Account

Posts of TKTI Yoşlar Ittifoqi

newest first

#34290Photo

🗓 Bugun poytaxtda | 26-noyabr, payshanba ✅ Bugun — Yoshlar kuni! ☀️ Ob-havo: Toshkentda hozir havo qisman quyoshli, harorat +13°C. Bugun kunduzi +22°C, kechasi +7°C atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 🌧 📍 Bugun uchun kerakli imkoniyatlar, deadline’lar va poytaxtdagi qiziqarli manzillar bir joyda. 👍 Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov Toshkent davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. 🎓 Ta’lim, ilm-fan va texnologiyalar: 👨‍💻 Techstars Startup Week Tashkent 2026 — Humo Arenada xalqaro startap festivalining yakuniy kuni. Dasturda kreativ iqtisodiyot, sun’iy intellekt, biznes va innovatsiyalarga oid uchrashuvlar mavjud. Dastur 💭 “G‘oyaLab” — talabalar uchun loyihalar taqdimoti! Soat 14:45 da Humo Arenada talabalar o‘z g‘oyalarini namoyish etadi. Eng yaxshi loyiha amalga oshirilishi uchun qo‘llab-quvvatlanadi. Batafsil 💻 “ML Choy” — sun’iy intellekt mutaxassislari bilan uchrashuv! Soat 14:00 da Humo Arenada AI va mashinali o‘qitish bo‘yicha mentorlik sessiyasi rejalashtirilgan. Dastur ⏲ “CODE IB | Tashkent 2026” — soat 09:30 dan kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va dasturiy ta’minot bo‘yicha xalqaro konferensiya. Manzil: Uztelecom, Mo‘minov ko‘chasi, 4/2. Ro‘yxatdan o‘tish 🩺 Tibbiyot talabalari o‘rtasidagi I Osiyo xalqaro olimpiadasi — Toshkent davlat tibbiyot universitetida to‘rt davlatdan kelgan 22 ta jamoa ishtirokidagi jarrohlik bo‘yicha bellashuvlar yakunlanmoqda. Batafsil 📚 Turin politexnika universitetida xalqaro ilmiy konferensiya! Menejment, iqtisodiyot, texnologiya va sun’iy intellekt sohasidagi innovatsiyalar muhokama qilinadi. Batafsil 📃 Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ilmiy konferensiya! 26–27-noyabr kunlari raqamli iqtisodiyot va qurilish sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Konferensiyalar taqvimi 💼 Biznes, startap va xalqaro tadbirlar: 🎉 “PizzaPitch Women” g‘oliblari e’lon qilinadi! Ayollar startaplari uchun umumiy mukofot jamg‘armasi 45 million so‘m bo‘lgan tanlov yakunlari bugun ma’lum qilinishi rejalashtirilgan. Batafsil 🏕 “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro yarmarkasi — CAEx majmuasida soat 10:00–17:00 oralig‘ida davom etadi. Turizm, xalqaro hamkorlik va biznesga oid taqdimotlar o‘tkaziladi. Bugungi tashrif soha mutaxassislari uchun. Dastur 📸 “Global Media Campus” — soat 14:00–18:00 da turizmda media, blogerlik, kontent marketingi va mamlakat brendini rivojlantirish mavzularida sessiyalar. Manzil: CAEx, turizm yarmarkasi doirasida. Batafsil 🌾 Agro Expo Uzbekistan — 2026 — “O‘zekspomarkaz”da qishloq xo‘jaligi, zamonaviy texnika va innovatsion agrotexnologiyalar bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma davom etmoqda. Batafsil 🛠 CAIHE 2026 xalqaro ko‘rgazmasining so‘nggi kuni! Qurilish asbob-uskunalari, sanoat mahsulotlari va texnologiyalar namoyish etiladi. Manzil: “O‘zekspomarkaz”. Batafsil 🏆 Sport va yangi imkoniyatlar: 🤼‍♂️ Toshkentda xalqaro dzyudo mashg‘ulotlari! 26–28-noyabr kunlari O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan yosh sportchilar ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkaziladi. Batafsil 👨‍💻 Uzspace Hackathon 2026 — ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni! Sun’iy intellekt va geografik axborot tizimlari bo‘yicha g‘oyasi bor yoshlar uchun imkoniyat. Ro‘yxatdan o‘tish 🎨 Madaniyat, ijod va hordiq: 👩‍🎨 “San’at Up” — bepul san’at ko‘rgazmasi! Gyote institutida O‘zbekiston va Tojikiston yosh rassomlarining ijodiy ishlari namoyish etilmoqda. Batafsil 🖼 Anvar Rahmatullayevning 90 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma — O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida. Kirish bepul. Batafsil 🌃 Kechki madaniy dasturlar: 🎵Soat 19:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “XX asr palitrasi” kamer musiqa konserti, 🎭 “Ilhom” teatrida “Tortilya-Flet kvartali” spektakli: 🎭 SAHNA klubida stendap dasturi. Tadbirlar chiptali. Afisha 😉Bugungi imkoniyatni ertaga qoldirmang! 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube

Open in Telegram
Views134−45%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#34289Photo
Views162−34%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#34279Photo
Views394+61%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#34269Photo

🏆“ENG YAXSHI TYUTOR” TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI 👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida tyutorlarning kasbiy salohiyati, tashabbuskorligi, ijodkorligi va talabalar bilan ishlash borasidagi samarali faoliyatini munosib e’tirof etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Eng yaxshi tyutor” tanlovining institut bosqichi tashkil etildi. ➡️Mazkur tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 10-dekabrdagi 501-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida o‘tkazilib, unda fakultet bosqichida yuqori natijalarga erishgan tyutorlar ishtirok etdi. 🖥Hakamlar hay'ati tomonidan tyutorlik faoliyati bugungi kunda nafaqat talabalar bilan ishlash, balki ularning shaxs sifatida shakllanishi, ijtimoiy faolligini oshirish, muammolarini o‘rganish va ta’lim-tarbiya jarayonida yaqindan ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi. Tanlov doirasida ishtirokchilar uchta nominatsiya bo‘yicha o‘zaro bellashdilar: 🗣“Eng faol targ‘ibotchi tyutor” — ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari, milliy qadriyatlar va umuminsoniy fazilatlarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish borasidagi faoliyat; 🗣 “Eng faol kitobxon tyutor” — kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, talabalarni mutolaaga jalb qilish va kitobxonlik tashabbuslarini amalga oshirish; 🗣 “Eng faol tashabbuskor tyutor” — yangi loyihalar, ijtimoiy tashabbuslar, talabalar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlar va samarali faoliyat natijalari. 📣Ishtirokchilar tomonidan professional portfoliolar, amalga oshirilgan loyihalar, tashkil etilgan tadbirlar, erishilgan natijalar va ilg‘or tajribalar taqdim etildi. ✔️Hakamlar hay’ati tomonidan har bir ishtirokchining faoliyati belgilangan baholash mezonlari asosida atroflicha o‘rganilib, xolislik, shaffoflik va adolatlilik tamoyillariga rioya etgan holda baholandi. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

Open in Telegram
Views288+18%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—