🤔Bu nimasi bo‘ldi endi? Chikagoda yuzlab odamlar The Bean haykalini 18 sm chapga surish uchun yig‘ilganidan so‘ng, bu g‘alati tashabbus Vashingtonga ham ko‘chdi. Endi navbatdagi “nishon” — AQShning eng mashhur monumentlaridan biri. Vashingtonda odamlar Oq uy bilan bir chiziqqa tushishi uchun Washington Monument’ni chapga surishga urinishdi. Taxminan 100 ming tonna og‘irlikdagi monument, tabiiyki, joyidan qimirlamadi) Bularning barchasi jiddiy loyiha emas, balki internetdagi hazil va odamlarni birlashtirgan noodatiy aksiyalar. Biroq, minglab odamlarning shunchaki bir monumentni surish uchun yig‘ilishi — internet hazillarining real hayotga qandayin tezkorlik bilan koʻchishini koʻrsatib beryapti. Siz bu haqda qanday fikrdasiz? Izohlarda fikringizni kutaman ✅@TeacherAzam
Open in TelegramPosts of Teacher Azam
💻 Jensen Huang NVIDIA CEO lavozimiga qayta tiklandi: Men bu safar yaxshiroq “CEO” boʻlaman… NVIDIA direktorlar kengashi 23-noyabr kuni Jensen Huangni kompaniya prezidenti va bosh direktor (CEO) lavozimiga 11 kunlik tanaffusdan so‘ng qayta tikladi. Qaror kengash tomonidan bir ovozdan qabul qilindi. Avvalroq Huang iste’foga chiqqan edi. Kengash uning qaytishi yuzasidan AQSh hukumati vakillari bilan maslahatlashib, uning rahbarligi milliy xavfsizlikka tahdid tug‘dirmasligiga ishonch hosil qilganini bildirdi. Huangning qaytishi NVIDIA uchun muhim burilish bo‘lib, u kompaniyaning SI chiplar bozoridagi yetakchiligini saqlab qolish va kelajakdagi strategiyasini boshqarishda davom etadi. ✅@TeacherAzam
Open in TelegramHafta Tahlili 33-son Haftaning eng muhim voqealari, kutilmagan hodisalar va jamiyatda muhokama uyğotgan masalalar — barçasi bir son içida. Azam Qahramoniy bilan haftaga nazar, voqealar ortidagi sabablar va odatdagidan biroz boşqaçaroq tahlil. 33-sonni tomosha qiling va fikringizni izohlarda bölishing! Video uchun havola: https://youtu.be/LbN84FUqE24 ✅@TeacherAzam
Open in Telegram🌐Antaliyada boʻlgan COP31 sammiti kelishuvsiz yakunlandi. Sabab: Rossiya va Arab mamlakatlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning COP31 iqlim sammiti ikki haftadan ortiq davom etgan muzokaralardan so‘ng kelishuvsiz yakunlandi. Bu 2009-yilda Kopengagenda oʻtgan COP15 dan beri iqlim bo‘yicha eng yirik diplomatik muvaffaqiyatsizliklardan biri bo‘ldi. Asosiy kelishmovchilik qazilma yoqilg‘ilardan voz kechish va rivojlanayotgan davlatlarga iqlim oqibatlariga qarshi kurashish uchun moliyaviy yordam ajratish masalalarida yuzaga keldi. Yakunda Rossiya va Fors koʻrfazi davlatlari qazilma yoqilgʻilardan voz kechmasligini, Yevropa Ittifoqi esa ushbu davlatlarsiz hech qanday shartnoma tuzmasligini maʼlum qilgan. Amaldagi siyosatlar davom etsa, 2100-yilga kelib global harorat 2,8°C ga oshishi mumkin. ✅@TeacherAzam
Open in Telegram😧 Kevin McCallister yana qaytmoqda! 36 yil oldin butun dunyoga tanilgan Home Alone filmining bosh qahramoni Kevin McCallister yana ekranlarga qaytishi mumkin. Disney yangi film ustida ish boshlagan bo‘lib, Macaulay Culkin o‘zining mashhur rolini qayta ijro etadi. Yangi film ssenariysi ustida Seth Rogen va Evan Goldberg ishlamoqda. Loyiha hali dastlabki bosqichda, filmning syujeti, boshqa aktyorlar tarkibi va chiqish sanasi hozircha ma’lum emas. 😊 Kevin va uning mashhur tuzoqlarini yana ko‘rishga tayyormisiz? ✅@TeacherAzam
Open in Telegram🇺🇸 FQBning jinoyatchilar bazasi kiberhujumga uchradi AQSh Federal qidiruv byurosi (FBI) mamlakat bo‘ylab politsiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar foydalanadigan National Crime Information Center (NCIC) ma’lumotlar bazasiga kiberhujum uyushtirilganini tekshirmoqda. Mazkur tizimda qidiruvdagi shaxslar, bedarak yo‘qolganlar, jinoiy tarix, o‘g‘irlangan avtomobillar va boshqa muhim ma’lumotlar saqlanadi. Unga mahalliy, shtat va federal huquqni muhofaza qilish organlari murojaat qiladi. Xabarlarga ko‘ra, bu FBI tizimlariga so‘nggi oylarda amalga oshirilgan ikkinchi kiberhujum bo‘lishi mumkin. Hozircha hujum ortida kim turgani va qanday ma’lumotlar qo‘lga kiritilgani aniqlanmagan. ✅@TeacherAzam
Open in Telegram😒 Anthropic’da 5,100 xodim bir kechada millionerga aylandi! Claude AI ishlab chiqaruvchisi Anthropic’ning birjaga chiqishi nafaqat kompaniyaga, balki uning xodimlariga ham katta boylik olib keldi. IPO’dan so‘ng kompaniyaning 5 300 nafar xodimidan qariyb 5 100 nafari (96%) millionerga aylandi. Shuningdek, 2 800 nafar xodimning aksiyalari $10 milliondan, 600 nafari esa $100 milliondan oshiq qiymatga ega. Bu startaplarda kompaniya aksiyalariga ega bo‘lish xodimlar uchun oddiy maoshdan ancha katta moliyaviy imkoniyat yaratishi mumkinligini ko‘rsatadi. ✅@TeacherAzam
Open in TelegramXitoyda yangi SI detektori sabab yong‘in o‘chirish tizimi ishga tushdi. Xitoydagi Wanlong ski resortida ovqatlanish hududidagi olov tasviri tushirilgan bannerga avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi suv purkadi. Video ijtimoiy tarmoqlarda tizim olov tasvirini haqiqiy yong‘in deb qabul qilgani haqidagi taxminlar bilan tarqaldi. Biroq resort ma’muriyati tizim banner ortidagi ko‘mirli mangaldan chiqqan issiqlikni aniqlaganini ma’lum qildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, hudud taxminan 20 daqiqada tozalangan va faoliyat qayta tiklangan. Video internetda SI’ning xatosi sifatida tarqalgan bo‘lsa-da, hozircha bu versiya tasdiqlanmagan. ✅@TeacherAzam
Open in TelegramForwarded from Lazizbek Hamidov
Mana shu masala ham allaachon pishib, yetilib, ko’rib chiqishga tayyor bo’lib qolgan
Open in TelegramMyanma Rohingya musulmonlariga qarshi genotsid sodir etgan deb topildi BMTning Xalqaro sudi (ICJ) Myanmani Rohingya musulmonlariga qarshi genotsid sodir etganlikda aybdor deb topdi. Bu xalqaro sud tomonidan biror davlat genotsid uchun javobgar deb topilgan tarixdagi ilk holatdir. 2017-yilgi harbiy amaliyotlar davomida qariyb 10 ming rohingya halok bo‘lgan, 700 mingdan ortiq kishi Bangladeshga qochishga majbur bo‘lgan. Sud ommaviy qotilliklar, jinsiy zo‘ravonlik va aholini yo‘q qilishga qaratilgan harakatlarni genotsid dalillari sifatida baholadi. Myanma jabrlanganlarga kompensatsiya to‘lashi kerak, biroq uning miqdori hali belgilanmagan. Qaror tarixiy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, uni amalda ijro ettirish xalqaro hamjamiyat uchun katta kuch talab qiladi. Bu qaror xalqaro adolat tarixida muhim burilish bo‘lishi mumkin. ✅@TeacherAzam
Open in Telegram🇺🇸 Tramp Xitoydagi sammitda uxlab qoldi!? Bilasiz, kuni kecha Tramp Xitoyga borib keldi. Rossiya va Xitoy rahbarlari bilan uchrashdi. Si nutq so‘zlayotgan paytda 80 yoshli Trampning ko‘zlarini yumib, boshini egib o‘tirgani kameralarga muhrlandi. Taxminan 10 soniya davom etgan ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqaldi. Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning matbuot xizmati ham videoga munosabat bildirib, Trampni tanqid qildi. Oq uy esa bu ayblovlarni rad etdi. Prezidentning matbuot kotibi Stiven Chungning ta’kidlashicha, Tramp uxlamagan, balki oldidagi hujjatlarni ko‘zdan kechirayotgan bo‘lgan. Qizig‘i, bu Trampning ommaviy tadbirlarda uxlab qolgani haqidagi ilk shov-shuv emas. ✅@TeacherAzam
Open in Telegram🇰🇷 Janubiy Koreyada imtihon sababli samolyotlar parvozi toʻxtatildi! 19-noyabr kuni, bugun, Janubiy Koreyada universitetga kirish imtihoni — Suneung sababli mamlakat bo‘ylab samolyotlarning uchishi va qo‘nishi 35 daqiqaga, soat 13:05 dan 13:40 gacha to‘xtatildi. Sababi — ingliz tili bo‘yicha tinglab tushunish imtihoni vaqtida o‘quvchilarga samolyot shovqini xalaqit bermasligi kerak. Ushbu cheklov 130 ta reysga ta’sir qildi. Havodagi samolyotlar esa kamida 3 km balandlikda uchishi belgilandi. Bundan tashqari, mamlakat fond bozori ham odatdagidan bir soat kechroq, 10:00 da ish boshladi. Janubiy Koreyada bu imtihon shunchalik muhim-ki, uning uchun nafaqat transport, balki butun mamlakatning kundalik tartibi ham o‘zgartiriladi. ✅@TeacherAzam
Open in TelegramKonsertga tayyormisiz?! 7 nafar reper birlashib, “WORKERS”ga asos solishdi va endi ular jonli ijroda konsert berishadi. Konsert oldidan WRKRS merch savdosi, foto-zona va ijodkorlar bilan suhbatlashish imkoniyati bo‘ladi. Bu konsert aynan Oʻzbekistondagi rep industriyasini yanada rivojlantirish va hozirgi darajasini koʻrsatib berish uchun qilinyapti. Koʻzlangan maqsad pul emas, balki rep sohasiga eʼtiborni qaratish. Biletlarni olish kerak, konsertga tushish kerak… Nimani kutyapsiz?! 🗓Sana: 28-noyabr, 19:00 📍Manzil: Sahna Standup Club 🎟Chiptalar: Olbilet.uz sayti orqali. ✅@TeacherAzam
Open in TelegramForwarded from Lazizbek Hamidov
Oʻzbekistonlik tadbirkorlar Belarusda qoramol boqib, Oʻzbekistonga eksport qilarkan, qiziqku (#)
Open in Telegram🍏Apple xizmatlarida global uzilish 17-noyabr kuni Apple’ning App Store, iCloud, Apple Music va Apple Pay kabi xizmatlarida nosozlik kuzatildi. Foydalanuvchilar akkauntga kira olmaslik, ilovalarni yuklab olmaslik va qurilmalarni faollashtirish bilan bog‘liq muammolarga duch kelishdi. Apple muammoni texnik nosozlik bilan izohladi va xizmatlar bosqichma-bosqich tiklanganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, kecha tongda AQSH Milliy xavfsizlik agentligining oʻta maxfiy deb hisoblangan kommunikatsiyalar tarmogʻi ham oʻchib qolgan, deya CNN xabar bermoqda. Sezyapsizmi, shunaqa texnik nosozliklar juda koʻp sodir boʻlyapti. Qiziq!? ✅@TeacherAzam
Open in Telegram🇰🇵 Shimoliy Koreya 78 yildan beri ilk bor davlat bayrog‘ini o‘zgartirdi. 1948-yildan buyon o‘zgarmay kelgan Shimoliy Koreya bayrog‘ining endi proporsiyalari yangilandi. Avval bayroqning balandligi va uzunligi nisbati 1:2 bo‘lgan bo‘lsa, yangi konstitutsiyaga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1:1,65 etib belgilandi. Qizil yulduz, ranglar va asosiy dizayn esa o‘zgarishsiz qoldi. Tahlilchilarga ko‘ra, bu Kim Chen Inning mamlakatni avvalgi rahbarlar merosidan farqli, yangi milliy va siyosiy o‘zlik asosida shakllantirish harakatining bir qismi. Shimoliy Koreya so‘nggi yillarda Janubiy Koreya bilan birlashish g‘oyasidan ham tobora uzoqlashmoqda. Qizig‘i, mamlakat bayrog‘idagi o‘zgarish shunchaki dizayn masalasi emas — u butun bir siyosiy davrning ramziy ifodasi bo‘lishi mumkin. ✅@TeacherAzam
Open in TelegramBu hafta O‘zbekiston va dunyoda yana nimalar bo‘ldi? 32-sonda — jamiyatdagi muhim muammolar, O‘zbekistondagi dolzarb voqealar va dunyo kun tartibidagi eng qizg‘in mavzular haqida gaplashamiz. Rasmiy xabarlar ortida nimalar bor? Kim nima dedi va buning ortidan qanday savollar paydo bo‘lmoqda? Voqealar, sabablar va odamlar ko‘p gapirmayotgan jihatlar — barchasi Hafta Tahlilining 32-sonida. Kiring, koʻring, qoʻllab-qoʻltiqlang va fikrlaringizni izohlarda boʻlishing! Video uchun havola: https://youtu.be/NeqK4Kvyd6M ✅@TeacherAzam
Open in TelegramZumerlar kinoteatrlarni qayta kashf etmoqda… Bir paytlar striming platformalar kinoteatrlarni yo‘q qiladi, deb o‘ylashgan edi. Ammo kutilmagan tendensiya kuzatilmoqda: Z avlod katta ekranga qaytmoqda. The New York Times yozishicha, yoshlar nafaqat blockbuster filmlarga, balki musiqiy filmlar va klassik kinolarga ham qiziqish bildirmoqda. Buning bir nechta sababi bor: Pandemiya va ijtimoiy tarmoqlar — uzoq vaqt virtual muhitda yashagan yoshlar real hayotdagi tajribalarni qadrlay boshladi. Kino — ijtimoiy tajriba — filmni do‘stlar bilan katta ekranda tomosha qilish uyda Netflix ko‘rishdan butunlay boshqacha. Cinephile “dating” — kino uchun chiptalar uchrashuv uchun arzon variantga aylanib bormoqda. Qizig‘i, raqamli dunyoda ulg‘aygan avlod endi aynan raqamli ekranlardan uzoqlashib, analog tajribalarni izlamoqda. Striming kinoteatrlarni o‘ldirmadi. Balki ularning qadrini qayta anglashga yordam berdi. ✅@TeacherAzam
Open in Telegram