Account

Posts of "TIQXMMI" MTU IQTIDORLI TALABALAR

newest first

#1155Text

Forwarded from "TIQXMMI" MTU Iqtidorli talabalar bo'limi

📢 DIQQAT, TALABALAR, MAGISTRANTLAR VA YOSH TADQIQOTCHILAR! 🇺🇿 “KONSTITUTSIYA – INSON QADRI ULUG‘LANGAN ERKIN HAYOT VA YANGI KELAJAK POYDEVORI!” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi! “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar o‘rtasida ilmiy maqolalar tanlovi tashkil etiladi. 🎯 Tanlovning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish; Inson qadri, huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyillarini ilmiy jihatdan yoritish; Yoshlarning ilmiy salohiyati va ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash; Konstitutsiyaviy islohotlar va ularning jamiyat hayotidagi ahamiyatini tadqiq etish. 👥 Tanlov ishtirokchilari: Bakalavriat talabalari; Magistrantlar; Mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilar; Tayanch doktorantlar. Ro‘yxatdan o'tish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfz8Oj_f5gfBd6CiHZjFeuC9_3cN9qcTA5OVGtthyjLb78nEQ/viewform?usp=publish-editor 📅 Tanlov muddati: 2026-yil 28-noyabrga qadar maqolalar qabul qilinadi. 📌 Aziz yoshlar! O‘z ilmiy salohiyatingizni namoyon eting, dolzarb ilmiy g‘oyalaringiz va izlanishlaringiz bilan tanlovda faol ishtirok eting! 🏆 Eng yaxshi ilmiy maqolalar mualliflari aniqlanadi va belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi. Ilmiy izlanish — taraqqiyot poydevori, Konstitutsiya esa erkin va farovon hayot kafolatidir! 🇺🇿 Tanlovda faol ishtirok eting!

Open in Telegram
Views739−53%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1154Photo
Views598−62%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1153Link preview
Views8,080+419%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1152Photo

Forwarded from .....

🚀 “ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVI 💡 Innovatsion g‘oyangiz bormi? Uni loyihaga aylantirish va o‘z salohiyatingizni namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat! Universitet talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining 1-bosqichi o‘tkaziladi. 💰 TANLOVNING SOVRIN JAMG‘ARMASI: 50 000 000 so'mgacha ​ 🎯 TANLOVNING ASOSIY MAQSADI Iqtidorli va tashabbuskor talabalar tomonidan ishlab chiqilgan, ilmiy asoslangan, amaliy ahamiyatga ega hamda kelgusida startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan innovatsion g‘oyalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish. TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN? 🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan; 🔹 universitetda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. 🔗 Eslatma: Har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha bilan qatnashishi mumkin. 💡 LOYIHALARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR: ✅ ilmiy dalil va asosga ega bo‘lishi; ✅ yangi mahsulot yoki xizmat yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lishi; ✅ mavjud muammolarga amaliy va samarali yechim taklif qilishi; ✅ kelgusida startap loyihaga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Arizalarni topshirishning so‘nggi muddati: Ro'yxatdan o'ting 🗓 Sana: 2026-yil 10-noyabr ⏰ Vaqt: soat 23:59 gacha https://forms.gle/gpnSXkAsvvpFWeJU8 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni to‘ldirgan holda universitet saralash komissiyasiga taqdim etish talab etiladi. Saralash komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar 📱 Bizni kuzatib boring #TIQXMMI #StartUp #Innovatsiya #IqtidorliTalabalar

Open in Telegram
Views757−51%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1148Photo
Views509−67%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1147Photo
Views404−74%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1146Text

E’LON! KRIPTOLOGIYA FANIDAN RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASINING UNIVERSITET BOSQICHI O‘TKAZILADI! Universitetimizning iqtidorli, bilimga chanqoq va izlanuvchan talabalari diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgustdagi PQ-293-sonli “O‘zbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning kriptologiya sohasidagi bilim va salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli talabalarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kriptologiya fanidan Respublika fan olimpiadasining universitet bosqichi o‘tkaziladi. Olimpiadaning asosiy maqsadlari: -Talabalarning kriptologiya faniga oid nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish; - Iqtidorli va salohiyatli yoshlarni aniqlash hamda ularni rag‘batlantirish; - Kriptografiya, shifrlash algoritmlari va axborot xavfsizligi yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish; - Yoshlarning mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; - Kriptologiya sohasi uchun bilimli va malakali yosh mutaxassislarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shish. Olimpiadada kimlar ishtirok etishi mumkin? Universitetimizda tahsil olayotgan, kriptologiya, kriptografiya va axborot xavfsizligi sohalariga qiziquvchi, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishga intiluvchi barcha iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin. Sana: 2026-yil 5-noyabr; Vaqt: soat 09:00; Manzil: Universitet Axborot-resurs markazining -1-qavati. Olimpiada yakunlariga ko‘ra yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Sizlarni ushbu olimpiadada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Open in Telegram
Views798−49%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1145Photo
Views562−64%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1144Video

Forwarded from TIIAME Startup Club

#StartUp #Tanlov 📌“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi bo'yicha g‘oliblar aniqlandi! 😄 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida talaba-yoshlarning innovatsion salohiyati va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining universiteti bosqichi ko‘tarinki ruhda va murosasiz bahslar ostida bo‘lib o‘tdi! ​Hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan barcha loyihalar atroflicha o‘rganilib, ularning dolzarbligi, innovatsionligi hamda tijoratlashtirish imkoniyatlari munosib baholandi. ​🏆 Tanlov natijalari so'ngiga ko‘ra g‘oliblar: ​🥇 1-o‘rin:Sattorov Ulug‘bek — Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi 🔗 Loyiha:«Sanatoriyalar bir ilovada» ​🥈 2-o‘rin:Xamidullayev Asadulla — Energetika fakulteti 1-bosqich talabasi 🔗 Loyiha:«Manady» ​🥉 3-o‘rin:Asqarov Amir — Ekologiya va huquq fakulteti 3-bosqich talabasi 🔗 Loyiha:«Yurforce AI» ​G‘oliblarimiz maxsus diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar va Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. ​Qolaversa, o‘z taqdimotini o‘tkazgan barcha talabalar nufuzli StartUp Akseleratsiya dasturiga bepul yo‘llanmaga hamda mentorlar bilan ishlash imkoniga ega bo‘ldilar! ​🚀 Barcha g‘oliblarni va tanlovda faol qatnashgan talabalarimizni chin qalbimizdan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz! 📱 Bizni kuzatib boring

Open in Telegram
Views623−60%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1142File
Views1,470−6%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1140Photo
Views724−53%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1139Text
Views3,270+110%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1137Photo
Views638−59%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1136Photo

Forwarded from Doktorantlar Official || PhD, DSc

#️⃣#Prezident_stipendiyasi 📘 Nomzodlar uchun muhim tavsiyalar(4) 🔵 https://stipendiya.edu.uz platformasiga kerakli barcha hujjatlarni o‘z vaqtida kiriting. Tanlovga hujjat topshirishning oxirgi kuni(deadline) joriy yilning 31-oktabr kuni. 4.1. Falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlayotgan dissertatsiyangizning tayyorgarlik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi kerak. 💬 Bu nomzodning ilmiy ishida asosiy natijalar, tahlillar va xulosalar allaqachon shakllangan bo‘lishi zarurligini bildiradi. 4.2. Falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlayotgan dissertatsiyangizning avtoreferatini ham tayyorlashingiz kerak. 💬 Avtoreferat - dissertatsiyaning qisqacha ilmiy mazmunini aks ettiruvchi hujjat bo‘lib, u ilmiy ishning yakuniy bosqichiga yaqinlashganini ko‘rsatadi. 4.3. Agar Siz joriy yilda ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi IELTS xalqaro imtixonini(yoki boshqa) topshirmoqchi bo‘lsangiz, u holda joriy yilning 31-oktabr kunigacha IELTS sertifikatini olishingiz tavsiya qilinadi. 💬 Xalqaro til sertifikati Prezident stipendiyasi tanlovida muhim omillardan biri bo‘lib, nomzodning xorijiy tildagi muloqot va ilmiy salohiyatini namoyon etadi. 4.4. Agar Siz IELTS yoki boshqa xalqaro sertifikatga ega bo‘lsangiz, bu Sizni xorijiy tillarni bilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbatdan ozod etmaydi. 💬 Sertifikat mavjud bo‘lsa ham, nomzodlar xorijiy til bo'yicha suhbat bosqichida o‘z fikrini aniq, mantiqan va ilmiy tarzda bayon eta olishlarini amalda ko‘rsatishlari kerak. 4.5. Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etishlari mumkin. 💬 Ular uchun boshqa davlat stipendiyalari(Navoiy, Ulug‘bek va boshqalar) ta’sis etilmagan. 🎓 Eslatma: Ushbu bosqichda nomzodlardan hujjatlarni to‘liq va belgilangan muddatda topshirish, shuningdek, ilmiy ish tayyorgarligini hujjatlar orqali taqdim qilish talab etiladi. ➡️Foydali botimiz havolasi @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group

Open in Telegram
Views629−60%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1135Photo
Views890−43%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1134Text
Views760−51%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1133Photo
Views718−54%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1132Link preview
Views472−70%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1131Photo

Forwarded from "TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️

Universitetimizning 6 nafar talabasi “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi” sovrindori bo‘ldi Tanlovda universitetimizdan 10 nafar iqtidorli talabaning nomzodi respublika bosqichida ishtirok etish uchun taqdim etildi. Respublika bosqichida talabgorlarning ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari hamda test sinovlari natijalari Vazirlik tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan belgilangan nizom talablari asosida har tomonlama ko‘rib chiqildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining 6 nafar iqtidorli talabasi “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi” sovrindori bo‘ldi. Ular: 🔹 Kozimov Izzatillo Baxtiyorjon o‘g‘li — Gidrotexnika qurilishi fakulteti, Gidroenergetika ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi; 🔹 Ergashev Behzod Baxtiyor o‘g‘li — Gidrotexnika qurilishi fakulteti, Gidroenergetika ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi; 🔹 G‘aniyev Samandar Abdusamat o‘g‘li — Gidromelioratsiya fakulteti, Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi; 🔹 Ziyoviddinov Risqiddin Kamoliddin o‘g‘li — Gidromelioratsiya fakulteti, Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi; 🔹 Qurbonazarov Daston Xudoynazarovich — Gidromelioratsiya fakulteti, Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi; 🔹 Arifbayev Baxtiyor Jamshidovich — Gidrotexnika qurilishi fakulteti, Gidroenergetika ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. Ushbu yuksak natija talabalarimizning ilmiy izlanishlari, bilim va salohiyati, tashabbuskorligi hamda suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarining munosib e’tirofidir... batafsil: https://tiiame.uz/news?id=10040

Open in Telegram
Views651−58%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—