#xulosa
❗ Kecha bir o‘quvchidan shunday xabar keldi:
U boshqa kursda 150 ta qo‘llanma olganini, ularni yodlab o‘qishga harakat qilganini, ammo kutilgan natijaga erishmaganini yozdi.
Bir achchiq haqiqat bor. Ta’limda qo‘llanmalar soni emas, bilimning qanday tizimlashtirilgani muhim!
Bizning kursimizda o‘quvchi 150 ta alohida qo‘llanma bilan ovora bo‘lmaydi. U bitta — «QULAY QO‘LLANMA» kitobi asosida ta’lim oladi. Sun'iy intellekt chiqib hamma shu bitta knopka bilan qo'llanma yasagandan keyin ahvol shuda. O'zi ham yemagan, hazm qilmagan axborotni qanday qilib o'rganuvchilarga berish mumkin?!
Bitta o'zimdan qiyos qiladigan bo'lsam, har bir material uchun man soatlab o'tiraman! Buni eski tarixchi ustozlarimiz yaxshi bilishadi. Yillar bizni isbotlab bo'lgan, Qancha mukammal va qancha chala oxiriga yetmagan ishlarimiz bor. 😃 SI ham baribir insonchalik o'ylay olmaydi! O'ylashi uchun esa....
Mening yondashuvim kamroq tarqoqlik, ko‘proq tizim, chuqurroq bilim! Aytamanku ishni KOMPLEKS qilaman deya😄 Man o'ylagan g'oyalarni e'lon qilingani qancha, qilinmagani qancha... Har kursda mening materiallarim takomillashib boradi. Kurs o'quvchilarning bilimi tezlashib boradi. Shu sababli ustozlarim ham tezkor, ham salohiyatli😍 Mehnatkash ustozlarimga ko'z tegmasin✊
©️Fazliddin BURXONOV
🤞@TARIXAUDIOKURS👈