🤯 Keramikadan yasalgan iPhone 20 Pro chiqishi mumkin! Insayder Fixed Focus Digital’ning aytishicha, Apple 2027-yilda iPhone’ning 20 yilligi uchun keramika detallarini sinayapti. Gap cheklangan sonda chiqariladigan maxsus versiya haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Nega aynan keramika? Uni tirnash juda qiyin. Lekin yerga tushib ketsa, darz ketishi mumkin. Qolaversa, keramikadan detal tayyorlash ham murakkab, ham qimmat. Hozircha bu — mish-mish. Insayderning oldingi xabarlari ham har doim o‘zini oqlamagan. 🌚 Shu ketishda iPhone Duo’ning narxini ko‘rib, «bunisi hali arzon ekan», deydigan kunimiz ham keladi shekilli… @techmobuz
Open in TelegramPosts of Techmob.uz
📱 iPhone Air 2 va iPhone 18 kamerasi yanada bo‘rtib chiqadimi? Internetga sizib chiqqan CAD chizmalariga ko‘ra, ikkala modelda ham orqa kamera blokining qalinligi 3,45 mm dan 3,8 mm gacha oshishi mumkin. Farqi atigi 0,35 mm, lekin telefonga yon tomondan qaraganda kamera bo‘rtig‘i ko‘proq ko‘zga tashlanishi mumkin. 📸 Xo‘sh, kamera osonroq sinadimi? Chizmalarda o‘lcham ko‘rsatilgan, kamera oynasi zarbaga qanchalik chidamli ekani esa hozircha noma’lum. Apple ham bu dizaynni hali tasdiqlamagan. 💬 Siz uchun kamera bo‘rtig‘i muhimmi yoki baribir iPhone’ni g‘ilofda ishlatasizmi? 👇 ✅@techmobuz
Open in Telegram📱 Galaxy S25 uchun One UI 9.5 tayyorlanyaptimi? One UI 9.0 hali to‘liq tarqalib ulgurmasidan, keyingi yangilanish haqida xabarlar paydo bo‘ldi! 👀 Xabarlarga ko‘ra, Samsung serverlarida Galaxy S25 seriyasi uchun One UI 9.5 sinov versiyalari aniqlangan. 🛠 Hozircha yangi funksiyalar va dizayndagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, yangilanish asosan xatolarni tuzatish va tizim barqarorligini yaxshilashga qaratiladi. Siz uchun qaysi biri muhim: yangi funksiyalarmi yoki telefonning muammosiz ishlashimi? 🤔 ✅@techmobuz
Open in Telegram📹YouTube ga Yengi video chiqdi ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ Vivo X500 Pro Max Obzor 🙋♂️Android ishlatuvchi Do'stlaringizga ulashing ✅@techmobuz
Open in Telegram📱 Bepul sun’iy intellekt davri tugayaptimi? Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, One UI tizimida bo‘lajak Galaxy S27 turkumi uchun Galaxy AI Premium obunasi va Max tarifi haqida eslatmalar topilgan. 🆓 Asosiy funksiyalar bepul qolishi mumkin, ammo ulardan foydalanishga qat’iy cheklovlar qo‘yilishi ehtimoli bor. 🔒 Kengaytirilgan imkoniyatlar, video yaratish va cheklovlarni olib tashlash uchun esa obuna kerak bo‘lishi mumkin. 💰 Taxminiy narxlar: • Oyiga — 4,99 dollar • Yiliga — 47,99 dollar ❗️Hozircha bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan. 🤔 Qimmat telefon sotib olib, ichidagi sun’iy intellekt uchun ham alohida pul to‘lashga tayyormisiz? ✅@techmobuz
Open in Telegram🤯 Xiaomi HyperOS 4 GLOBAL yangilanish jadvalini e’lon qildi! 🔥 Xiaomi, Redmi va POCO smartfonlariga HyperOS 4 yangilanishi qachon kelishi haqida dastlabki jadval paydo bo‘ldi! 📅 Yangilanishlar 3 bosqichda tarqatilishi kutilmoqda. 🟢 1-BOSQICH — NOYABR BOSHI 📱 Xiaomi: • Xiaomi 17 Ultra / 17 • Xiaomi 17T Pro / 17T • Xiaomi 15 Ultra / 15 • Leica Leitzphone powered by Xiaomi 📱 POCO: • POCO F8 Ultra / F8 Pro • POCO X8 Pro Max / X8 Pro / X8 • POCO X8 Pro Iron Man Edition • POCO M8 Pro / M8 • POCO C95 Pro / C85 📱 Redmi: • Redmi Note 17 Pro Max 5G • Redmi Note 17 Pro 5G • Redmi Note 17 5G / Note 17 • Redmi Note 15 Pro+ 5G • Redmi Note 15 Pro 5G / Pro • Redmi Note 15 5G / Note 15 • Redmi 17 5G / Redmi 17 • Redmi 17C 5G • Redmi 15C 5G / 15C 📲 Planshetlar: • Xiaomi Pad 8 Pro • Xiaomi Pad 8 ━━━━━━━━━━━━━━ 🟡 2-BOSQICH — NOYABR O‘RTALARI 📱 Xiaomi: • Xiaomi 15T Pro • Xiaomi 15T 📱 POCO: • POCO F9 Ultra / F9 Pro • POCO F7 Ultra / F7 Pro / F7 • POCO X7 Pro • POCO X7 Pro Iron Man Edition 📲 Planshetlar: • Xiaomi Pad 7 Pro / Pad 7 • Xiaomi Pad Mini • POCO Pad X1 / Pad M1 • Redmi Pad 2 Pro 5G • Redmi Pad 2 Pro ━━━━━━━━━━━━━━ 🔵 3-BOSQICH — DEKABR OYI 📱 Xiaomi: • Xiaomi MIX Flip • Xiaomi 14 Ultra / Xiaomi 14 • Xiaomi 13 Ultra / 13 Pro / 13 • Xiaomi 14T Pro / 14T • Xiaomi 13T Pro / 13T 📱 POCO: • POCO F6 Pro / F6 • POCO X8s / X7 / X6 Pro • POCO M8s 5G / M7 • POCO C81 Pro 📱 Redmi: • Redmi Note 14 Pro+ 5G • Redmi Note 14 Pro 5G / Pro • Redmi Note 14 5G / Note 14 • Redmi 15 5G / Redmi 15 • Redmi 14S • Redmi A7 Pro 📲 Planshetlar: • Xiaomi Pad 6S Pro 12.4 • POCO Pad C1 • Redmi Pad 2 9.7 / 9.7 4G • Redmi Pad 2 / Pad 2 4G ━━━━━━━━━━━━━━ ⚠️ MUHIM! Bu taxminiy jadval. Yangilanish sanalari hudud va qurilma versiyasiga qarab o‘zgarishi mumkin. 📲 Yangilanishni tekshirish: Sozlamalar → Telefon haqida → Tizim yangilanishi 👇 Sizda qaysi Xiaomi, Redmi yoki POCO modeli bor? Kommentariyada yozib qoldiring! 👍 — HyperOS 4 yangilanishini kutyapman! ✅@techmobuz
Open in Telegram📱 Galaxy A54 uchun One UI 9.0 tarqalmoqda! Xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy A54 uchun yangilanishni keng miqyosda tarqatishni boshladi 🌍 🇬🇷 Gretsiya, 🇷🇴 Ruminiya, 🇦🇪 BAA va boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilar yangilanishni ola boshlagan. ⏳ Yangilanish bosqichma-bosqich tarqatiladi. Hali bildirishnoma kelmagan bo‘lsa, sozlamalardan tekshirib ko‘ring: ⚙️ Sozlamalar → Dasturiy ta’minotni yangilash → Yuklab olish va o‘rnatish A54 ishlatayotganlar, sizga ham keldimi? 👇 ✅@techmobuz
Open in Telegram📱 Ekran yon tomondan ko‘rinmaydi, lekin yorqinligi ham pasaymaydi! Galaxy S27 Ultra va S27 Pro’da Privacy Display funksiyasining takomillashtirilgan versiyasi paydo bo‘lishi kutilmoqda. 🔒 Bu funksiya ekrandagi ma’lumotlarni yon tomondan qarayotganlardan yashiradi. Masalan, jamoat transportida yoningizdagi odam yozishmalaringizni o‘qiy olmaydi 👀 💡 Xabarlarga ko‘ra, yangi avlodda asosiy kamchilik bartaraf etiladi: funksiya yoqilganda tasvir xiralashmaydi, ekran yorqinligi va tiniqligi saqlanib qoladi. ✅@techmobuz
Open in Telegram📹YouTube kanalimda yangi Video marhamat yoqimli tomosha 👇👇👇👇👇 Video ko'rish uchun Havola
Open in Telegram📹Yangi Video Tayyor marhamat yoqimli tomosha ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ Xiaomi 18 Pro Max To'liq Obzor 🙋♂️Xiaomi ishlatuvchi Do'stlaringizga ulashing ✅@techmobuz
Open in Telegram🍎 Apple’dan 28-oktabrda yangi qurilmalar? Apple Los-Anjelesda o‘tadigan yopiq tadbirga ayrim OAV vakillarini taklif qila boshlagani aytilmoqda. Bu safar taklif hammaga ham nasib qilmagan 👀 Bloomberg jurnalisti Mark Gurmanga ko‘ra, tadbirda quyidagi yangiliklar namoyish etilishi kutilmoqda: 💻 Sensorli ekranli yangi MacBook’lar 📱 Yangi iPad mini 🖥 Keyingi avlod Mac kompyuterlari Hozircha bu qurilmalar taqdim etilishi rasman tasdiqlanmagan. Lekin sensorli ekranli MacBook haqidagi xabarning o‘ziyoq qiziq! ✅@techmobuz
Open in Telegram📱 Samsung’ingiz ro‘yxatda bormi? One UI 9 uchun 28 ta model! Quyidagi ro‘yxatga ko‘ra, ushbu smartfonlar One UI 9’ning barqaror versiyasini olgan yoki olishi kutilmoqda 👇 🔥 Galaxy S turkumi • Galaxy S26 / S26+ / S26 Ultra / S26 FE • Galaxy S25 / S25+ / S25 Ultra / S25 FE / S25 Edge • Galaxy S24 / S24+ / S24 Ultra / S24 FE • Galaxy S23 / S23+ / S23 Ultra 📖 Buklanadigan Galaxy Z turkumi • Galaxy Z Fold7 / Z Flip7 / Z TriFold • Galaxy Z Fold6 / Z Flip6 • Galaxy Z Fold5 / Z Flip5 ✨ Galaxy A turkumi • Galaxy A57 / A56 • Galaxy A37 / A36 • Galaxy A27 ⏳ Ro‘yxatda borligi yangilanish hoziroq kelganini anglatmaydi — tarqatilish muddati model va hududga qarab farq qilishi mumkin. 💬 Siz qaysi modelni ishlatyapsiz? One UI 9 keldimi yoki hali kutyapsizmi? ✅@techmobuz
Open in Telegram🛠 iPhone Duo ekranini almashtirish — 999 dollar! 😳 Xabarga ko‘ra, AQShda buklanadigan iPhone Duo uchun kafolat va AppleCare rejasidan tashqari ta’mirlash narxlari quyidagicha: ▫️ Ichki ekran himoya qatlamini almashtirish — $49 ▫️ Orqa oynani almashtirish — $199 ▫️ Batareyani almashtirish — $229 ▫️ Orqa kamerani almashtirish — $229 ▫️ Tashqi ekranni almashtirish — $379 ▫️ Orqa oyna va tashqi ekranni birga almashtirish — $509 ▫️ Ichki buklanadigan ekranni almashtirish — $999 📌 Ichki ekran narxiga himoya qatlami ham kirishi hozircha noma’lum. 😅 Telefonni olish bir masala, qo‘ldan tushirib yubormaslik esa boshqa masala ekan! Ekran ta’miriga $999 berarmidingiz yoki shu pulga boshqa telefon olarmidingiz? 👇 ✅@techmobuz
Open in TelegramGalaxy A36 uchun One UI 9.0 tarqatila boshlandi! Janubiy Koreyada beta-sinovda qatnashgan Galaxy A36 foydalanuvchilari yangilanishning barqaror versiyasini birinchilardan bo‘lib olishmoqda. 🔥 Endi navbat qolgan foydalanuvchilar va boshqa hududlarga! Hozircha ular uchun aniq sana aytilmagan. Sizning A36’ingizga yangilanish keldimi? Izohlarda yozing 👇 ✅@techmobuz
Open in Telegram📱 ColorOS 17 — 29-oktabrda! OPPO, OnePlus va Realme egalari uchun yangilik: tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, ColorOS 17 yangilanishi 29-oktabrdan tarqatila boshlaydi. 🚀 Birinchilar qatorida quyidagi qurilmalar tilga olingan: • OPPO Find X9 • OPPO Find N6 • OnePlus 15 • OnePlus Pad 4 👀 Eng qiziq jihati — xabarda OnePlus va Realme qurilmalari ham OxygenOS va Realme UI o‘rniga ColorOS 17 olishi aytilmoqda. Biroq bu o‘zgarish qaysi bozorlarga tegishli ekani aniqlashtirilmagan. 🗓 Yangilanishlar yil oxirigacha bosqichma-bosqich davom etadi. Ayrim qurilmalarga esa navbat keyingi yili yetib keladi. Sizningcha, uchta brend uchun bitta interfeys — yaxshi qarormi? 💬 ✅@techmobuz
Open in Telegramtechmobyuklabot yanada yaxshiroq ishlashni boshladi bazi o'zgarishlar kiritildi sinab ko'ring Instagram youtube tik tok platformalardan videolar oson ko'chiriladi
Open in Telegram📹YouTubeda yangi Video 👇👇👇👇👇👇👇👇 Xiaomi 18 Fold To'llq Obzor 🙋♂️Xiaomi ishlatuvchi Do'stlaringizga ulashing ✅@techmobuz
Open in Telegram