliy tavsiya va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. ‼️Mazkur yo‘nalishdagi amaliy mashg‘ulot va mahorat darslarini muntazam tashkil etish orqali aholining iqtisodiy bilimlarini oshirish, moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. 👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 61 h | 275 |
| 71 h | 290 |
- Total to date290
👩🎓KURS QO‘MITALARI FAOLIYATI YUZASIDAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI ⏺Talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda kurs qo‘mitalari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. 🌐Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, shu bilan bir qatorda Kurs qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritayotgan M. Bo‘riyev ishtirok etdi. 💠Uchrashuv davomida kurs qo‘mitalarining asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari, talaba-yoshlar bilan ishlash mexanizmlari hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. 💬Shuningdek, kurs qo‘mitalari faoliyatini samarali tashkil etish, talabalar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularning iqtidor hamda salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi. 👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 61 h | 277 |
| 71 h | 287 |
- Total to date287
Toshkent kimyo-texnologiya institutida navbatdagi “Halollik” tögaragi taşkil etildi 👩🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida talaba-yoshlar o‘rtasida halollik, adolat, vijdonlilik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligi hamda fuqarolik mas’uliyatini oshirish maqsadida navbatdagi “Halollik” to‘garagi tashkil etildi. 💬Tadbir davomida ishtirokchilar bilan halollikning inson hayoti, jamiyat taraqqiyoti va mamlakat kelajagidagi o‘rni, akademik halollik tamoyillari, ta’lim jarayonida shaffoflik va xolislikka rioya etish, korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri hamda uning oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. ⏺Shuningdek, suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurashish faqat mas’ul tashkilotlarning vazifasi emas, balki har bir fuqaroning kundalik hayotdagi shaxsiy pozitsiyasi va mas’uliyatiga ham bog‘liq ekanligi ta’kidlandi. Talabalarga o‘z bilim va salohiyatiga tayanish, imtihon va nazorat jarayonlarida akademik halollik qoidalariga amal qilish, har qanday noqonuniy taklif va holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish yuzasidan tushunchalar berildi. 📲Bundan tashqari, yoshlarning huquqiy bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularda qonunlarga hurmat, shaxsiy mas’uliyat, halol mehnatga intilish, o‘zaro ishonch va adolat tamoyillarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib, mavzu doirasida o‘zaro muhokamalarda faol qatnashdilar. 🔗Bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning korrupsiyaga qarshi huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish hamda halollik tamoyillariga asoslangan hayotiy qarashlarni shakllantirishga xizmat qiladi. 🖥Zero, halollik — insonning eng yuksak fazilati, taraqqiyot poydevori va adolatli jamiyatning mustahkam asosidir!
Open in TelegramPrezident Şavkat Mirziyoyev nabirasi Şavkatbekning “Nega doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan savoliga maktub orqali javob berdi Davlat rahbari maktubida umri davomida el-yurt xizmatiga baxşida etişdan heç qaçon afsuslanmaganini, hayotdagi eng katta xulosalaridan biri millat dardiga darmon bölişdan köra uluğ va afzal iş yöqligini ta’kidladi. Şuningdek, xorijiy mamlakatlarga tez-tez safar qilişidan maqsad köpmillatli xalqning tinç, farovon va tökin yaşaşini ta’minlaş, yoşlarning sifatli ta’lim olişi uçun yangi hamkorlar topiş ekanini qayd etdi. Maktubda nabirasiga bilim oliş, barça fanlarni puxta özlaştiriş, xorijiy tillarni örganiş, ilm-fan yangiliklarini kuzatiş va har kuni yangi könikmalarni egallaş muhimligini uqtirdi. “Şuni doimo yodda tutginki, çinakam muvaffaqiyat bu — muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqarib, ruhni çöktirmay, çidam va jasorat bilan oldinga borişdir. Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir. Şuning uçun heç qaçon yengildim dema! Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur!” deyiladi maktubda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Open in Telegram