#she'r
BIR YOMĞIR YOĞSAYDI
Bir yomğir yoğsaydi, tinmay yoğsaydi,
Şamol nayrangiga könmay yoğsaydi.
Mening ohorimni yuvib ketsinu
Sening yuzlaringga qönmay yoğsaydi.
Gunohim yelkalab ötarman bot-bot,
Hayosiz lablardan izlarman novvot.
Bu osiy boşimga, ey yaratgan Zod,
Bir yomğir yoğsaydi, tinmay yoğsaydi.
Qay kun kiprigingda nammi körgandim?
Meni deb çekilgan ğammi körgandim?
Ona, yanoqlarim qaqrab turgandim,
Bir yomğir yoğsaydi, tinmay yoğsaydi.
«Yaşinman!», dedimu bulutni kesdim,
Ota, dağal böldim – sukutni kesdim.
Soyangda soyalab, sen tutni kesdim,
Bir yomğir yoğsaydi, tinmay yoğsaydi.
Maysalar qaytadan tutar emiş boş,
Bilmadim, qaytadan bölarmanmi pok.
Yana bulutlarsiz qoraymoqda qoş,
Qaydadir, savgilim köz yoşing halok.
Ezğin tuyğularing, miskindir bardoş,
Nahot köz yoşingda etdim iştirok!?..
Yana tongni kutdim qoqmasdan mijja,
(xira kengliklarda tuman oqsaydi)
Sevgim, menim böldi çangigan köça,
Bir yomğir yoğsaydi, tinmay yoğsaydi...!
Bek ALI
🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram