🔴DIQQAT, TALABALAR! “YILNING ENG FAOL TALABASI – 2026” TANLOVIGA START BERILDI!
✅Toshkent gumanitar fanlar universitetining barcha kampuslari talabalari o‘rtasida iqtidorli, bilimdon, tashabbuskor va faol yoshlarni aniqlash, ularning salohiyatini namoyon etish hamda munosib rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng faol talabasi – 2026” tanlovi e’lon qilinadi!
Tanlov quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
✅“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” – fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirgan, ilmiy maqola va tezislari bilan ajralib turgan talabalar uchun.
✅“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” – jamoat ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, tashabbuskorligi bilan namuna bo‘layotgan talabalar uchun.
✅“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” – ilmiy ishlari, ixtirolari, innovatsion g‘oyalari va ratsionalizatorlik takliflariga ega talabalar uchun.
✅“Yilning eng faol sportchi talabasi” – xalqaro va respublika miqyosidagi sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan talabalar uchun.
✅“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” – rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at va haykaltaroshlik yo‘nalishlarida ijodiy salohiyatini namoyon etgan talabalar uchun.
✅“Yilning eng faol ijodkor talabasi” – adabiyot, san’at, musiqa, kino, teatr va boshqa ijodiy yo‘nalishlarda o‘z iste’dodini namoyon etgan talabalar uchun.
✅“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun) – mustaqil tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan, yangi ish o‘rinlari yaratgan talaba-qizlar uchun.
✅TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
Universitetning Toshkent, Samarqand va To‘rtko‘l kampuslarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-, 3- va 4-bosqich talabalari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
✅HUJJATLARNI TOPSHIRISH TARTIBI VA MUDDATI
Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabalar o‘z yutuqlari, ilmiy va ijodiy ishlari, diplom va sertifikatlari hamda jamoatchilik faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlarini 2026-yil 30-noyabrga qadar Toshkent gumanitar fanlar universiteti Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi.
✅G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH
Har bir nominatsiya bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari aniqlanadi. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlanadi!
✅Aziz talabalar! Qaysi kampusda tahsil olishingizdan qat’i nazar, o‘z bilimingiz, iste’dodingiz, tashabbusingiz va erishgan yutuqlaringizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
✅Balki aynan SIZ 2026-yilning eng faol talabasi bo‘larsiz!
Toshkent gumanitar fanlar universiteti – yoshlar iste’dodi, bilim va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi!
📞Call-markaz
Toshkent kampusi:
+99855-555-15-55
📍Lokatsiya
🤩Telegram | 🌐Instagram |
📹Youtube | 🌐Facebook