Views growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 338 |
| 3 h | 484 |
- After 1 hour338
- Total to date484
Hours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 338 |
| 3 h | 484 |
#eng_yaxşi_tyutor 🏆 “Eng yaxşi tyutor” tanlovi ğoliblari aniqlandi! Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida tyutorlarning kasbiy mahorati, taşabbuskorligi, samarali faoliyati va ilğor tajribalarini e’tirof etiş maqsadida “Eng yaxşi tyutor” tanlovi ötkazildi. Tanlov yakunlariga köra, quyidagi nominatsiyalar böyiça ğoliblar aniqlandi: 🥇“Eng faol tarğibotçi tyutor” — A. Boltayev; 🥇“Eng faol kitobxon tyutor” — R. Mavlonov; 🥇“Eng faol taşabbuskor tyutor” — I. Buronov. Tanlov davomida tyutorlarning professional faoliyati, amalga oşirgan işlari, taşabbuslari va erişgan natijalari baholandi. Ğoliblar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 269 |
| 2 h | 471 |
| 4 h | 575 |
| 6 h | 629 |
#moliyaviy_savodxonlik Agrobank tomonidan talabalar uçun moliyaviy savodxonlik tadbiri taşkil etildi Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Umumjahon jamğariş kuni — World Savings Day 2026” doirasida Markaziy bank taşabbusi va Agrobank hamkorligida talaba-yoşlar iştirokida moliyaviy savodxonlikni oşirişga qaratilgan ma’rifiy tadbir taşkil etildi. Tadbir davomida talabalarga şaxsiy budjetni şakllantiriş, mablağlarni töğri taqsimlaş, jamğarma yaratiş, bank omonatlari va kreditlaridan oqilona foydalaniş, raqamli bank xizmatlari hamda kiberxavfsizlik böyiça muhim tuşunçalar berildi. Şuningdek, interaktiv savol-javoblar va viktorinalar orqali iştirokçilarning moliyaviy bilimlari mustahkamlandi. Tadbir yakunida talabalarning egallagan bilimlarini baholaş maqsadida test sinovi ötkazildi. Faol iştirok etgan talabalarga Agrobank vakillari tomonidan esdalik sovğalari topşirildi. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 401 |
| 3 h | 519 |
| 7 h | 624 |
#uçraşuv Kasaba uyuşmasi bilan uçraşuv va taqdirlaş marosimi Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida kasaba uyuşmalari faoliyati, xodimlarni qöllab-quvvatlaş hamda sportni rivojlantiriş masalalariga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori, texnika fanlari doktori, professor Zafar Tulyaganoviç Xakimov hamda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengaşi raisi Rustam Tursunmuradov iştirok etdilar. Tadbir davomida kasaba uyuşmalarining xodimlar manfaatlarini himoya qiliş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş va jamoada hamjihatlikni mustahkamlaşdagi örni yuzasidan fikr almaşildi. Şuningdek, kasaba uyuşmalari tomonidan taşkil etilgan sport musobaqalarida faol iştirok etib, yuqori natijalarga erişgan ğolib va sovrindorlarni taqdirlaş marosimi ötkazildi. Tadbir doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yöllagan «Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub» nomli maktubi ham talaba-yoşlarga öqib eşittirildi. Şu bilan birga, Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengaşi tomonidan 2026-yilgi kasaba uyuşmasi stipendiyasi ğolibi deb topilgan filial talabasi Eşmatov Ğiyos Şerali öğli sertifikat bilan taqdirlandi. Bundan taşqari, filial kasaba uyuşmasi jamoasi «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekologik taşabbuslarni amalga oşiriş, manzarali va mevali daraxtlar ekiş hamda yaşil hududlarni kengaytirişdagi faolligi uçun diplom bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida esa Kasaba uyuşmalari boğida köçat ekiş tadbiri taşkil etilib, hududni obodonlaştiriş va yaşil maydonlarni kengaytirişga hissa qöşildi. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 474 |
| 3 h | 588 |
| 7 h | 695 |
#tanlov “Konstitutsiya – inson qadri ulug‘langan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilindi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar va doktorantlar o‘rtasida “Konstitutsiya – inson qadri ulug‘langan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilindi. Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlarning konstitutsiyaviy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda inson qadri, huquq va erkinliklari tamoyillarini keng targ‘ib etishdan iborat. 📌 Tanlov ishtirokchilari: Bakalavriat talabalari; Magistrantlar; Mustaqil tadqiqotchilar; Doktorantlar. ⏰ Maqolalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 26-noyabr, soat 18:00 ga qadar. 📩 Maqolalar quyidagi Telegram manzili orqali qabul qilinadi: @Muhandis13 TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 247 |
| 3 h | 490 |
| 5 h | 567 |
| 6 h | 602 |
Hours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 395 |
| 4 h | 612 |
#teatr 🎭 “Oşiq Ğarib va Şohsanam” monospektakli namoyiş etildi Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Özbekiston xalq artisti Gulora Rahimova ijrosida “Oşiq Ğarib va Şohsanam” monospektakli namoyiş etildi. Spektaklda özbek xalqining boy ma’naviy merosidan örin olgan, muhabbat, vafo, sadoqat va insoniy qadriyatlarni tarannum etuvçi “Oşiq Ğarib va Şohsanam” dostoni badiiy talqin orqali tomoşabinlarga havola etildi. Monospektakl davomida san’atkor tomonidan asardagi obrazlar, qahramonlarning keçinmalari va voqealar rivoji yuksak ijroçilik mahorati bilan namoyon etildi. Ijrodagi samimiylik va badiiy ta’sirçanlik tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir talaba-yoşlarning milliy adabiyotimiz, xalq oğzaki ijodi va teatr san’atiga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning ma’naviy dunyoqaraşini kengaytiriş hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga qaratildi. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Open in TelegramOchiq va samimiy muloqot hamda o‘zaro yuksak hurmat ruhida o‘tgan davlat tashrifi O‘zbekiston va Iordaniya munosabatlarida yangi, yorqin sahifa ochdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 374 |
| 3 h | 509 |
| 7 h | 686 |
🇺🇸 Donald Tramp Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovğa qilingan özbek milliy ayvonlari uçun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi. Donald Trampning qayd etişiça, ötgan hafta Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov va AQŞ Içki işlar vaziri Dag Burgum iştirokida ötkazilgan taqdimot marosimi çoğida «Marine One» vertolyotida uşbu ayvonlar ustidan uçib ötiş uning uçun alohida şaraf bölgan. U özbek ustalarining mahorati va mehnatiga yuqori baho berib, ayvonlar 200 yillik toğ yonğoği yoğoçidan tayyorlanganini alohida ta’kidladi. Uning sözlariga köra, özbekistonlik hunarmandlar uşbu inşootlarni yaratiş uçun bir neça oy davomida oilalaridan uzoqda bölib, noqulay ob-havo şaroitida ham mehnat qilgan. Prezident bu ustalarni haqiqiy iste’dod sohiblari deb atadi. AQŞ Prezidentining ta’kidlaşiça, mazkur ayvonlarni şaxsiy mulk sifatida saqlab qoliş örniga, ularni jamoatçilik foydalanişi uçun taqdim etişga qaror qilgan. Ayni paytda ular Vaşingtondagi Tidal Basin suv havzasi sohilida, Jefferson memoriali va Vaşington monumenti körinib turadigan hududda joylaştirilgan. Şuningdek, Donald Tramp bir yildan söng Milliy qahramonlar boği oçilişi bilan mazkur ayvonlar şaharning eng gavjum va diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanişiga işonç bildirdi. U yerda diplomatik qabullar, gözallik va madaniy tadbirlar, Sakura gullaşi festivali doirasida esdalik suratlari hamda turli jamoatçilik tadbirlarini ötkaziş rejalaştirilgan. "Özbekistonlik mohir ustalar haqiqiy iste’dod sohiblaridir! Ular uşbu gözal ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etişdi. Bu ayvonlar çindan ham hayratomuz!" - deb yozdi Donald Tramp. AQŞ Prezidenti, şuningdek, loyihani amalga oşirişda yaqindan hamkorlik qilgan Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va AQŞ Milliy boğlar xizmatiga minnatdorlik bildirdi. Ma’lumot uçun, mazkur ayvonlar Özbekiston hunarmandlarining milliy me’morçilik an’analari va yuksak hunarmandçilik mahoratini Amerika jamoatçiligiga namoyon etuvçi öziga xos tuhfa böldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 381 |
| 3 h | 505 |
| 7 h | 673 |
Hurmatli professor-ōqituvçilar va talabalar! Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasiga yōllagan maktubi mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ezgu ḡoyalar, yoş avlodga qaratilgan hayotiy nasihatlar yuzasidan “Ma’rifat soati” darsi taşkil etiladi. Dars davomida ilm oliş, vaqtni qadrlaş, zamonaviy texnologiyalarni puxta ōzlaştiriş, Vatanga sadoqat va yuksak insoniy fazilatlar haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. 📅 Vaqti: 11:30 📍 Manzil: Filial faollar zali. Barça professor-ōqituvçilar va talabalarni uşbu ma’rifiy tadbirda faol iştirok etişga taklif etamiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Open in Telegram#XalqaroKimyoOlimpiadasi 1–5-dekabr kunlari kimyo fanidan xalqaro olimpiada ötkaziladi Oliy ta’limni rivojlantiriş va global hamkorlik markazi tomonidan kimyo fani böyiça Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada (ABICO) taşkil etilmoqda. Mazkur xalqaro bellaşuvda Özbekiston va xorijiy universitetlarning bakalavriat bosqiçi talabalari özaro kuç sinaşadi. Olimpiadada har bir universitetdan 4 nafargaça talaba va 1 nafar jamoa rahbari qatnaşişi mumkin. Özbekistonlik talabalar xalqaro bosqiçga milliy saralaş orqali yöllanma oladi. Xorijiy jamoalar uçun iştirok bepul. Xalqaro olimpiada Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida ötkazilmoqda. 📍 Manzil: Xorazm viloyati, Ma’mun universiteti 📅 Vaqti: 2026-yil 1–5-dekabr Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Open in TelegramPrezident Şavkat Mirziyoyev nabirasi Şavkatbekning “Nega doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan savoliga maktub orqali javob berdi Davlat rahbari maktubida umri davomida el-yurt xizmatiga baxşida etişdan heç qaçon afsuslanmaganini, hayotdagi eng katta xulosalaridan biri millat dardiga darmon bölişdan köra uluğ va afzal iş yöqligini ta’kidladi. Şuningdek, xorijiy mamlakatlarga tez-tez safar qilişidan maqsad köpmillatli xalqning tinç, farovon va tökin yaşaşini ta’minlaş, yoşlarning sifatli ta’lim olişi uçun yangi hamkorlar topiş ekanini qayd etdi. Maktubda nabirasiga bilim oliş, barça fanlarni puxta özlaştiriş, xorijiy tillarni örganiş, ilm-fan yangiliklarini kuzatiş va har kuni yangi könikmalarni egallaş muhimligini uqtirdi. “Şuni doimo yodda tutginki, çinakam muvaffaqiyat bu — muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqarib, ruhni çöktirmay, çidam va jasorat bilan oldinga borişdir. Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir. Şuning uçun heç qaçon yengildim dema! Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur!” deyiladi maktubda. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 14 h | 709 |
| 24 h | 801 |
#teatr 🎭 “Oşiq Ğarib va Şohsanam” Hurmatli talabalar va ustozlar! Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali sizni ajoyib sahna asarini tomoşa qilişga taklif etadi! “Oşiq Ğarib va Şohsanam” monospektakli Ijroda: Özbekiston xalq artisti Gulora Rahimova Xalqimizning eng gözal işq dostonlaridan biri sevimli san’atkor ijrosida sahnada jonlanadi! 🗓 Sana: 24-noyabr ⏰ Vaqt: 15:00 📍 Joy: Faollar zali TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 20 h | 855 |
| 25 h | 880 |
Hours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 20 h | 834 |
| 25 h | 871 |
#uçraşuv Kasaba uyuşmasi bilan uçraşuv va taqdirlaş marosimi Ertaga, 24-noyabr kuni soat 14:00 da Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Rustambek Tursunmuradov iştirokida viloyat kasaba uyuşmasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötadi. Uçraşuv doirasida kasaba uyuşmasi tomonidan taşkil etilgan sport musobaqalarida faol iştirok etgan hamda ğoliblikni qölga kiritgan iştirokçilarni taqdirlaş marosimi ham ötkaziladi. Barça professor-öqituvçilar, xodimlar va talaba-yoşlarni uşbu tadbirda faol iştirok etişga taklif etamiz! 📊 Vaqti: 14:00 📍 Manzil: Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Open in Telegram#phd Mirzayev Komiljon Abdullajonoviçning iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) dissertatsiya işi himoyasi töğrisida 👉 Batafsil saytda TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Open in Telegram💻 IT va kiberxavfsizlik yönalişida bepul onlayn ta’lim oliş imkoniyati yaratildi! Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-martdagi PF–38-son Farmoni ijrosi doirasida “Beş million sun’iy intellekt yetakçilari” loyihasi orqali yoşlar uçun quyidagi ta’lim resurslari taqdim etilmoqda. 🌐aileaders.uz – platformasida kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qiliş yönalişlari böyiça 30 ta bepul onlayn öquv kursi mavjud. Jumladan: ↪️Oracle – “Cloud Security Professional (2025)” sertifikatiga tayyorgarlik; ↪️Huawei – “HCIA-Security V4.0 Course”; ↪️MohirDev – “Kali Linux asoslari”; ↪️IT Study – “Kiberxavfsizlik asoslari”; ↪️DataCamp – “Ma’lumotlar xavfsizligiga kiriş”. 🌐 it-istedod.uz portalining “Video resurslar” oçiq bölimida kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, dasturlaş, operatsion tizimlar va boşqa raqamli texnologiyalar böyiça öquv materiallari jamlangan. Xususan, kiberxavfsizlik yönalişida 20 ta videodars mavjud. 📚 Raqamli texnologiyalar sohasida yangi bilimlarni egallaş va kasbiy könikmalaringizni rivojlantiriş uçun uşbu bepul ta’lim imkoniyatlaridan foydalaning! TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Open in Telegram#harbiyta'lim Talabalar uchun harbiy taʼlim imkoniyatlari taqdim etildi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti vakillari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda mazkur harbiy institut katta oʻqituvchisi, podpolkovnik Ahmadov Zohidxon Yoqubjanovich hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari Otabek Abdugʻaniyev ishtirok etdi. Tadbir davomida harbiy institutda yaratilgan imkoniyatlar, mavjud taʼlim yoʻnalishlari hamda oʻqishga qabul qilish tartibi haqida batafsil maʼlumot berildi. Taʼkidlanganidek, harbiy institutda kursantlar uchun ikki yillik tahsil toʻliq davlat byudjeti asosida amalga oshiriladi. Oʻqish davomida kursantlarning barcha zaruriy taʼminoti davlat hisobidan qoplanadi. Taʼlimni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga “Leytenant” harbiy unvoni berilib, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida xizmat faoliyatini davom ettirish imkoniyati yaratiladi. Muloqot davomida talabalar oʻqishga kirish talablari, tanlov bosqichlari, mavjud mutaxassisliklar va kelgusidagi xizmat faoliyati yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, harbiy taʼlim olish istagidagi yoshlarni tegishli yoʻnalishlarga yoʻnaltirish, ularga hujjat topshirish va qabul jarayonlari boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish masalalari muhokama qilindi. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Open in Telegram